Telegram Web Link
Ота ёзяпти: “қизим Муслима Қосимова Тошкент шаҳар ҳокимлигининг “Тошкент ёшларни севади” лойиҳаси доирасида қиз-аёллар учун бепул СММ курсида ўқиди, мобилографликни ўрганди. Курс якунида яхши ўзлаштирган, танловда иштирок этган қизлар тақдирланди. Хусусий курслар жуда қиммат, бу зўр ташаббус бўлди, қизлар замонавий ҳунарга ўрганишди. Бугун ютуғини, совғасини кўриб, қизим учун роса хурсанд бўлдим. Хурсандчилигимни бўлишяпман”
Forwarded from Pivot.UZ
Pivot.uz nashri “Maqsad” tanloviga start beradi!

MohirDev jamoasining 3 million soʻmlik Data Science va Sun'iy intellekt kursida bepul oʻqishni istaysizmi? Tanlovimizda ishtirok etib 5 ta sertifikatdan biriga ega boʻling.

Tanlov 2 bosqichli va @pivot_tanlov_bot botida boʻlib oʻtadi.

1-bosqichda ishtirokchilar Otabek Hasanovning “Liderlar” kitobini oʻqib va u asosida 15 ta testni ishlashi kerak.

Test 25-dekabr kuni oʻtkaziladi.

Batafsil maʼlumot uchun kanalizmizni kuzating: https://www.tg-me.com/pivotuzofficial

“Liderlar” kitobining bepul, audio variantini shu yerdan topasiz👇

https://mutolaa.com/book/liderlar-kitobi
1000 kitob loyihasi va UzWikistipendiya mehmonga chaqiryapti. Boramizmi?

Taklifnomadagi qizil shapkali qizni tanimayman:)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳаво совиши билан Онам:
- Сардор, шапка кий.
- Қобилжон, шапкангиз қани?
- Азиза, шапка кий! Эрталаб бош ювма, невралгиянг қўзиб қолади.
- Ғайбулло, шапка кий бошингга!
- Ойиси, қани болани шапкаси?!

Онам 40 га яқинлашаётган ўғилларигаям, куёвларигаям, келинларигаям, набираларигаям, менгаям айтадиган гаплари битта: “Шапка кийинглар”.

#onangizni_aytganini_qilinglar
#shapka_kiyinglar
Forwarded from Jahongir Olimov | Rasmiy
Farg‘onadagi portlash yuzasidan ayrim fikrlarim

Farg‘onadagi “zapravka”da ro‘y bergan portlash bo‘yicha davlatning reaksiyasi tushunarsiz va sovuqqon bo‘ldi, nazarimda. Aslida quyidagi chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim edi, deb o‘ylayman:

🔹bu bo‘yicha zudlik bilan komissiya (hech bo’lmasa viloyat hokimi boshchiligidagi komissiya) tuzilishi;
🔹hodisaning insoniy va boshqa talafotlari o‘rganilib, bu borada tezkorlik bilan axborot berib borilishi;
🔹halok bo‘lganlarning yaqinlariga rasman hamdardlik izhor etilib, ularga kompensatsiya ajratilishi;
🔹yong‘indan uyi, do‘koni, mashinasi zararlanganlarga ko‘rilgan zarar to‘liq qoplab berilishi;
🔹holat yuzasidan ochilgan jinoyat ishi doirasida aynan kimlar tergov qilinayotgani ochiqlanishi;
🔹faqatgina “zapravka”ning xo’jayinlari emas, balki odamlar gavjum, atrofi uy-joy va boshqa ijtimoiy binolar bilan to‘la bo‘lgan nuqtada “zapravka” qurishga ruxsat berganlar ham javobgarlikka tortilishi;
🔹viloyat hamda butun respublikadagi gaz “zapravka”larning joylashgan o‘rni hamda ulardagi texnik holatlar to‘liq tekshirilib, aholi yashash manziliga yaqin masofada joylashganlari boshqa hududga ko‘chirilishi va boshqalar.

Shunday yo‘l tutilganida, voqea jabrlanuvchilari, qurbonlarning yaqinlari va keng jamoatchilikda yuzaga kelgan norozilik kayfiyati nisbatan bosilgan bo‘lardi-ku!

Balki shu ishlar allaqachon qilinayotgan, zarur choralar ko‘rilayotgandir, lekin nega axborot berilmayapti? Agar zaruriy axborot berilganida OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari portlash bilan bog’liq ma’lumotlar yashirilayotganini emas, balki davlat tomonidan talafotlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, jabrlanganlarning yaqinlariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak haqida gapirardi, yozardi-ku!

Lekin, afsuski, unday qilinmadi. Aksincha, internet nashrlari va voqea guvohlari portlash qurbonlarining aslida ancha ko‘pligi, ularning soni kamaytirib ko‘rsatilayotgani haqida gapirmoqda. Yong’indan moliga talafot yetganlar esa zararni kim qoplaydi, degan savollari bilan yolg‘iz qolgan.

Hodisa guvohining internetda yozgan izohi ko’z oldimda gavdalanib, shu fikrlarni yozdim. Uning aytishicha, portlash vaqtida yonib ketgan ayol ko‘z o‘ngida kuyib kul bo‘layotgan bolalarini qutqarishga harakat qilgan, lekin ingrab-ingrab o‘zi ham bolalar ham halok bo‘lgan. Dahshat!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Muhrim / Муҳрим
1000КИТОБ лойиҳасининг 2024 йилги фаолияти якунларига бағишланган тақдимотга боролмаганлар уни Ютуб орқали жонли эфирда томоша қилиши ҳам мумкин: https://www.youtube.com/live/HTpMk7_lr54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzwikistipendiya paramarafoni g’olibi Hasan Alimovni eshiting.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlar Wikipediaga turizm bo’yicha status maqola yozib, Ozarbayjonga ketyapti)

Mazzaku a?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мен кеча ўзимни ўзим суд қилдим.

“Дийдор” экспериментал театр-студиясининг “Автоҳалокат” номли спектаклини томоша қилиб чиқдик. Ҳар кимнинг ичида ўз жиноятчиси яшайди, дейдику. Ўшанинг юзига ойна тутадиган санъат асари бўлибди.

Шедевр.

Бу спектаклни албатта кўришингиз керак.
Iticketдан атиги 55 мингга чипта олдим. Спектакл бундан кўпроғига арзийди.
Фарҳод Абдуллаев, Карим Мирходиев, Абдухалил Мингноров — браво!

Видеочани кўринг.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Mahalla — xalqimiz hayotining ajralmas qismi

🔍Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ko'p ta'kidlaydilar.

🔍Shu maqsadda mahallalar Yangi O‘zbekistonga mos va xos bo‘lishi uchun xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mutlaqo zamonaviy tizim - “Yettilik” yaratildi.

🎥 Ushbu videolavha orqali "yettovlon" fidoyilarning faoliyati, vazifa-yu vakolatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga harakat qildik.

💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Саида қизим 2 ёшга тўлди.
Сана муносабати билан #Saidatalks суратга олиниб, мухлисларга тақдим этилмоқда. Ўткир сюжет, экшн, драма—ҳаммаси бор.
Лайк, патписка, шейр эпрешейтся.
2025/07/14 02:49:10
Back to Top
HTML Embed Code: