This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2 million $ narxlangan, 350 ming foydalanuvchisi bo’lgan Detecting AI!
Mana bu loyiha ham yoqdi. Ko’chirmakashlarni aniqlab berarkan)

👍49❤6🔥4🕊1
Muhandislar uchun imkoniyatlar eshigi kattaroq ochilmoqda
“Muhandislik tanlovi” g‘oliblari endi Amerikaga — “Silikon vodiysi” va dunyoda birinchi o‘rinda turadigan MIT universitetiga stajirovkaga borishi mumkin ekan. Shu gapni eshitib, chin dildan xursand bo‘ldim.
Bu tanlov orqali yurtimizdagi eng iste’dodli va mehnatkash yosh muhandislar aniqlandi. Ular orasidagi 9 nafar g‘olib qo‘li bilan yaratgan mehnatiga yarasha elektromobilga ega bo‘lganini ham eslaysizmi? Endi ularga yana bir olamlar eshigi ochilayapti.
Hozirda Yoshlar akademiyasi jamoasi Amerikani xizmat safarida. Ular g‘oliblar uchun xalqaro imkoniyatlar yaratish, ularni dunyo miqyosida tanitish yo‘lida muzokaralar olib borishayapti. Agar bu tashabbus amalga oshsa, yosh muhandislarimiz MIT va “Silikon vodiysi”da tajriba orttirib, Google, Tesla, NVIDIA, Meta kabi kompaniyalar muhitida o‘z loyihalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shunday manzarani tasavvur qiling: bizlik bolalar “Silikon vodiysi”da o‘z g‘oyalari bilan dunyoga ilhom beryapti. Shu orzular ro‘yobini ko‘rishni har bir ona, har bir ustoz chin dildan istaydi, deb o‘ylayman.

❤6
Sardor Ulug‘bekovich Umrzokov shu inson.
Axborotni to‘g‘ri o‘qishni katta saytlar administratorlari bilishi kerak.
https://www.tg-me.com/daryo_kirill/145604

Telegram
Daryo | Расмий канал
Президент Администрацияси Ташқи алоқалар департаментига янги бошлиқ тайинланди
Алишер Пайгамов бошқа ишга ўтиши муносабати билан мазкур департамент раҳбари лавозимидан озод этилди.
Батафсил — https://daryo.uz/uz/gwOe4DgDg
👉 Обуна бўлинг — @daryo_kirill

👍17👎4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bryusselda tong otdi. Biz bir guruh jurnalistlar O‘zbekiston rahbarining kutilayotgan Belgiyaga rasmiy tashrifini yoritgani yetib keldik.
Bilasiz, Bryussel faqatgina Belgiyaning poytaxti emas, balki butun Yevropaning siyosiy va madaniy markazi. Bu shaharda 1,2 milliondan ortiq kishi yashaydi, aholining uchdan bir qismi — chet elliklar. Bu yerda Yevroparlament, Yevrokomissiya, NATOning shtab-kvartirasi joylashgan. Ya’ni, bu shahar qit’aning “yuragi”.
Lekin menda uning xalq tilida “Grand-Plas” deb ataluvchi tarixiy maydoni ko‘proq taassurot qoldirdi. Yo‘l-yo‘lakay tayyorlagan lavhamni tomosha qiling.

👍21❤4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boris Tadich — Serbiyaning uchinchi prezidenti, u 2004-2012-yillarda davlatni boshqargan. Hozirda VEONGroup CEO maslahatchisi. Veongroup O’zbekistondagi Beeline savdo belgisiga egalik qiladi.
“Men ham 17 yildan buyon Bilaynchiman, intervu bermasangiz bo’lmaydi”, dedim.
U Bryusselda davom etayotgan “Yevropada Ozbekiston iqtisodiyoti kunlari” (EUROUZ tomonidan tashkillashtirilgan) forumida ishtirok etdi.

👍7❤4🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yevropada O‘zbekiston iqtisodiyoti kunlari” biznes forumi.
O‘zbekiston va Yevropa davlatlaridan 150 dan ortiq tadbirkor va mutaxassislar ishtirok etdi. Unda ikki tomonlama savdo hajmi 2018 yildagi 3,2 milliard dollardan 2024 yilda 6,3 milliard dollarga yetgani ta’kidlandi.
Kun davomida investitsiyalar, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar va sanoat hamkorligi yo‘nalishlarida 8 ta kelishuv va memorandum imzolandi.
O’zim shu forumda kuzatganlarim haqida Bryusselning yomg’iri ostida ikki og’iz taassurotlarim.

👍15❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bryusselga rasmiy tashrifi boshlandi.
👍70🔥16❤13🕊3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana o’sha tarixiy lahza!
O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasida “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi” Bitim (EPCA-Enhanced Partnership and Cooperation Agreement) imzolandi.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi raisi Antonio Koshta, Yevrokomissiya Prezidenti Ursula Fon Der Lyayen huzurida O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Va YevroIttifoq Komissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas hujjatni imzoladi.
2019 yildan beri faqatgina loyihasi ustida 10 ta muzokara, 150 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilgan tarixiy hujjat bu.
Bu kelishuv shunchaki diplomatik hujjat emas, u O‘zbekistonga Avstriyadan tortib Shvetsiyagacha bo‘lgan 27 davlat hududida Yevropa bozorlarini kengroq ochadigan, tadbirkorlarga bojxona ishini soddalashtiradigan, texnik to‘siqlarni kamaytiradigan, yurtimizga Yevropa investitsiyalari oqimini erkinlashtiradigan, talabalarimiz, mutaxassislar va tadbirkorlar uchun viza talablarini soddalashtiradigan, yoshlarimizning Yevropada o‘qishiga ko‘proq imkon yaratadigan, ta’lim, fan, sun’iy intellekt, startaplar va raqamli xavfsizlik sohalarida yangi hamkorlik eshigini ochadigan hujjat.
Videoni ko’ring. Ichkarida o’tirib, faxrlandim. Bu uzoq yillik mehnat va harakatlar, O’zbekistonning ichki va tashqi siyosatidagi transformatsiya natijasi. Muborak bo’lsin hammamizga!

👍37❤6🔥6🕊5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Laken saroyi. Belgiya Qiroli Filipp Leopold haqida kichik dosye
U 1993-yilda O’zbekistonda bo’lgan ekan.
O’zbekiston Prezidenti va Belgiya Qiroli uchrashuvi tafsilotlari bu yerda.

5👍33❤18🔥12🕊2
Ashula eshitish— bu faqat va faqat o’zingga tegishli daqiqalar.
Montajim tugagach, ruhiyatimda shunaqa ehtiyoj paydo bo’ldi. Ish, yugur-yugurlar orasida qo’shiq eshitmay qo’yganimga ham “o’ttiz yetti yil” bo’libdi.
Ertalab Bryusseldan Istanbulgacha eski playlist imni tinglab keldim. O’zimni unutib qo’yganimni bildim.
Stingni eshitdim.
Sevarani eslab keldim.
Baxtiyor Rahmonovning “Bir kun baxtli yashash qanchalar qiyin”iga 100 foiz qo’shilib, gaplashgandek bo’ldim.
Zemfira, Ozodbek…
Va albatta Jeyms Blunt.
Hozir esa orasida eng yurakka o’tirganini tinglang.
https://www.tg-me.com/qurbonova_a/3983
10 martacha eshitdim-ov.
Siz qaysi qo’shiqlarni yaxshi ko’rib eshityapsiz?

Mikrofon ko‘targan ayol
And I have never in my life
Felt more alone than I do now
Although I claim dominions over all I see,
It means nothing to me
There are no victories in all our histories
Without love...
I'm mad about you...

❤9