Telegram Web Link
🔴

✔️ Majlisda deputatlar shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

✔️ На заседании постатейно во втором чтении рассматривается проект закона, направленный на усиление защиты права граждан на их изображение.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

Loyiha bilan shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy shartligi, shaxsni tasvirga olish va undan foydalanishda bolalar huquqning mustaqil subyekti ekanligi belgilab qo‘yilmoqda. Shunga ko‘ra tasvirga olish va undan ruxsatsiz foydalanish mumkin bo‘lgan hollar doirasi hamda videokuzatuvni amalga oshirishda shaxsiy daxlsizlikni ta’minlashga oid talablar belgilanyapti.


Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar bergan takliflardan kelib chiqib, har xil yondashuvlarning oldini olish, qonun normalarining aniq va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, tasvirga olishda va undan foydalanishda o‘n olti yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan berilishi, jamoat joylarida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan taqdirda, bu haqda barchaga ko‘rinadigan joyda va shaklda ogohlantiruvchi belgi o‘rnatilishi shartligi nazarda tutilmoqda.


Shuningdek, videokuzatuv kameralarini o‘rnatish mumkin bo‘lmagan joylar doirasi, xususan, kiyinish xonalarida, hojatxonalarda videokuzatuv tizimlari o‘rnatilishi mumkin emasligi aniq belgilab qo‘yilmoqda.
_______________________

Законопроектом предусматривается обязательное условие получения согласия на съемку и использование изображения личности, а также закрепляется положение о том, что дети являются самостоятельными субъектами права при записи и использовании изображения. В связи с этим определяются случаи, когда допускается съемка и использование изображения без согласия лица, а также требования по обеспечению неприкосновенности частной жизни при осуществлении видеонаблюдения.


Отмечено, при подготовке проекта закона ко второму чтению, исходя из предложений депутатов, внесены изменения, направленные на предотвращение различных подходов и обеспечение четкой и единообразной правоприменительной практики.

В частности, устанавливается, что при съемке и использовании изображения несовершеннолетних, не достигших шестнадцати лет, согласие должно быть дано одним из родителей или лица, заменяющего родителя, а в случае установления систем видеонаблюдения в общественных местах, то о его наличии обязательно должен быть размещен предупредительный знак в видном месте и доступной форме.


Кроме того, в проекте четко определяются места, где нельзя устанавливать видеокамеры — например, в раздевалках и туалетах.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🔴 Qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada mustahkamlashga, shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlarini kafolatlashga qaratilgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi
_______________________

🔴 Нормы законопроекта направлены на дальнейшее укрепление конституционных прав граждан на неприкосновенность личной жизни и гарантирование прав человека на его изображение.

Проект закона принят депутатами и направлен в Сенат.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🚫 Majlisda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh. Hidoyatovning “Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axboroti eshitilmoqda.
_____________________

🚫 На заседании заслушивается информация министра строительства и жилищно-коммунального хозяйства Ш. Хидоятова «О проводимой работе по модернизации и строительству систем отведения сточных вод».

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🔴 Sh.Hidoyatovning qayd etishicha, respublikamiz hududlarida aholining markazlashgan ichimlik suv ta’minotini oshirish va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2022-2024-yillarda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 78 ta oqova suv inshooti, 115 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 1 028 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hisobidan 6 ta oqova suv inshooti, 9 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 403 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlari bajarilgan. Natijada 7,7 mln. nafar aholiga xizmat ko‘rsatish tashkil etilib, markazlashgan oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmati ko‘rsatish darajasi 17,6 foizdan 20,5 foizga yetkazilgan.
_____________________

🔴 По словам министра Ш. Хидоятова, во всех регионах страны осуществляются системные меры по повышению уровня централизованного водоснабжения и расширению услуг по отведению сточных вод. В частности, в 2022–2024 годах за счет средств Государственного бюджета построены 78 объектов водоотведения, 115 насосных станций для сточных вод, 1 028 км сетей водоотведения.

Кроме того, за счет средств международных финансовых институтов реализованы проекты по строительству 6 объектов водоотведения, 9 насосных станций для сточных вод и 403 км сетей водоотведения.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

🗣️ Axborotda keltirilganidek, joriy yilda oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish maqsadida respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 13 ta oqova suv inshooti, 34 ta oqova suv ko‘tarish inshooti, 200 km oqova suv tarmoqlarini qurish rejalashtirilgan.
_____________________

🗣️ Отмечено, в текущем году за счет средств республиканского бюджета планируется построить 13 объектов водоотведения, 34 насосные станции для сточных вод и 200 км сетей водоотведения, что позволит увеличить охват услугами.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

Majlisda deputatlar sohada erishilayotgan yutuqlarni alohida qayd etib, oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ayrim loyihalarning ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanmagani, oqova suvlarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanilmayotgani, ayrim sanoat korxonalarining tashlanmalaridagi ifloslantiruvchi moddalar ruxsat etilgan me’yorlardan yuqori holatda chiqarib yuborilayotganini tanqid ostiga olishdi.

Savol-javob va muhokamalarga boy bo‘lgan majlisda deputatlar tomonidan sohada yashil energiya ulushini oshirish, ichimlik suvi sifatini ta’minlash, oqova suvlardan qayta foydalanishni tashkil etish va oqova suvlar tarkibini onlayn monitoring qilish tizimini yaratish bo‘yicha bir qator takliflar berildi.

Majlisda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilinib, kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.
_____________________

Депутаты, отметив достигнутые результаты, акцентировали внимание на несвоевременное выполнение некоторых проектов по модернизации систем отведения сточных вод, недостаточно эффективное использование современных технологий переработки сточных вод, превышение допустимых норм загрязняющих веществ в сбросах отдельных промышленных предприятий.

В ходе парламентского слушания, насыщенного вопросами-ответами, депутаты внесли ряд предложений по увеличению доли зеленой энергетики в сфере, обеспечению качества питьевой воды, организации повторного использования очищенных сточных вод, созданию системы онлайн-мониторинга состава сточных вод.

По итогам заседания ответ министра был принят к сведению, а также отмечено об обеспечении эффективного парламентского контроля по рассматриваемому вопросу.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

❗️ Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_____________________

❗️ На заседании в первом чтении рассматривается проект закона «О внесении изменений и дополнения в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан», разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

🏢 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 YouTube 📱 Instagram📱  X  🔴ParlamentTV_RADIO 🔹 Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/28 14:24:47
Back to Top
HTML Embed Code: