bootg.com »
United States »
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi » Telegram Web
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banklari ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumani Yashnobod mahallasining batafsil rejalashtirish loyihasi hamda unga chegaradosh bo‘lgan Chimqo'rg'on, Uchtepa va Navruz mahallalari hududlarini rivojlantirish sxemalari ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 38-moddasiga asosan “Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi” talablariga asosan ishlab chiqilgan bosh reja loyihalari yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilish uchun havola qilinmoqda.
Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi maʼlumotlariga asosan tayyorlandi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Qashqadaryoda yoshlar uchun katta shou gala-konsert bo‘lib o‘tdi
Viloyatimizning Shahrisabz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlarning iqtidori, birligi va g‘ayratini namoyon etgan katta gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, harbiy otliqlar va yoshlar ishtirokida parad tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarga Yoshlar ishlari agentligining megaloyihalari “Ustoz AI”, “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “UzChess” va “Qizlar akademiyasi” kabi loyihalari targ‘ib qilindi.
Tadbirni Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ochib berdi va yaqinlashib kelayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyatimiz yoshlariga tabrik yo‘lladi. So‘ngra, “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi g‘oliblari va o‘z sohalarida eng faol bo‘lgan yetakchi yoshlar tantanali tarzda taqdirlandi.
Konsertda respublikamizdan kelgan “Bojalar” guruhi, Ziyoda, so‘z ustalari va mashhur boshlovchilar ishtirok etdi. “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest” tanlovi g‘oliblari jonli ijroda o‘z iqtidorlarini namoyish etib, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi.
Shahrisabzning tarixiy maydoniga yig‘ilgan 85 mingga yaqin yoshlar gala-konsertni olqishlar bilan qarshi oldi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurot qoldirdi.