Telegram Web Link
🔴

🗣️ Shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ko‘tarilgan takliflari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi o‘ziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan biri yoki bir nechtasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berishi) mumkinligi normasi aks ettirilyapti.

💬 Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda xususiy mulk huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish, yerdan foydalanuvchilarning kafolatlangan huquqlari ta’minlanishiga hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan samarali foydalanish imkonini oshirishga xizmat qiladi.


Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🗣️ Наряду с этим на основе предложений избирателей, полученных в ходе встреч депутатов на местах, вводится норма, позволяющая арендатору земельного участка сельскохозяйственного назначения передать (перенаем) свои права и обязанности другому лицу по одному или нескольким переданным ему в аренду земельных участков.

💬 Принятие законопроекта послужит дальнейшему усилению гарантий частной собственности, обеспечению гарантированных прав землепользователей и расширению возможностей эффективного использования земельных участков сельскохозяйственного назначения.


Проект закона принят депутатами во втором чтении.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🚨 Majlisda deputatlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 15-moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.

_______________________

🚨 На заседании постатейно во втором чтении рассматривается проект закона «О внесении дополнения и изменений в статьи 13 и 15 Закона Республики Узбекистан «О государственной пошлине».


Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

Ushbu qonun loyihasi bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga “Vatandosh” kartasi egalari hamda ularning oila a’zolari uchun migratsiya va fuqarolikka doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni o‘z turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish (uning muddatini uzaytirish) borasida imtiyozlar berish bo‘yicha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, “Vatandosh” kartasi egalarining oila a’zolari amaldagi viza muddatini ko‘p martalik qilib uzaytirganda, shuningdek, ular va oila a’zolari turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganda va ro‘yxatga olingan muddatini uzaytirganda davlat bojidan ozod etilishi nazarda tutilmoqda.
_______________________

Законопроектом вносятся изменения и дополнения в Закон «О государственной пошлине», предусматривающие предоставление льгот владельцам карты «Ватандош» и членам их семей при оформлении документов по вопросам миграции и гражданства, а также регистрации по месту жительства (продлении срока ее действия).

В частности, предусматривается освобождение от уплаты государственной пошлины членов семей владельцев карты «Ватандош» при многократном продлении ими срока действия визы, а также при регистрации их и членов их семей по месту пребывания и продлении срока регистрации.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

💬 Majlisda qonun loyihasining qabul qilinishi xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga O‘zbekiston hududida professional, shu jumladan, tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun qulay huquqiy, ijtimoiy sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.


Munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

💬 Отмечено, что принятие данного законопроекта послужит созданию благоприятных правовых и социальных условий для соотечественников, проживающих за рубежом, в частности, для осуществления ими профессиональной, предпринимательской, инвестиционной, научной, просветительской и культурной деятельности на территории Узбекистана.


После бурных обсуждений законопроект принят депутатами во втором чтении.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🚫 Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — retsept bilan beriladigan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

🚫 На заседании концептуально в первом чтении рассматривается законопроект, направленный на усиление ответственности за незаконный оборот лекарственных средств, отпускаемых по рецепту, разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

Qayd etilganidek, mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash hamda farmatsevtika mahsulotlari muomalasini tartibga solishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda retsept bilan beriladigan dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni qonunga xilof ravishda realizatsiya qilish va inson hayoti uchun xavfli oqibatlarga sabab bo‘layotgan holatlar ko‘paymoqda.

Amaldagi qonunchilikda bunday huquqbuzarliklar uchun belgilangan sanksiyalar nomutanosib bo‘lib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy muomalasiga barham berish va oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Tahlillarga ko‘ra, 2022–2025-yillar davomida 18 milliard so‘mlik 285 ming dona dori vositasi noqonuniy aylanmadan olib qo‘yilgan. Birgina, 2024-yilda bunday holatlar 2022-yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paygan.

_______________________

Отмечено, в стране реализуются масштабные реформы, направленные на развитие фармацевтической отрасли, создание благоприятных условий для обеспечения населения качественными и безопасными лекарственными средствами и медицинскими изделиями, а также на совершенствование регулирования реализации фармацевтической продукции.

Наряду с этим, в последние годы наблюдаются случаи незаконного оборота и реализации лекарственных средств, отпускаемых по рецепту, а также ситуаций, приводящих к опасным для жизни человека последствиям.

Действующие законодательные санкции за подобные правонарушения несоразмерны, что создает необходимость дальнейшего совершенствования правовых механизмов по пресечению и предотвращению незаконного оборота лекарственных средств и медицинских изделий. Согласно проведенным анализам, в 2022–2025 годах из незаконного оборота было изъято 285 тыс лекарственных средств на 18 млрд сумов, при этом только в 2024 году количество таких случаев выросло в три раза по сравнению с 2022 годом.


Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

💬 Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga retsept asosida beriladigan dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi jazo choralarini kuchaytirish taklif etilmoqda.

🚫 Jumladan, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan holatlarda — jinoiy javobgarlik belgilash va ikki yuz baravardan uch yuz baravargacha miqdorda jarima jazosi nazarda tutilmoqda.

🚫 Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lmagan dori vositalarini hamda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun amalda belgilangan jarimalar miqdorini oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilyapti.

🚫 Qonun tashabbuskorlarining ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini ishonchli himoya qilish, dori vositalarini realizatsiya qilish talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda ushbu sohada huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

💬 Законопроектом предлагается внести изменения в Уголовный кодекс и Кодекс об административной ответственности, направленные на ужесточение мер наказаний за незаконный оборот лекарственных средств, отпускаемых по рецепту.

🚫 В частности, за нарушение порядка розничной реализации рецептурных лекарственных средств, содержащих сильнодействующие вещества, предусмотрено установление уголовной ответственности в случаях совершения правонарушения в крупном размере либо после применения административного наказания, а также штраф в размере от 200 до 300 базовых расчетных величин.

🚫 Кроме того, в Кодекс об административной ответственности вносятся изменения, предусматривающие увеличение размеров штрафов за нарушение порядка розничной реализации как препаратов, не содержащих сильнодействующих веществ, так и лекарственных средств, включающих такие компоненты.

🚫 По словам инициаторов законопроекта, принятие документа послужит надежной защите здоровья населения, обеспечению строгого соблюдения требований при реализации лекарственных средств, а также повышению эффективности борьбы с правонарушениями в данной сфере.

После бурных обсуждений законопроект принят депутатами во втором чтении.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 15:41:19
Back to Top
HTML Embed Code: