Telegram Web Link
#kun_tarixi

8️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

📄 1672 yil
— Isaak Nyuton o‘zining yorug‘lik va rang tabiati haqidagi nazariyasi haqidagi mashhur maʼruzasini o‘qigan;

🚫 1815 yil — Vena kongressida qullar savdosini taqiqlovchi deklaratsiya qabul qilingan;

🦮 1816 yil—Shotlandiyaning Aberdinshir shahrida dunyoda birinchi marta politsiya operatsiyasiga itlar jalb qilingan;

🔫 1837 yil — Aleksandr Sergeyevich Pushkin va Jorj de Gekkern (Dantes) o‘rtasida duel bo‘lib o‘tgan. Duel natijasida Pushkin og‘ir yaralanib ikki kundan keyin vafot etgan;

1904 yil — Yaponiyaning Port-Arturga hujum qilishi bilan Rossiya-Yaponiya urushi boshlanib ketgan. Rasman urush eʼlon qilmay, 8 ta yapon suvosti kemasi Port-Arturdagi rus floti kemalariga hujum uyushtirgan;

📌 1924 yil — Qo‘shma Shtatlarning Nevada shtatida Tyorner ismli qamoqxona stomatologi tashabbusi bilan jinoyatchini qatl qilish uchun birinchi marta gaz kamerasidan foydalanilgan;

🇮🇳 1931 yil — Hindistonning yangi poytaxti Nyu-Dehlining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tgan;

⚔️ 1945 yil — G‘arbiy Germaniyani bosib olish, Maas va Reyn daryolari orasidagi hududni tozalash va Reynga yetib borish maqsadida Germaniya armiyasiga qarshi ittifoqchi kuchlarning Maas-Reyn operatsiyasi boshlangan;

🚌1956 yil — Londonda ikki qavatli avtobus (Doubledecker) ishga tushgan. U hozirda Londonning ramziga va dunyodagi eng mashhur avtobusga aylangan;

🇨🇿🇸🇰 1993 yil —Chexoslovakiya toji o‘rniga alohida Chexiya va Slovakiya tojlari, yaʼni Chexiya Respublikasida Chexiya va Slovakiyada Slovakiya toji joriy etilgan;

🇺🇦 1994 yil —Ukraina NATOning Tinchlik uchun Hamkorlik dasturining asosiy hujjatini imzolagan;

🏒 2002 yil — Solt Leyk-Siti shahrida XIX qishki Olimpiya o‘yinlari Jorj Bush tomonidan ochib berilgan.

@qiziqfan
🪐 Yupiter sayyorasining turli yillarda olingan tasviri. Fan-texnologiya qanchalik rivojlangan sari natijalar ham shunchalik aniqlashib boradi.

@qiziqfan
👩‍🦳 O‘zbek ayollari. 1901 yillar.

@qiziqfan
Dunyodagi eng katta piramida 🇪🇬 Misrda emas balki 🇲🇽 Meksikada joylashgan. Cholula Buyuk Piramidasi 40 sotixdan ortiq maydonni egallagan ulkan qadimiy inshootlardan biri hisoblanadi.

@qiziqfan
#kun_tarixi

9️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

📝 1441 yil
— Hirot shahrida shoir, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (taxallusi Navoiy) tug‘ilgan;

👑 1654-yil — Shvetsiya qirolichasi Kristina taxtdan voz kechgan;

⚔️ 1695 yil —Moray urushi: Inousses orollari yaqinida dengiz jangi bo‘lib o‘tgan va durang bilan tugagan. 10 kundan keyin jang yana davom etgan va turklar Venetsiya flotini mag‘lubiyatga uchratgan;

⚔️ 1788 yil —Avstriya Turkiyaga qarshi urush eʼlon qilgan;

🤝 1801 yil —Lunevil shahrida Fransiya va Avstriya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan. Fransiya tomonidan Jozef Bonapart, Avstriya tomonidan tashqi ishlar vaziri Kobenzl imzolagan. Shartnoma fransuzlarga qarshi ikkinchi koalitsiyaning tugatilishiga sabab bo‘lgan;

📌 1849 yil — Millatlar bahori: Juzeppe Garibaldining taklifiga binoan Italiya respublika deb eʼlon qilingan;

🇯🇵 1889-yil — Yaponiya Konstitutsiyasi kuchga kirgan;

✈️ 1920 yil — ingliz mustamlakachilari qo‘shinlari Dervish davlatining poytaxti Talehga kirib kelishgan. Dervish qo‘shinlari birinchi marta samolyotlarga duch kelib, qochib ketishgan;

📌 1924 yil —Ozarbayjon SSR tarkibida Naxichevan ASSR tashkil topgan. (1990 yil noyabrdan — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi Naxichevan Avtonom Respublikasi).

🤝 1929 yil —Moskvada SSSR Tashqi ishlar xalq komissari o‘rinbosari Maksim Litvinovning tashabbusi bilan SSSR, Polsha, Ruminiya, Latviya va Estoniya o‘rtasida milliy siyosat vositasi sifatida urushdan voz kechish to‘g‘risida bitim imzolangan;

🇮🇷 1979-yil — Eronda Pahlaviylar sulolasi ag‘darilgan;

1990 yil — Nelson Mandela ozodlikka chiqqan;

💣 1998 yil —Gruziya prezidenti Eduard Shevardnadzega qarshi suiqasd uyushtirilgan. Tbilisining markazida uning avtouloviga granata uloqtirilgan va avtomatlardan o‘qqa tutilgan. Biroq, zirhli Mercedes uning hayotini saqlab qolgan;

📌 2016 yil — Gravitatsiya to‘lqinlari kashf etilgan.

@qiziqfan
🪐 Venera sayyorasi quyosh tizimidagi ikkinchi sayyora bo‘lib, uning kattaligi va massasi o‘xshashligi sababli ko‘pincha Yerning egizagi deb ataladi.

Venera bizning quyosh tizimidagi eng issiq sayyora bo‘lib, sirtidagi o‘rtacha harorat 430 daraja Selsiyga yetadi.

Quyosh chiqishidan oldin yoki quyosh botgandan keyin osmonda paydo bo‘lganligi uchun Venera ko‘pincha "Tong yulduzi" yoki "Kechki yulduz" deb ataladi. Shuningdek, sharq xalqlarida bu sayyora Zuhro yulduzi deb ham nomlanadi.

@qiziqfan
⚔️ Quyidagi davlatlarning umuman doimiy armiyasi mavjud emas:

- Andorra
- Kosta-Rika
- Mikroneziya Federativ Shtatlari
- Islandiya
- Lixtenshteyn
- Marshall orollari
- Mavrikiy
- Nauru
- Panama
- San-Marino
- Solomon orollari
- Vanuatu

@qiziqfan
Sahroi Kabir cho‘lida shunday joy borki, yuqoridan qaragnda ko‘zni eslatadi va shu sababli ham bu joy "Sahroi Kabir ko‘zi" deb aytishadi. Bu tasvirni sunʼiy yo‘ldoshlardan ham ko‘rish mumkin. Dumaloq xususiyat dastlab asteroid zarbasi strukturasi sifatida talqin qilingan, ammo ko‘pchilik olimlar endi bu geologik ko‘tarilish tufayli yuzaga kelgan degan xulosaga kelishdi.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣0️⃣ fevral sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy hodisalar

📖 1074 yil
— Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tildagi ilk lug‘at— "Devoni Lug‘otit-turk"ni yozib tugatgan;

⚔️ 1258 yil —Huloku qo‘mondonligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari va ularning ittifoqchilari Abbosiylar xalifaligining poytaxti Bag‘dodni egallab olishgan. Bosqindan keyin Bag‘dod talon-taroj qilinib yoqib yuborilgan, yuz minglab aholi o‘ldirilgan;

⚔️ 1354 yil— Oksford universiteti talabalari va shahar aholisi o‘rtasida ikki kun davom etgan yirik mushtlashuv bo‘lib o‘tgan va keyinchalik 63 nafar talaba va 30 ga yaqin shahar aholisining o‘limiga sabab bo‘lgan qurolli to‘qnashuvga aylanib ketgan. Oxir oqibat talabalar mag‘lubiyatga uchragan. 1955 yil 10 fevralda universitet rasman shaharni “kechirgan”.

📜 1763 yil— Parijda yetti yillik urushga nuqta qo‘ygan tinchlik shartnomasi imzolangan;

⚔️ 1814 yil — Napoleonning olti kunlik urushi: Shampobert jangida Napoleon Olsufiyev qo‘mondonligi ostida rus qo‘shinini mag‘lub etgan;

🇨🇦 1841 yil —Britaniya Quyi va Yuqori Kanadaning qonunchilik institutlarini bekor qilgan va ushbu mustamlakalar o‘rniga yangi siyosiy birlik — Kanada provinsiyasi tashkil etilgan;

⚔️ 1939 yil— Ispaniyada fuqarolar urushi: General Franko qo‘shinlari Kataloniyani egallab olgan;

📺 1940 yil — "Tom va Jerri" multfilmi ilk marta namoyish etilgan. U eng yaxshi animatsion qisqa metrajli filmi nominatsiyasi bo‘yicha 7 ta Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan;

⚔️ 1986 yil — Eron-Iroq urushi: Eron kuchlari "Wall Fire 8" operatsiyasi davomida Iroqni Fors ko‘rfaziga kirish yo‘lidan deyarli uzib qo‘ygan Fao yarim orolini egallab olishgan. Fao yarim orolidagi Iroq kuchlari qo‘mondoni Bag‘dodga chaqirilib otib tashlangan. Iroqliklar Fao yarim orolini faqat 1988 yilning aprelida qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishgan;

⚖️ 1986 yil — Sitsiliya mafiyasi ustidan eng yirik sud jarayoni bo‘lib o‘tgan;

🤝 1990 yil — Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachyov Moskvada Germaniya kansleri Gelmut Kol bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Germaniyani birlashtirishga rozilik bildirgan;

💪 1996 yil —IBM Deep Blue superkompyuteri va Garri Kasparov o‘rtasida ilk marotaba shaxmat o‘yini bo‘lib o‘tgan va unda Kasparov 4: 2 hisobida g‘alaba qozongan;

🚀 2005 yil — KXDR Tashqi ishlar vazirligi birinchi marta mamlakatda yadro quroli yaratilishini eʼlon qilgan.

@qiziqfan
💧 Amazonka daryosi hajmi bo‘yicha dunyodagi eng katta daryo bo‘lib, o‘rtacha oqimi sekundiga 209 000 kub metrni tashkil qiladi.

Amazon daryosi havzasi taxminan 7 million kvadrat kilometr maydonni egallaydi va to‘qqiz mamlakatni kesib o‘tadi: Braziliya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Boliviya, Gayana, Surinam va Fransiya Gvianasi.

Amazon daryosining uzunligi taxminan 6400 kilometrni tashkil etadi va uzunligi bo‘yicha Nil daryosidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Daryoning manbai Peruning And tog‘larida joylashgan va shu yerdan boshlanadi va Atlantika okeaniga quyiladi.

@qiziqfan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇩 Indoneziyaning Janubiy Sumatra provinsiyasi poytaxti Palembang shahrida joylashgan dunyodagi eng katta Qurʼon kitobi.

Bu tembesu yog‘ochidan yasalgan dunyodagi eng katta yog‘ochga o‘yilgan Qurʼondir. Undagi har bir sahifaning o‘lchamlari 1,77 dan 1,40 metrga tengdir.

@qiziqfan
🦅 Burgutlarning 60 dan ortiq turi bo‘lib, yovvoyi tabiat qo‘ynida 20 yilgacha yashashi mumkin. Burgutlar umrining oxirigacha o‘z jufti bilan yashaydi. Burgutlar quradigan inning kengligi 2 metr, og‘irligi 1 tonnadan oshadi.
Oltin burgut dunyodagi eng katta burgutlardan biri bo‘lib, qanotlari 2.3 metrdan oshadi.

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣1️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1573 yil
— Gugenotlar urushi: katolik kuchlari La-Rohelni qamal qilgan;

📌 1626 yil — Efiopiya negusi Susniyose va Patriarx Alfonso Mendes Efiopiya pravoslav cherkovining Rimga bo‘ysunishini taʼkillab, katoliklikni davlat dini deb eʼlon qilishgan

⚔️ 1659 yil —Daniya va Shvetsiya urushi: shvedlar Kopengagenga muvaffaqiyatsiz hujumni boshlashgan;

⚔️ 1695 yil — Polsha-Turkiya urushi: buyuk hukmdor Stanislav Yan Yablonovskiy tatarlarning Lvovga qilgan bosqinini qaytarib, Shebas-Giray tatar qo‘shinlarini butunlay mag‘lub etgan;

🚬 1697 yil — Pyotr I tomonidan Rossiya imperiyasida tamaki sotilishiga ruxsat berilgan;

⚔️ 1727 yil —Angliya-Ispaniya urushi: Gibraltarni qamal qilish boshlangan;

🛳 1809 yil —Robert Fulton paroxod uchun patent olgan;

🏢 1826 yil —London universiteti kolleji London universiteti sifatida tashkil etilgan. Bu Londondagi birinchi universitet bo‘lgan;

🗡1829 yil —Rossiyaning Tehrondagi elchixonasida xudkushlik sodir etilgan;

📌 1873 yil —Ispaniya qiroli Amadeus I keskin ijtimoiy inqiroz tufayli taxtdan voz kechgach, Kortes tomonidan Birinchi Ispaniya Respublikasi eʼlon qilingan;

📜1889 yil — Yaponiyada Prussiya uslubidagi konstitutsiyaviy monarxiyani o‘rnatgan Meyji hokimiyatida Konstitutsiya qabul qilingan. Konstitutsiya qabul qilingandan keyin Yaponiyada Osiyo qitʼasida birinchi parlament tashkil etilgan;

📌 1921 yil —Gruziyaning sovetlashtirilishi: Gruziyaning Borchali va Axalkalaki tumanlarida 11-armiya qo‘mondonligi bilan kelishilgan holda mahalliy kommunistlar isyon ko‘tarishgan va shaxarlarni egallab olishgan;

🌡 1922 yil — Frederik Bunting insulinni kashf etgan;

🤝 1929 yil — Mussolini boshchiligidagi Italiya davlati va Muqaddas Taxt o‘rtasida Lateran bitimi imzolangan;

🚀 1943 yil —Stalin atom bombasini yaratish bo‘yicha SSSRda ish boshlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagan;

🚫🇨🇳 1978 yil —Xitoyda Aristotel, Shekspir va Dikkens kitoblarini o‘qishga qo‘yilgan taqiq bekor qilingan;

🇮🇷 1979 yil —Eronda islom inqilobi: Tehronda muvaqqat hukumatga sodiq bo‘lgan qo‘shinlar bilan uch kunlik ko‘cha janglaridan so‘ng Oyatulloh Xumayniy tarafdorlari shahar ustidan nazoratni qo‘lga kiritishgan;

🇪🇬 2011 yil — Misr inqilobi: Misr prezidenti Husni Muborak isteʼfoga chiqqan va hokimiyat Qurolli Kuchlar Oliy Kengashiga o‘tgan.

@qiziqfan
🌍 Ko‘k sayyorada (Yerda) quyosh botishi vaqtida osmon qizil rang bo‘lsa, Qizil sayyorada (Mars) osmon ko‘k tusga kiradi.

@qiziqfan
🦷 Nima uchun bizlarga stomatolog muhim? Chunki siz o‘rtadagi erkakning bitta qoshi yo‘qligiga eʼtibor ham berganingiz yo‘q, lekin tishi yo‘qligini birinchi payqadingiz.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐌 Shilliqqurt (salyangoz) uch yilgacha uxlashi mumkin ekan

Maʼlumot o‘rnida, shilliqrutlar o‘rtacha 2-5 yil orasida umr ko‘radi, baʼzi turlari 10 yilgacha umr ko‘rishi mumkin.

Sizga ham xayrli tun tilaymiz 💤

@qiziqfan
#kun_tarixi

1️⃣2️⃣ FEVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR

⚔️ 1429 yil
— Yuz yillik urush: Orleanni qamal qilish paytida inglizlar Ruvray qishlog‘idagi jangda fransuzlarni mag‘lub etishgan;

📌 1429 yil —Shampan va Lotaringiya chegarasidagi Domreme qishlog‘idan kelgan 17 yoshli qiz Janna d‘Ark ingliz-fransuz urushiga qo‘shilgan;

🚫 1502 yil — nasroniylikni qabul qilmagan mavrlar Kastiliyadan quvib chiqarilgan;

📌 1541 yil — Ispaniya konkistadori va Chilining birinchi gubernatori Pedro de Valdiviya Santyago de Chili shahriga asos solgan;

📜 1810 yil— Napoleon Bonapart yangi jinoyat kodeksini tasdiqlagvn, ushbu kodeks 1994 yilgacha amal qilgan;

🤝 1899 yil — Ispaniya Germaniyaga Karolina va Mariana orollarini, shuningdek, Palauning shimoliy qismini sotib yuborgan;

🚘🏁 1908 yil — Nyu-Yorkda dunyodagi ilk avtopoyga boshlangan;

📌 1925 yil —Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tuzilgan;

🐦 1958 yil — Xitoyda Buyuk sakrash siyosati doirasida zararkunandalarga, ayniqsa, chumchuqlarga qarshi keng ko‘lamli kampaniya boshlangan;

⚖️ 2002 yil —Gaaga shahridagi sobiq Yugoslaviya rahbarining harbiy jinoyatlari bo‘yicha xalqaro tribunal Yugoslaviya Federativ Respublikasining sobiq prezidenti Slobodan Milosevichga qarshi harbiy jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar bo‘yicha sud jarayonini boshlagan;

@qiziqfan
🦘 Kengurular orqaga yura olmaydi

@qiziqfan
⚠️ Tarixdagi eng qisqa urush 1896 yil 27 avgustda Britaniya va Zanzibar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Zanzibar atigi 38 daqiqadan so‘ng taslim bo‘lgan.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Lotin alifbosidagi “i” harfi ustidagi nuqta “sarlavha” deb ataladi.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 17:03:31
Back to Top
HTML Embed Code: