Telegram Web Link
🔴

🔴 Majlisda deputatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining parlament so‘roviga javobini ko‘rib chiqdilar.

Qonunchilik palatasining shu yil 23-sentabrda bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlaridagi yashil maydonlar, bolalar o‘yingohlari va sport maydonchalarini joy mulkdorlari, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan saqlash va doimiy obodonlashtirib borish, ularning tutash hududlarini noqonuniy egallab olinishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish so‘ralgan edi.


Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda respublika bo‘yicha 1,5 mlndan ortiq xonadondan iborat 44 280 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud. Shundan 39 859 ta uylarga 971 ta boshqaruvchi tashkilotlar, 851 ta uylarga 241 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Prezidentimizning 2023-yil 15-avgustdagi qarori ijrosini ta’minlash doirasida 40 735 ta ko‘p kvartirali uyning tutash yer uchastkalari chegaralari aniqlanib, ularni joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Hozirda ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarida 9 937 ta bolalar maydonchasi, 2 385 ta umumiy foydalanishdagi hojatxona, 285 ming pagonametrga yaqin irrigatsiya tarmog‘i hamda 7,8 mln. m² beton yo‘laklar mavjud.

2017–2024-yillar davomida 2 777 ta bolalar maydonchasi, 386 ta umumiy foydalanishdagi hojatxona qurilib, 92 ming pagonametr irrigatsiya tarmoqlari va 1,5 mln m² yo‘laklar ta’mirlangan. 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan rejalarga ko‘ra, yana 1 656 ta bolalar maydonchasi, 474 ta umumiy foydalanishdagi hojatxonalar, 176 ming pagonametr irrigatsiya tarmoqlari va 1,7 mln m² beton yo‘laklar qurilishi ko‘zda tutilgan.


Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari “Yashil makon” loyihasi doirasida hududlarni obodonlashtirish, gul va daraxt ko‘chatlari ekish ishlarini amalga oshirmoqda. Joriy yilning bahorida 248 881 tup mevali va manzarali daraxt hamda butalar ekilgan.

2025-yilda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlarda 1 952 ta noqonuniy qurilish holati aniqlangan. Ulardan 738 tasi joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, qolgan 1 214 ta holat yuzasidan sudlarga davo arizalari kiritilgan.


Joriy yilning 9 oyi davomida vazirlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 1 807 ta murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish organlaridan bo‘lib, taklif va muammolar muntazam tahlil qilinmoqda va amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Deputatlar ushbu yo‘nalishda vazirlik tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgani, shu bilan birga sohadagi qonun buzilishlarini oldini olish, ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.


Shuningdek, uylarning tutash yer maydonlarini obodonlashtirish ishlaridan so‘ng daraxtlar, gul ko‘chatlari va boshqa yashil o‘simliklarni qarovsiz qoldirmasdan doimiy parvarishlab borish lozimligi ta’kidlandi.

Majlisda mazkur masala yuzasidan doimiy parlament nazorati olib borilishi qayd etilib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
🔴 🔴 Majlisda deputatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining parlament so‘roviga javobini ko‘rib chiqdilar. Qonunchilik palatasining shu yil 23-sentabrda bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlaridagi yashil maydonlar,…
🔴 На заседании депутаты рассмотрели ответ министра строительства и жилищно-коммунального хозяйства на парламентский запрос.

На заседании палаты, состоявшемся 23 сентября текущего года, был направлен запрос о предоставлении обоснованных разъяснений по вопросам содержания и благоустройства зеленых зон, детских и спортивных площадок на прилегающих территориях многоквартирных домов управляющими сервисными компаниями, а также по предотвращению незаконного захвата прилегающих к ним территорий.


Отмечено, в настоящее время по республике насчитывается 44 280 многоквартирных домов. Из них 39 859 обслуживаются 971 управляющей организацией, а 851 – 241 товариществом собственников жилья.

В рамках реализации Постановления Президента от 15 августа 2023 года определены границы земельных участков, прилегающих к 40 735 многоквартирным домам, местными хокимиятами приняты решения о передаче их в постоянное пользование собственникам домов. На сегодня на прилегающих территориях многоквартирных домов имеется 9 937 детских площадок, 2 385 общественных туалетов, почти 285 тыс погонных метров ирригационных сетей и около 7,8 млн м² бетонных тротуаров.


За 2017–2024 гг. построено 2 777 детских площадок, 386 общественных туалетов, отремонтировано 92 тыс погонных метров ирригационных сетей и 1,5 млн м² тротуаров.

В соответствии с планом на 2026–2030 годы, намечено строительство еще 1 656 детских площадок, 474 общественных туалетов, 176 тыс погонных метров ирригационных сетей и 1,7 млн м² бетонных тротуаров.


Органы управления многоквартирными домами активно участвуют в благоустройстве территорий в рамках проекта «Яшил макон», высаживая деревья и цветы. Весной текущего года было посажено 248 881 плодовое и декоративное дерево и кустарники.

В ходе контрольных мероприятий, проведенных в 2025 году, выявлено 1 952 случая незаконного строительства на прилегающих к многоквартирным домам территориях. Из них 738 устранено на месте, а по 1 214 случаям поданы иски в суд.


За девять месяцев текущего года в министерство поступило 1 807 обращений от физических и юридических лиц, большинство из которых – от органов управления многоквартирными домами. Все предложения и проблемы на системной основе анализируются, принимаются практические меры.

Депутаты отмечая, что в данном направлении министерством проводится определенная работа, дали ряд рекомендаций по предупреждению правонарушений в сфере и ускорению принятия решений о передаче прилегающих земельных участков собственникам многоквартирных домов на правах постоянного пользования.


Также подчеркнута необходимость обеспечения постоянного ухода за деревьями, цветами и другими зелеными насаждениями после проведения благоустроительных работ.

Отмечено, что по данному вопросу будет осуществляться постоянный парламентский контроль.Ответ министра строительства и жилищно-коммунального хозяйства принят к сведению.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

***
Пленарное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса завершило свою работу.

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_parlament

🏢 XUSUSIY MULK HUQUQI KAFOLATLARINI YANADA KUCHAYTIRISH, QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHGA QARATILGAN QONUN LOYIHASI IKKINCHI O‘QISHDA QABUL QILINDI.


Facebook | Telegram | YouTube| Instagram| Veb-sayt| ParlamentTV| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_parlament

🏢 “DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 13 VA 15-MODDALARIGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN LOYIHASI IKKINCHI O‘QISHDA QABUL QILINDI.


Facebook | Telegram | YouTube| Instagram| Veb-sayt| ParlamentTV| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_parlament

🏢 RETSEPT BILAN BERILADIGAN DORI VOSITALARINING NOQONUNIY AYLANMASI UCHUN JAVOBGARLIKNI KUCHAYTIRISHNI NAZARDA TUTUVCHI QONUN LOYIHASI IKKINCHI O‘QISHDA QABUL QILINDI.


Facebook | Telegram | YouTube| Instagram| Veb-sayt| ParlamentTV| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqona_sharh

🏢 ENDI VAZIR VA HOKIMLAR LAVOZIMGA TAYINLANAYOTGANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH REJASINI TAQDIM ETISHLARI KERAK


🎥 Batafsil "Xalqona sharh" loyihasida

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram| Veb-sayt| ParlamentTV| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

🏢 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Majlisda quyidagi asosiy masalalar muhokamalar markazida bo’ldi:

🔘 Endi fermer boshqa ishga o‘tganda ixtiyoridagi yerni topshirmaydi, aksincha oila a’zolarining biriga o‘tkazib berishi mumkin;

🔘 "Vatandosh" kartasi egasi boj to‘lamaydi;

🔘 Dori vositalarining noqonuniy aylanishiga jazo kuchaytiriladi;

🔘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining parlament so‘roviga javobi ko‘rib chiqildi.


Facebook | Telegram | YouTube| Instagram| Veb-sayt| ParlamentTV| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosаbat

O‘sish, rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirishning noyob markazi


Mahalla nafaqat hududiy boshqaruv shakli, balki aholining kundalik hayoti, muammolari va orzu-umidlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan noyob ijtimoiy institut hisoblanadi. So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida u hayotimizga daxldor bo‘lgan barcha masalalarni hal etishda xalq va davlatni bir-biriga yaqinlashtirib, munosabatlarni tartibga soluvchi muhim tuzilmaga aylandi.


🔴BATAFSIL

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosаbat

🏢 Mahalla — Yangi O‘zbekiston islohotlarining tayanchiga aylanmoqda

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida mahalla instituti davlat boshqaruvida alohida o‘rin egallab, jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi pog‘onalardan biriga aylandi. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mahalla tizimi jamiyatning turli sohalari bilan chambarchas bog‘langan, fuqarolar muammolarini joyida hal etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar markaziga aylanmoqda.


🔴BATAFSIL

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosаbat

🏢 Farovonlik yo‘lida yangi bosqich

Endi har bir hududga aniq mablag‘ ajratiladi, harakatlar loyihaviy yondashuv asosida olib boriladi, mahalliy tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanadi. Ya’ni, har bir mahalla o‘zini-o‘zi tiklaydigan, o‘z yo‘lini o‘zi belgilaydigan mustaqil ijtimoiy maydonga aylanadi.


🔴BATAFSIL

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishda muhim platforma

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida Prezidentimiz ilgari surgan amaliy taklif va tashabbuslar yetakchi siyosatchilar, ekspertlar tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi. Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha imzolangan kelishuv va qarorlar to‘plami, shubhasiz, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va xalqimiz farovonligini oshirishga yaqindan yordam beradi.


🔴BATAFSIL

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamda Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazirlik va ilmiy tadqiqot instituti xodimlari, O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi a’zolari, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etgan tadbirda asalarichilik sohasidagi mavjud muammolar, sohani barqaror rivojlantirish hamda qonunchilikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.


🔴BATAFSIL

Veb-sayt|Telegram| Facebook| YouTube| InstagramXParlamentTV_RADIO| Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 09:34:39
Back to Top
HTML Embed Code: