Bu ranglar ko’pgina milliy bayroqlarda ishlatilsada, qizil va ko’k ranglar bir biriga yaqin turganida bizning ko’zlarimiz buni og’ir qabul qiladi. Bu ba’zi ranglar “ustun turishi” va boshqasi yo’qolib qolishiga olib keluvchi “xromostereopsis” nomli ta’sir oqibatida sodir bo’ladi. Bu ko’zlarning qizishini va charchashini keltirib chiqaradi. Ko’pincha bu ta’sir qizil va ko’k hamda qizil va yashil ranglar birikishida yuzaga keladi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fakt: Har bir sayyora orbitasi juda nozik hisoblanadi. Quyoshdan bir metr uzoqlashish ham Yerning haroratini keskin pasaytirib, uzoq muddatli muzlik davriga olib kelar edi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏋️♂️ Odat 66 kun ichida shakllanadi
U yoki bu harakatlar qanchalik tez bizning odatlarimizga aylanishini o’rganayotgan olimlar, bu uchun bizga o’rtacha 66 kun kerakligini aniqlashdi. Biz ega bo’lmoqchi bo’lgan odat qanchalik qiyin bo’lsa, unga ega bo’lish uchun shunchalik ko’p vaqt kerak bo’ladi. Shunday qilib, jismoniy mashqlarni bajarish odati avtomatik bo’lib qolishi uchun, tushlikka meva yeyish odatini singdiruvchilarga sarflanadigan vaqtga nisbatan1,5 barobar ko’proq vaqt sarflanadi. Hatto siz bir yoki ikki kunni tashlab o’tsangiz, bu odatni rivojlantirishga hech ham ta’sir qilmaydi, lekin izma-iz bir nechta bajarilmagan kunlar jarayonni sekinlashtirishi mumkin.

Odamning qaysi qo‘lini boshqarishi genetika bilan belgilanadi. DNKning 40 dan ortiq jihatlari bu tanlovga ta’sir qiladi.
Agar ota-onalardan biri chapaqay bo‘lsa, unda bu xususiyatli bolalar tug‘ilishi ehtimoli ortadi. Biroq nafaqat genetika, balki homiladorlik davridagi muhit va ta’sirlar ham dominant qo‘lni tanlashga ta’sir qiladi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So'lak ishlab chiqarish inson salomatligi uchun muhim jarayon hisoblanadi va uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
✅ Ovqat hazm qilish: So'lak ovqatni namlaydi va fermentlar yordamida uni parchalashni boshlaydi.
✅ Og'iz gigiyenasi: U og'iz bo'shlig'ini tozalashga yordam beradi va bakteriyalarga qarshi kurashadi.
✅ Ta'm bilish: So'lak ta'm reseptorlarini faollashtiradi, bu esa ta'mni his qilishni ta'minlaydi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fakt: Arilar 75% qishloq xo‘jaligi ekinlarini changlatadi. Ularsiz meva va sabzavotlar deyarli yo‘q bo‘lib, insoniyat 4 yil ichida oziq-ovqat tanqisligidan halokatga uchragan bo‘lar edi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Current Biology jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, odamlardan farqli o‘laroq, kengurularning chapaqay tug‘ilishi ehtimoli ko‘proq. Bu haqiqat yirik qizil kenguru, sharqiy kulrang kenguru, qizil-kulrang vallabi va daraxt kengurusi kabi turli zotlarni o‘rgangan bir guruh olimlar tomonidan isbotlangan.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fakt: Kun 6 oy davom etar, kecha esa yana 6 oy cho‘zilar edi. Yer yuzasining yarmi doimiy quyosh nurida qizarib qolar edi, qolgan yarmi esa mutlaqo qorong‘ulikda muzlab qolar edi. Shuningdek, Yer magnitosferi yo‘qolib, quyosh shamoli atmosferani yo‘q qilar edi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma’lumki, odamlarning atigi 10 foizi chapaqay tug‘iladi, ammo ular butun dunyo bo‘ylab notekis taqsimlangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p chapaqaylar Niderlandiya, ikkinchi o‘rinda AQSH turadi.
Chapaqaylar eng kam bo‘lgan mintaqalar Yaponiya va Xitoydir, mos ravishda 4,7% va 3,5%.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Faqat kengurulargina chapaqay emas. Bu genetik xususiyat uy hayvonlarida ham o‘zini namoyon qilishi mumkin. Tadqiqotda qatnashgan itlarning 63 foizi bitta panjadan foydalanishni afzal ko‘radi, 37 foizi esa panjaning ma’lum bir tomonini tez-tez ishlatishga moyil emasligini ko‘rsatdi. Itlarning 32 foizi o‘ng panjasini, 31 foizi esa chap panjasini berdi.
Mushuklarga kelsak, 75% faqat o‘ng yoki faqat chap panjasidan foydalanishni afzal ko‘rgan va hayvonlarning 25 foizi qaysi oyoq-qo‘lni ishlatishga ahamiyat bermagan. Bundan tashqari, urg‘ochi mushuklar o‘naqay, erkak mushuklar esa chapaqay bo‘lish ehtimoli ko‘proq ekanligi aniqlandi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇭🇷 Xorvatiya — tarix, tabiat va madaniyat uyg‘unligi
Xorvatiya bugungi kunda Yevropaning janubi-sharqida joylashgan mustaqil davlat bo‘lib, rasmiy ravishda 1991-yil 25-iyun kuni Yugoslaviya tarkibidan chiqib, o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Bu sana uni yosh jihatdan O‘zbekiston bilan tenglashtiradi, chunki O‘zbekiston ham 1991-yilda mustaqil davlatga aylangan.
Aholisi va geografiyasi
✔️ Xorvatiyaning aholisi 4 million 188 mingdan ortiq (so‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra bu raqam biroz kamaygan).
✔️ Maydoni 56 ming kvadrat kilometrdan ortiq.
✔️ Poytaxti — Zagreb shahri.
✔️ Mamlakat hududining uchdan bir qismini o‘rmonlar egallagan. Bu ekologik tozalik va bioxilma-xillik uchun juda katta ahamiyatga ega.
✔️ Adriatika dengizi sohilida joylashgani sababli, Xorvatiya jahonning eng go‘zal qirg‘oqbo‘yi davlatlaridan biri hisoblanadi. Plitvice ko‘llari milliy bog‘i esa UNESCO merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Madaniyati va qadriyatlari
✔️ Xorvatiya juda boy madaniy merosga ega. U yerda Rim imperiyasi davriga oid ko‘plab tarixiy obidalar mavjud.
✔️ Bu mamlakat dunyoga mashhur dolmatin zotli kuchuklar vatani hisoblanadi. Oq terisida qora dog‘lar bilan ajralib turadigan ushbu zot ilk bor aynan Xorvatiyada paydo bo‘lgan.
Galstuklar vatani
✔️ Xorvatiya dunyoda “galstuklar vatani” sifatida tanilgan. Bunga sabab esa “kravat” (fransuz tilidagi “cravate” so‘zi) aynan xorvat harbiy kiyimining bir qismi bo‘lgan bo‘yinga bog‘lovchi matodan kelib chiqqanidir.
✔️ “Croata” so‘zi — ko‘plab tillarda “galstuk” ma’nosida ishlatiladigan so‘zning ildizi hisoblanadi. Bu esa Xorvatiya nomining xalqaro modaga ham ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatadi.
✔️ Xorvatlar har yili 18-oktyabrda “Galstuklar kuni”ni nishonlaydilar. Bu kun xalqaro darajada ham tan olingan bo‘lib, turli yurtlarda galstuk taqib yurish orqali Xorvatiya madaniyatiga hurmat bildiriladi.
Sayyohlik salohiyati
✔️ Xorvatiya turizm sohasida kuchli rivojlangan. Dubrovnik shahri, Split, Zadar va boshqa shaharlar yil davomida millionlab sayyohlarni jalb qiladi.
✔️ Dubrovnik serial va kino olamida ham mashhur — “Game of Thrones” serialining bir qismi aynan shu shaharda suratga olingan.
Xorvatiya o‘zining boy madaniyati, tabiiy go‘zalliklari va tarixiy ildizlari bilan Yevropaning eng qiziqarli va o‘ziga xos davlatlaridan biri hisoblanadi.

Fazoga uchirilgan birinchi jonzot - Layka
Layka — 1957-yil 3-noyabr kuni Sovet Ittifoqi tomonidan fazoga uchirilgan birinchi tirik jonzot hisoblanadi. U Moskva ko‘chalaridan topilgan, aralash zotli urg‘ochi it edi.
💠 Layka aslida ismi emas edi
Uning asl ismi yo‘q edi. Layka so‘zi rus tilida "vovullovchi" yoki "huruvchi" degan ma’noni bildiradi. Ilgari uni “Kudryavka” (jingalak) yoki “Limonchik” (limoncha) deb ham atashgan.
💠 U tanlab olingan sababi — murosaga o‘rganganlik
Layka Moskvadagi ko‘chalardan topilgan. Sovet olimlari aynan ko‘cha itlarini tanlashgan, chunki ular sovuq, ochlik va og‘ir sharoitlarga chidamli bo‘lgan.
💠 Uchirilgan kosmik kemada qaytish tizimi yo‘q edi
Sputnik-2 faqat uchish uchun mo‘ljallangan edi. Layka hayotini qurbon qilishi aniq bo‘lgan.
💠 Laykaning yuragi parvoz paytida juda tez urgan
Parvozdan oldin yurak urishi normal holatda 103 marta bo‘lsa, uchish vaqtida 240 martagacha chiqqan.
💠 Olimlar Laykadan oldin simulyatsiya parvozlarini bajargan
Ular bir nechta kuchuklarga maxsus kapsulalarda aylanish, og‘irliksiz holat va ovozga chidamlilik bo‘yicha mashqlar o‘tkazishgan.
💠 Layka parvozi insoniyat tarixida burilish yasadi
U birinchi bor orbitaga chiqqan tirik mavjudot bo‘ldi. Bu insonning kosmosga uchish imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslashga yordam berdi.
💠 Laykaning o‘lim sababi dastlab yashirilgan
Dastlab Layka bir necha kun yashagan deyilgan, ammo keyinchalik u parvozdan atigi 5–7 soat o‘tib kapsuladagi issiqlik tufayli nobud bo‘lgani e’tirof etildi.
💠 Laykaga yodgorlik o‘rnatilgan
2008-yilda Moskvada Layka sharafiga yodgorlik o‘rnatildi. Yodgorlikda u raketa shaklidagi postament ustida tasvirlangan.
💠 Uning nomi asteroiddan tortib to musiqa guruhlarigacha ishlatilgan
Layka nomi 1990-yillarda turli ilmiy, madaniy, musiqa va kino sohalarida mashhur bo‘lib ketdi. Hatto 2321-raqamli asteroidga ham uning nomi berilgan.
@qiziqfan
Layka — 1957-yil 3-noyabr kuni Sovet Ittifoqi tomonidan fazoga uchirilgan birinchi tirik jonzot hisoblanadi. U Moskva ko‘chalaridan topilgan, aralash zotli urg‘ochi it edi.
Uning asl ismi yo‘q edi. Layka so‘zi rus tilida "vovullovchi" yoki "huruvchi" degan ma’noni bildiradi. Ilgari uni “Kudryavka” (jingalak) yoki “Limonchik” (limoncha) deb ham atashgan.
Layka Moskvadagi ko‘chalardan topilgan. Sovet olimlari aynan ko‘cha itlarini tanlashgan, chunki ular sovuq, ochlik va og‘ir sharoitlarga chidamli bo‘lgan.
Sputnik-2 faqat uchish uchun mo‘ljallangan edi. Layka hayotini qurbon qilishi aniq bo‘lgan.
Parvozdan oldin yurak urishi normal holatda 103 marta bo‘lsa, uchish vaqtida 240 martagacha chiqqan.
Ular bir nechta kuchuklarga maxsus kapsulalarda aylanish, og‘irliksiz holat va ovozga chidamlilik bo‘yicha mashqlar o‘tkazishgan.
U birinchi bor orbitaga chiqqan tirik mavjudot bo‘ldi. Bu insonning kosmosga uchish imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslashga yordam berdi.
Dastlab Layka bir necha kun yashagan deyilgan, ammo keyinchalik u parvozdan atigi 5–7 soat o‘tib kapsuladagi issiqlik tufayli nobud bo‘lgani e’tirof etildi.
2008-yilda Moskvada Layka sharafiga yodgorlik o‘rnatildi. Yodgorlikda u raketa shaklidagi postament ustida tasvirlangan.
Layka nomi 1990-yillarda turli ilmiy, madaniy, musiqa va kino sohalarida mashhur bo‘lib ketdi. Hatto 2321-raqamli asteroidga ham uning nomi berilgan.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💣 Manxettan loyihasi
Manxettan loyihasi — Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh tomonidan boshchilik qilingan va atom bombasini yaratishga qaratilgan maxfiy ilmiy-harbiy dastur edi. Loyiha 1939-yilda boshlangan va 1945-yilda muvaffaqiyatli yakunlanib, tarixdagi ilk atom bombasi yaratilgan.
💣 Loyiha nomi Nyu-Yorkdagi Manxettan hududidan kelib chiqqan
Aslida asosiy ishlar Nyu-Meksiko, Tennessi va Vashington shtatlarida bo‘lgan bo‘lsa-da, dastlabki boshqaruv idorasi Manxettanda joylashgan edi.
💣 130-160 mingdan ortiq kishi ishlagan, ammo ko‘pchiligi nima ustida ishlayotganini bilmagan
Ishchilarning ko‘pchiligi faqat o‘z bo‘limidagi vazifani bajargan, umumiy maqsad ular uchun sir bo‘lgan.
💣 Albert Eynshteyn loyiha ustida ishlamagan, ammo uni boshlashga turtki bergan
1939-yilda Eynshteyn AQSh prezidentiga Gitler yadro quroli yaratishi mumkinligini aytib xat yozgan. Bu xat loyihaning boshlanishiga sabab bo‘lgan.
💣 Loyihaning umumiy xarajati taxminan 2 milliard dollar bo‘lgan
Bu hozirgi pulga nisbatan hisoblanganda 25 milliard dollardan ko‘proq degani.
💣 Loyiha rahbari general Lesli Groves, ilmiy rahbar esa fizik Robert Oppenheimer edi
Oppenheimer keyinchalik atom bombasining otasi deb atalgan.
💣 Triniti sinovi — tarixdagi birinchi atom portlashi
1945-yil 16-iyulda Nyu-Meksikoda amalga oshirilgan ushbu portlash insoniyat tarixidagi ilk yadro sinovi hisoblanadi.
💣 Ikki bomba real jangovar maqsadda ishlatilgan
“Little Boy” (Hiroshima, 6-avgust) va “Fat Man” (Nagasaki, 9-avgust) nomli bombalar Yaponiya shaharlariga tashlangan. Bu Ikkinchi jahon urushining tugashiga olib kelgan.
💣 Oppenheimer hind falsafasidan iqtibos qilgan
Triniti sinovidan keyin u "Endi men o‘lim bo‘ldim, dunyolar halokatchisi" (Bhagavad Gita) degan iborani aytgan.
💣 Maxfiylik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan
Hatto vitse-prezident Garri Truman loyihaning mavjudligini FDR (Roosevelt) vafot etgunga qadar bilmagan.
💣 Yadro qurolining tarqalishi aynan shu loyihadan keyin boshlandi
SSSR, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqa davlatlar keyinchalik o‘z atom dasturlarini ishga tushirdi.
@qiziqfan
Manxettan loyihasi — Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh tomonidan boshchilik qilingan va atom bombasini yaratishga qaratilgan maxfiy ilmiy-harbiy dastur edi. Loyiha 1939-yilda boshlangan va 1945-yilda muvaffaqiyatli yakunlanib, tarixdagi ilk atom bombasi yaratilgan.
Aslida asosiy ishlar Nyu-Meksiko, Tennessi va Vashington shtatlarida bo‘lgan bo‘lsa-da, dastlabki boshqaruv idorasi Manxettanda joylashgan edi.
Ishchilarning ko‘pchiligi faqat o‘z bo‘limidagi vazifani bajargan, umumiy maqsad ular uchun sir bo‘lgan.
1939-yilda Eynshteyn AQSh prezidentiga Gitler yadro quroli yaratishi mumkinligini aytib xat yozgan. Bu xat loyihaning boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Bu hozirgi pulga nisbatan hisoblanganda 25 milliard dollardan ko‘proq degani.
Oppenheimer keyinchalik atom bombasining otasi deb atalgan.
1945-yil 16-iyulda Nyu-Meksikoda amalga oshirilgan ushbu portlash insoniyat tarixidagi ilk yadro sinovi hisoblanadi.
“Little Boy” (Hiroshima, 6-avgust) va “Fat Man” (Nagasaki, 9-avgust) nomli bombalar Yaponiya shaharlariga tashlangan. Bu Ikkinchi jahon urushining tugashiga olib kelgan.
Triniti sinovidan keyin u "Endi men o‘lim bo‘ldim, dunyolar halokatchisi" (Bhagavad Gita) degan iborani aytgan.
Hatto vitse-prezident Garri Truman loyihaning mavjudligini FDR (Roosevelt) vafot etgunga qadar bilmagan.
SSSR, Buyuk Britaniya, Xitoy va boshqa davlatlar keyinchalik o‘z atom dasturlarini ishga tushirdi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz obunachilar!
@qiziqfan kanali jamoasi barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etadi!
📿 Bu ulug‘ kun ko‘ngillarga rahm-shafqat, barcha oilalarga baraka, hayotingizga nur olib kelsin!
🤲 Alloh qilgan ibodatlaringizni, duo va qurbonliklaringizni qabul qilsin. Yurtimizda tinchlik, xalqimizda birlik va farovonlik doimiy bo‘lsin!
Bayramingiz qutlug‘, hayotingiz fayzli bo‘lsin!
@qiziqfan kanali jamoasi barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etadi!
📿 Bu ulug‘ kun ko‘ngillarga rahm-shafqat, barcha oilalarga baraka, hayotingizga nur olib kelsin!
Bayramingiz qutlug‘, hayotingiz fayzli bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi xarita Open Street Maps’ning velosiped qatnovi qatlami asosida tuzilgan bo‘lib, Niderlandiya va Belgiya velosiped yo‘llari tarmog‘i zichligi Fransiya, Germaniya yoki Buyuk Britaniyadagidan ancha yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Vikipediyadan, Niderlandiya haqida:
“Taxminan 35 000 km veloyo‘l avtomobil harakatidan jismonan ajratilgan bo‘lib, bu mamlakatning umumiy 140 000 km yo‘l tarmog‘ining to‘rtdan bir qismiga teng.”
Shuningdek, “gollandiyaliklarning 36 foizi odatiy kundalik hayotida eng ko‘p foydalanadigan transport vositasi sifatida velosipedni ko‘rsatgan.”

Qon guruhlari bo'yicha dunyo davlatlari statistikasi
To‘rtta turdagi qon mavjud: A (1), B (2), O (3) va AB (4). Ularning har biri musbat yoki salbiy bo‘lishi mumkin, bu esa qizil qon tanachalarida “Rh omili” deb ataladigan oqsilning mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq. Har bir qon guruhi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, O- guruhiga ega odamlar universal donor hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, ular istalgan kishiga qon bera olishadi. AB+ esa aksincha, universal qabul qiluvchi bo‘lib, istalgan qon guruhidan qon qabul qila oladi. Dunyo bo‘yicha atigi yetti foiz odamlar Rh salbiy qon guruhiga ega.
Quyidagi xaritada ko‘rsatilganidek, butun dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan qon guruhi O musbat hisoblanadi. Biroq, Yevropada vaziyat biroz boshqacha: ko‘pchilik mamlakatlar aholisi A musbat qon guruhiga ega. World Population Review ma’lumotlariga ko‘ra, faqat ikkita mamlakat — Pokiston va Bangladesh —da B musbat qon guruhi aholining asosiy qismini tashkil etadi.
Ushbu jadval mintaqaviy qon guruhlarining umumiy ko‘rinishini tushunishda foydali bo‘lsa-da, ba’zi nozik tafsilotlarni yashiradi. Masalan, Xitoy va Hindistonda aholining sezilarli qismi B+ qon guruhiga ega. Yevropada esa ko‘pchilik mamlakatlarda O+ va A+ o‘rtasida ancha teng taqsimot kuzatiladi. Albatta, ozgina farqlar va istisnolar ham mavjud; masalan, Skandinaviya mamlakatlarida A+ guruhi O+ ga nisbatan biroz ko‘proq tarqalgan, deya xabar beradi World Population Review. AQShda esa taqsimot ancha yaqin: aholining 37,4 foizi O+, 35,7 foizi A+, va atigi 8,5 foizi B+ guruhiga ega.
Qon guruhi aniq ustunlik qiladigan mamlakatlar qatorida Ekvador, Peru va Zimbabve bor — bu davlatlarda mos ravishda aholining 75 foizi, 70 foizi va 63 foizi O+ guruhiga ega.
American Red Cross ma’lumotlariga ko‘ra, plazma quyish qoidalarida esa aksincha holat kuzatiladi. Ya’ni, O- qon guruhiga ega odamlar faqat boshqa O- bemorlarga plazma bera oladi, universal plazma donori esa AB guruhi hisoblanadi.
O‘zbekistonda aholining asosiy qismi A musbat (A+) qon, yani 2- qon guruhiga ega.
A+ guruhi Yevropada ham ko‘p tarqalgan, bu O‘zbekistonning Yevropaga o‘xshash qon guruhi tendentsiyasiga ega ekanini ko‘rsatadi.
A+ guruhi qabul qiladigan donorlar: A+, A-, O+, O-.
A+ qon guruhi quyidagi guruhlarga qon bera oladi: A+ va AB+.

Ilizarov jarrohligi quyidagicha amalga oshiriladi: avval, suyak nazoratli tarzda ehtiyotkorlik bilan kesiladi. So‘ngra, Ilizarov apparati deb ataladigan metall ramka o‘rnatiladi. Ushbu apparat aylana shaklidagi halqalar va sozlanadigan tayoqchalardan iborat bo‘lib, u suyakni teri orqali o‘tadigan mixlar va simlar yordamida mustahkamlaydi.
Bu tashqi ramka yumshoq to‘qimalarni siqmasdan va qon ta’minotini buzmasdan mexanik barqarorlikni ta’minlaydi. Keyinchalik, burg‘ulash asbobi yordamida suyakda teshik ochilib, unga simlar yoki mixlar kiritiladi va ular tashqi halqalarga mahkamlanadi. Bu jarayon juda aniq bajarilishi lozim, chunki muhim tuzilmalarni shikastlamaslik va suyakning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlash zarur.
Shundan so‘ng, suyakda past energiyali kesish amalga oshiriladi, bunda hujayra va to‘qimalar iloji boricha saqlanadi. Keyingi bosqichda yana bitta teshik ochilib, navbatdagi sim kiritiladi va u tashqi harakatlanuvchi ramkaga ulanadi.
Ilizarov apparatining harakatlanuvchi qismi yordamida suyak uchi asta-sekin boshqa tomonga siljitiladi. Shu tarzda, suyak orasida yangi to‘qima paydo bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan qotib mustahkamlanadi. Nihoyat, kerakli uzunlikka yoki suyakning to‘g‘ri shakliga erishilgach, tashqi ramka olib tashlanadi va natijada suyakning uzunligi muvaffaqiyatli oshiriladi yoki deformatsiya tuzatiladi.
@qiziqfan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM