Telegram Web Link
Бугун ўзим ўқиган Ижтимоий йўналишдаги Республика махсус гимназияси (ҳозирда филологияга ихтисослаштирилган 99-мактаб) нинг “Келажак соати” дарсида қатнашдим. Сени ўқитган устозларинг ва ҳатто синфдошларингнинг болалари ёнида сўзга чиқиш жуда бир бошқача бўларкан.

Хабарингиз бўлса керак, таълим муассасаларида ҳар душанба куни биринчи дарс “Келажак соати” бўляпти. Болаларни турли мавзуларда фикрлашга чорлайдиган, атрофдаги бўлаётган воқеаларга муносабатини сўрайдиган, тарихий-замонавий шахслар ва манзиллар ҳақида янги тушунчалар берадиган бу дарс модели менга жуда маъқул. Шунинг учун Мактабгача таълим ва мактаб таълими вазирлигининг таклифига жон деб кўндим ва ўзим ўқиган мактабни танладим.

Бугунги дарсимиз 21 октябрь - ўзбек тили байрами кунига бағишланди. Мактабим мен ўқиган даврларда шаҳардаги энг кучли она тили ва адабиёти фани ўқитувчиларини ўзида жамлаган эди ва биз узоқдаги репетиторларга қатнамай, ўзимизнинг мактабда қўшимча таълимни ҳам олганмиз, шу билим билан университетларга кирганмиз. Энг иккичи синфдошим ҳам камида “Юлдузли тунлар” асари воқеаларини ёддан биларди. Устозим Шарофат Тошмирзаеванинг айтишларича, ҳозир ҳам шу анъана сақланиб қолган.

Бугун 2-11 синф ўқувчиларига бирдек тушунарли бўлиши учун соддароқ ҳикоя тили танлаб гапиришга ҳаракат қилдим. “Келажак соати” учун вазирлик тайёрлаган қизиқарли видеолавҳаларни томоша қилдик, фикр алмашдик.

Шу пайтгача нима иш қилган бўлсам, қандай имкониятга эга бўлган бўлсам, тирикчилигим, борим ҳам, йўғим ҳам шу ўзбек тили орқали бўлганини гапириб бердим. Тилимиз дунёдаги 7 мингдан ортиқ тил ичида грамматик ва фонетик етуклиги бўйича кучли 40 таликка кириши, бизга ўхшаш тилда гаплашувчи халқлар кўплиги ҳақида гаплашдик. Бошланғич синф устозим Зайниддин Долимов ўқитаётган 2-синф ўқувчилари она тили ҳақидаги мақол ва маталлар, шеърларни айтиб беришди. Совғалар камроқ олиб борган эканман, болаларнинг ҳеч бири қаторида адашишмади, ҳаммаларидан қарздор бўлиб қайтдим)

Байрам яхши бошланди!
38🔥11👍9🕊4
Bugundan boshlab, Prezident Matbuot xizmati resurslari va Prezident Matbuot kotibining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida yuritila boshlandi.

Men ham ibrat olib, nihoyat, kanalimni lotin yozuviga o’tkazishga qaror qildim.

Ota-onam uchun alohida sharh qismida kirillga o’girib turaman.
👍61😭13🔥1210🌚4
Jurnalistlar uchun jonning rohatiKotib AI

Bugun IT Parkda Prezidentimizga
“Kotib AI” startapini taqdimot qilgan Samandar Tursunaliyevga chin dildan rahmat deyman. Salkam 1 yildan beri uning botidan foydalanib, video/audiolardan 3 ta tilda matnni ajratib olaman. Intervyularning tezkor tarjimasida foydalanaman. Interfeysi juda qulay, to’lovi o’zini oqlaydi. O’zbek tili korpusi boy.

Loyiha Samandarning “TechAward” tanlovida qo‘lga kiritilgan 50 ming dollari evaziga paydo bo’lganini bilmasdim. Mana, yoshlarni qo’llasa, qanday foydali startaplar paydo bo’lishiga isbot.

Matn bilan ishlaydiganlar uchun judayam qulay platforma. Sinab ko’ring.

https://www.tg-me.com/Sinchalak_blog/3173
1👍689🔥2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2 million $ narxlangan, 350 ming foydalanuvchisi bo’lgan Detecting AI!

Mana bu loyiha ham yoqdi. Ko’chirmakashlarni aniqlab berarkan)
👍496🔥4🕊1
Muhandislar uchun imkoniyatlar eshigi kattaroq ochilmoqda

“Muhandislik tanlovi” g‘oliblari endi Amerikaga — “Silikon vodiysi” va dunyoda birinchi o‘rinda turadigan MIT universitetiga stajirovkaga borishi mumkin ekan. Shu gapni eshitib, chin dildan xursand bo‘ldim.

Bu tanlov orqali yurtimizdagi eng iste’dodli va mehnatkash yosh muhandislar aniqlandi. Ular orasidagi 9 nafar g‘olib qo‘li bilan yaratgan mehnatiga yarasha elektromobilga ega bo‘lganini ham eslaysizmi? Endi ularga yana bir olamlar eshigi ochilayapti.

Hozirda Yoshlar akademiyasi jamoasi Amerikani xizmat safarida. Ular g‘oliblar uchun xalqaro imkoniyatlar yaratish, ularni dunyo miqyosida tanitish yo‘lida muzokaralar olib borishayapti. Agar bu tashabbus amalga oshsa, yosh muhandislarimiz MIT va “Silikon vodiysi”da tajriba orttirib, Google, Tesla, NVIDIA, Meta kabi kompaniyalar muhitida o‘z loyihalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shunday manzarani tasavvur qiling: bizlik bolalar “Silikon vodiysi”da o‘z g‘oyalari bilan dunyoga ilhom beryapti. Shu orzular ro‘yobini ko‘rishni har bir ona, har bir ustoz chin dildan istaydi, deb o‘ylayman.
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bryusselda tong otdi. Biz bir guruh jurnalistlar O‘zbekiston rahbarining kutilayotgan Belgiya­ga rasmiy tashrifini yoritgani yetib keldik.

Bilasiz, Bryussel faqatgina Belgiya­ning poytaxti emas, balki butun Yevropaning siyosiy va madaniy markazi. Bu shaharda 1,2 milliondan ortiq kishi yashaydi, aholining uchdan bir qismi — chet elliklar. Bu yerda Yevroparlament, Yevrokomissiya, NATOn­ing shtab-kvartirasi joylashgan. Ya’ni, bu shahar qit’aning “yuragi”.

Lekin menda uning xalq tilida “Grand-Plas” deb ataluvchi tarixiy maydoni ko‘proq taassurot qoldirdi. Yo‘l-yo‘lakay tayyorlagan lavhamni tomosha qiling.
👍224🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boris Tadich Serbiyaning uchinchi prezidenti, u 2004-2012-yillarda davlatni boshqargan. Hozirda VEONGroup CEO maslahatchisi. Veongroup O’zbekistondagi Beeline savdo belgisiga egalik qiladi.

“Men ham 17 yildan buyon Bilaynchiman, intervu bermasangiz bo’lmaydi”, dedim.

U Bryusselda davom etayotgan “Yevropada Ozbekiston iqtisodiyoti kunlari” (EUROUZ tomonidan tashkillashtirilgan) forumida ishtirok etdi.
👍74🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yevropada O‘zbekiston iqtisodiyoti kunlari” biznes forumi.

O‘zbekiston va Yevropa davlatlaridan 150 dan ortiq tadbirkor va mutaxassislar ishtirok etdi. Unda ikki tomonlama savdo hajmi 2018 yildagi 3,2 milliard dollardan 2024 yilda 6,3 milliard dollarga yetgani ta’kidlandi.

Kun davomida investitsiyalar, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va sanoat hamkorligi yo‘nalishlarida 8 ta kelishuv va memorandum imzolandi.

O’zim shu forumda kuzatganlarim haqida Bryusselning yomg’iri ostida ikki og’iz taassurotlarim.
👍146
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga rasmiy tashrifi boshlandi.
👍67🔥1613🕊3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana o’sha tarixiy lahza!

O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasida “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi” Bitim (EPCA-Enhanced Partnership and Cooperation Agreement) imzolandi.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi raisi Antonio Koshta, Yevrokomissiya Prezidenti Ursula Fon Der Lyayen huzurida O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Va YevroIttifoq Komissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas hujjatni imzoladi.

2019 yildan beri faqatgina loyihasi ustida 10 ta muzokara, 150 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilgan tarixiy hujjat bu.

Bu kelishuv shunchaki diplomatik hujjat emas, u O‘zbekistonga Avstriyadan tortib Shvetsiyagacha bo‘lgan 27 davlat hududida Yevropa bozorlarini kengroq ochadigan, tadbirkorlarga bojxona ishini soddalashtiradigan, texnik to‘siqlarni kamaytiradigan, yurtimizga Yevropa investitsiyalari oqimini erkinlashtiradigan, talabalarimiz, mutaxassislar va tadbirkorlar uchun viza talablarini soddalashtiradigan, yoshlarimizning Yevropada o‘qishiga ko‘proq imkon yaratadigan, ta’lim, fan, sun’iy intellekt, startaplar va raqamli xavfsizlik sohalarida yangi hamkorlik eshigini ochadigan hujjat.

Videoni ko’ring. Ichkarida o’tirib, faxrlandim. Bu uzoq yillik mehnat va harakatlar, O’zbekistonning ichki va tashqi siyosatidagi transformatsiya natijasi. Muborak bo’lsin hammamizga!
👍356🔥6🕊5
2025/10/24 18:07:58
Back to Top
HTML Embed Code: