Telegram Web Link
#kun_tarixi

9️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

🤝1792 yil
— 1787-1791 yillardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan Yassi tinchlik shartnomasi tuzildi. Shartnoma Rossiyaning Shimoliy Qora dengiz mintaqasida, shu jumladan, Qrim, Kavkaz va Bolqondagi siyosiy mavqeini mustahkamladi. Kavkazda Kuban daryosi chegarasi tiklandi;

📌1794 yil — Odessa shahri tashkil topgan;

💰 1799 yil— Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uilyam Pitt dunyoda ilk marotaba daromad solig‘ini joriy etdi;

🔦 1816 yil—ingliz konchilari birinchi marta yer osti shaxtalarida xavfsiz metall setkali chiroqdan foydalanishgan;

🚁 1923 yil— Xuan de La Siyerva o‘zining ixtirosi bo‘lgan avtojirda (giroplan) birinchi parvozni amalga oshirdi;

🪙 1932 yil — Meksika janubidagi Monte Albana hududida joylashgan qadimiy hind xarobalari orasidan sapoteka millatiga tegishli XIII asrning eng boy xazinasi topildi;

✈️1941 yil— og‘ir to‘rt motorli bombardimonchi Avro Lankaster samolyotining ilk parvozi amalga oshirildi;

🏫 1951 yil— Nyu-Yorkda BMT bosh qarorgohi binosi ochilgan;

🇷🇸 1992 yil— Serbiya Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi;

🔫1996 yil— Kizlyarda terrorchilik harakati sodir etildi: Salmon Raduyevning jangarilari tug‘ruqxona va shifoxona binosini egallab oldi;

📱2007 yil— dunyodagi ilk iPhone taqdim etildi.

@qiziqfan
👍36🍌7🥰5🏆32😱2
😳 Tibbiyotda «qimmat dorilar asri» boshlanmoqda

Dunyoda narxi million dollarlar bilan o‘lchanuvchi qimmat dorilar asri boshlanmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal gazetasi.

2022-yilning avgustidan beri Amerika va Yevropa muvofiqlashtiruvchilari tomonidan to‘rtta yangi dori vositasiga ruxsat berildi. Kam uchraydigan irsiy kasalliklarni davolovchi ushbu dorilarning bitta kursini qabul qilish kamida $2 mln, deb yozdi nashr.

Misol uchun, CSL kompaniyasining gemofiliya B ni davolashda qo‘llaniluvchi Hemgenix dorisi rekord darajada qimmat narxlangan — $3,5 mln.

Kam uchraydigan bolalar nevrologiya xastaligini davolash uchun ishlatiluvchi Skysona dorisi (Bluebird kompaniyasi mahsuloti)ning narxi — $3 mln, shu kompaniyaning nasliy qon kasalligiga qarshi Zynteglo dorisi esa $2,8 mln turadi.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱72👍12🤔12🐳6🌭6❤‍🔥4🙏3🥰1
#kun_tarixi

1️⃣1️⃣ YANVAR KUNI SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

🇬🇧 1569 yil —Angliyada dunyoda birinchi marta lotoreya o‘ynalgan;

🇮🇹 1693 yil —Sitsiliyada yirik zilzila sodir bo‘lib, 60 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi;

🇺🇸 1785 yil — Nyu-Yorkda qitʼa Kongressi yig‘ildi;

🪐1787 yil — Uilyam Xershel Uran sayyorasining yo‘ldoshlari bo‘lgan Titaniya va Oberon mavjudligini kashf etdi;

🇺🇸1803 yil —Monro va Livingston Nyu-Orleanni sotib olish uchun AQSHdan Parijga dengiz sayohatiga yo‘l olishdi, natijada AQSH butun Luiziana shtatini egallab oldi;

⚔️1863 yil— Uch kunlik Fort Xindman (Arkanzas) jangi tugadi;

🤝 1899 yil —Rossiya tashqi ishlar vaziri graf Mixail Nikolayevich Muravyov qurolsizlanish va tinchlikni saqlash bo‘yicha xalqaro tinchlik konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflarini boshqa davlatlarga jo‘natdi. Konferensiya o‘sha yilning may oyida Gaaga shahrida chaqirilgan;

🏎 1909 yil — dunyodagi ilk ayol avtopoygachilar Nyu-Yorkdan Filadelfiyaga yo‘l olishdi;

🧪 1922 yil— O‘n to‘rt yoshli kanadalik Leonard Tompson diabetni davolash uchun insulindan foydalangan dunyodagi birinchi odam bo‘ldi;

🇫🇷 1923 yil — Fransiya-Belgiya qo‘shinlarini Rur havzasiga kiritilishi sodir bo‘ldi (Rur mojarosi);

✈️ 1935 yil — Amerikalik ayol aviator Ameliya Erxart Tinch okeani bo‘ylab yolg‘iz parvozni amalga oshirdi;

🇦🇱1946 yil— Albaniyada Qirol Zog taxtdan ag‘darilgandan so‘ng, xalq respublikasi eʼlon qilindi;

🇵🇪 1962 yil — Peruda yuz bergan ko‘chkida 3000 dan ortiq odam halok bo‘ldi;

🇺🇸 2003 yil — Illinois shtati gubernatori Illinoisda o‘lim jazosiga hukm qilingan 150 nafar mahbusni afv etdi.

@qiziqfan
👍33😱4🌭43🤔2🐳1
🇺🇸 AQShning Arizona shtatida kaktusni yerdan sug‘urib olganlar 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Tuya ovlagan esa katta miqdorda jarimaga tortiladi.

@qiziqfan
😁52👍33😱33🤔9🍌5🏆4🕊2🌭2
🦁 Urg‘ochi sher sutkasiga 20 soat uxlaydi. Qolgan vaqtida esa ov qiladi va ovqat yeydi.

@qiziqfan
👍79😱33🤣33😁22🔥10🤔7💯5💋3🏆2😍1🐳1
😱 Ignaning ko‘zichalik teshikdan sutkasiga 840 litr suv oqishi mumkin

@qiziqfan
👍83😱62🤔18💯8🔥4😁3🙏32🐳1
#kun_tarixi

1️⃣2️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM VOQEALAR

🗡1570 yil
— Podsho Ivan IV Grozniy qo‘shinlari Novgorodga kirdi va shaharda ommaviy qatl boshlandi;

📜1816 yil —Fransiya hukumati Bonapart oilasini mamlakatdan abadiy chiqarib yuborish to‘g‘risida farmon berdi;

📢1848 yil — Sitsiliya qiroli Ferdinand II ga qarshi mamlakatda inqilob boshlandi;

⚔️ 1879 yil —Janubiy Afrikadagi ingliz mustamlakachilari va mahalliy zulu qabilalari o‘rtasida urush boshlandi;

🇩🇪 1919 yil — Berlinda Spartakchilar qo‘zg‘oloni bostirildi;

🇺🇸 1932 yil — Arkanzaslik demokrat Xetti Karvey AQSH tarixidagi birinchi ayol senator bo‘ldi;

⚔️ 1943 yil -—“Iskra” operatsiyasi boshlandi, natijada Leningrad blokadasi buzildi. "Iskra 1945" operatsiyasi bilan Sovet Ittifoqi Sharqiy Yevropada fashistlar Germaniyasiga qarshi keng ko‘lamli hujumni boshladi;

⚖️ 1950 yil — SSSR xiyonat, josuslik va sabotaj uchun o‘lim jazosini qayta tikladi;

🇳🇿1954 yil — Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniyadan tashqarida tarixda birinchi marta Yangi Zelandiya parlamentining maxsus sessiyasini ochdi;

💼 1964 yil —Zanzibar mustaqillikka erishganidan bir oy o‘tgach, davlat to‘ntarishi bilan hukmron Zanzibar Milliy partiyasi hokimiyatdan chetlashtirildi;

🇱🇾🇹🇳1974 yil — Liviya va Tunis Islom Arab Respublikasi birlashishi va tuzilganligini eʼlon qilishdi;

🇷🇴 1990 yil — Ruminiya Kommunistik partiyani taqiqlagan ilk Sharqiy Yevropa mamlakati bo‘ldi;

🇺🇸 1991 yil —AQSH Kongressining har ikkala palatasi Prezident Jorj Bushga Kuvaytdagi Iroq tajovuzini to‘xtatish uchun kuch ishlatishga vakolat berdi;

🚫1998 yil —odamlarni klonlashni taqiqlash to‘g‘risidagi protokol imzolandi;

🇲🇱 1999 yil —Malining hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Musa Traore va uning rafiqasi katta miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirganligi uchun o‘limga mahkum etildi;

🇮🇩 2009 yil — Indoneziyaning Sulavesi oroli qirg‘og‘ida "Teratey Prima" paromi g‘arq bo‘lib, ikki yuzdan ortiq odam halok bo‘lgan;

🇭🇹 2010 yil —Gaitida zilzila sodir bo‘lib, natijada 222,570 kishi halok bo‘ldi.

@qiziqfan
👍23🔥2🐳1🍌1
💀 Odamlar suyaklarining to‘rtdan bir qismi oyoq qismida joylashgan.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔56👍36😱98🔥4😁3🐳1
🦒 Jirafaning tili 45 santimetr uzunlikka ega. Shuning uchun u quloqlarini ham bemalol yalay oladi.

@qiziqfan
😱93😁32👍15🕊8🐳7🌭5🔥3🏆3💯1
😂 Odamzod shunday yaratilganki, unga kimdir jilmayib boqsa, u ham albatta jilmayish bilan javob qaytaradi. Bu fanda emotsional empatiya deb ataladi.

@qiziqfan
117👍45😁32🥰15💋14❤‍🔥4🐳4💯3🌭2🔥1🕊1
#kun_tarixi

1️⃣3️⃣ YANVAR SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM VOQEALAR

📜 1898 yil
— fransuz yozuvchisi Emil Zolya Dreyfus ishi to‘g‘risida Fransiya hukumatiga ochiq xat (“Ayblayman” deb nomlanadi) yubordi;

🇮🇹 1915 yil — Italiyaning Avezzano shahri yaqinida zilzila sodir bo‘ldi, natijada 30 ming kishi halok bo‘ldi;

🇹🇬 ⚔️1967 yil —Togo shahrida harbiy to‘ntarish yuz berdi;

🇳🇬🏳️ 1970 yil — Nigeriyadagi fuqarolar urushi Biafraning taslim bo‘lmishi bilan yakunlandi;

🇦🇿 🔥1990 yil — Bokuda armanlar pogromi boshlandi;

🇱🇹🛡 1991 yil —Sovet maxsus kuchlari va “Alfa” guruhi Vilnyusdagi teleminoraga bostirib kirishdi (13 kishi halok bo‘ldi). Litvada ushbu kun "Ozodlik himoyachilari kuni" sifatida nishonlanadi;

🇸🇻 2001 yil — Salvadorda zilzila yuz bergan;

⚰️ 2007 yil — General Kappel tanasining qoldiqlari Donskoy monastirida (Moskva) dafn etilgan;

🇱🇻📣 2009 yil — Latviyada 27 partiya va jamoat tashkilotlari o‘z tarafdorlarini Gumbaz maydoniga kelishga va Seymni tarqatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirishdi;

🛳 2012 yil — Tarkibida 4234 kishi bo‘lgan Costa Concordia cruise kemasi Italiya qirg‘oqlarida halokatga uchragan. Oqibatda 30 kishi halok bo‘lib, ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

@qiziqfan
👍24🐳31
Mantiqiy savol: Bir qiz kechasi umuman chiroq yoqilmagan uyda o‘tiribdi. Chiroq yo‘q, sham yo‘q, texnik qurilma, hech narsa yo‘q. Shunga qaramay, u kitob o‘qiydi. Qanaqasiga?

Mantiqan shu holat bo‘lishi mumkinmi? Savolning javobini bugun 19:00 da @qiziqfan kanalimizda eʼlon qilamiz.

@qiziqfan
👍65🤔31🏆7🐳54🥰4🌭3😁2🍌2
🦈 Akulada qo‘shimcha oshqozon mavjud bo‘lib, undagi ovqat 20 kungacha aynimaydi.

@qiziqfan
😱76👍30😁26🤔86🏆5🐳2
2025/07/09 23:30:49
Back to Top
HTML Embed Code: