Telegram Web Link
Qadimgi Misrda rediska, piyoz va sarimsoqdan ishchilarga ish haqi sifatida berishda ham foydalanilgan.

@qiziqfan
#jarimalar

Finlyandiyada tezlikni oshirganlik uchun jarima haydovchining daromad darajasiga bog‘liq, yaʼni, boy odam ko‘proq, kambag‘al odam kamroq jarima to‘laydi.

@qiziqfan
Sunʼiy ong mahsuli

Mavzu: Ikki sevishgan o‘zbek yoshlari milliy kiyimda


@qiziqfan
Soqoldan qo‘rqish kasalligi - pogonofobiya deyiladi

@qiziqfan
🦏 Karkidonlar juda qalin teriga ega bo‘lib, ularning qalinligi 2,5 santimetrdan oshadi. Bu teri karkidonni nafaqat yirtqich hayvonlardan himoya qiladi, balki karkidonlar issiq va nam muhitda yashagani uchun tana haroratini bir meʼyorda ushlashga ham yordam beradi.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 Jarimaga sabab - ko‘lmak

Angliyada siz mashinangiz bilan ko‘lmaklardan o‘tish jarayonida piyodalarga suv sachratib o‘tsangiz, sizning bu harakatingiz jiddiy jarimaga olib kelishi va hatto sizni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishgacha olib kelishi mumkin.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳 Yangi tug‘ilgan kit bolalarining og‘irligi bir necha tonna, tana uzunligi esa taxminan 8 metr bo‘ladi. Har kuni ular 350-390 litr ona sutini ichishadi. Maʼlumot o‘rnida, kitlar ham sut emizuvchi hayvonlar toifasiga kiradi. Olti oylik kitlarning vazni 25 tonnaga yetadi. Kitlarning qoni boshqa sut emizuvchilarnikiga qaraganda ko‘proq kislorod bilan to‘yingan. Bir soniyada kitlar 2000 litr havoni yutadi va ular buni og‘izlari bilan emas, balki boshining orqa qismida joylashgan teshik bilan nafas olishadi.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eshakning ko‘zlari shunday joylashganki, to‘rt oyog‘i doimo uning ko‘rish maydonida bo‘ladi

Bu eshakning fazoni yaxshi bilishini taʼminlaydi va unga atrofni yaxshiroq boshqarishga yordam beradi. Ko‘zlarning bunday joylashishi tufayli eshak o‘zining old va orqa oyoqlari qayerda ekanligini osongina aniqlay oladi, bu ayniqsa notekis yerlarda yoki tepaliklarga ko‘tarilishda foydalidir.

@qiziqfan
Notanish ishlar bilan shug‘ullanish - miyangizni rivojlantirishning eng yaxshi usulidir

Aqliy jihatdan sizdan ustun bo‘lgan boshqa odamlar bilan aloqa qilish ham miyangizni rivojlantirishning kuchli usuli hisoblanadi.

@qiziqfan
Dunyoda qo‘ziqorinlarning har xil turlari va navlari mavjud. Ularning barchasi juda qiziqarli va hayratlanarli. Biroq, qo‘ziqorinlarning orasida hushtak chaladigan qo‘ziqorin ham bor. Bu qo‘ziqorin inson qulog‘iga eshitiladigan tovushlarni ham chiqaradi. Bu moʻjizaviy qo‘ziqorin "shayton sigareti" deb ataladi.

@qiziqfan
Sun'iy intelekt yordamida chizilgan rasmlar.

Biz quyidagicha tavsifni berdik: Menga O'zbekistondagi prezident maktablari imtihonlariga tayyorlanuvchi 4-sinf o'quvchisining rasmini chizib ber. U o'g'il bola, boshida do'ppi bo'lsin, oldida matematika fanidan o'quv qo'llanmalari, bola o'ylagan holda diqqat bilan masala yechmoqda. Bola hovlida o'tiribdi, bahor fasli, daraxtlar gullagan. Ko'rinishidan u juda ham tirishqoq va bilimli o'quvchi. Yonida uning mehribon onasi umid bilan unga qarab turibdi.

Siz nima deb o'ylaysiz, sun'iy intellekt hayotimizda qanday o'zgarishlarga olib keladi, javobingizni izohlarda qoldiring. Eng qiziqarli va asosli javob egasiga Mantiqiy Fikrlab nomli to'plam kitobimizni taqdim etamiz.

P.S. Rasmlar DALL-E suniy intelekt modeli tomonidan chizib berildi.
🕊 Oqqush 100 yilgacha yashashi mumkin.

@qiziqfan
🐸 Zaharli qurbaqa

🇨🇴 Kolumbiya o‘rmonlarida yashovchi kakao qurbaqasi barcha maʼlum hayvonlar zaharlari ichida eng kuchli zaharga ega. Ushbu qurbaqaning zahri kobra zaharidan o‘ttiz barobar zaharliroqdir.

@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaguarlar maymun ovoziga taqlid qilib ovoz chiqara olishadi

@qiziqfan
2025/07/05 11:07:59
Back to Top
HTML Embed Code: