Telegram Web Link
Qashqadaryoda yoshlar uchun katta shou gala-konsert bo‘lib o‘tdi

Viloyatimizning Shahrisabz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlarning iqtidori, birligi va g‘ayratini namoyon etgan katta gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, harbiy otliqlar va yoshlar ishtirokida parad tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarga Yoshlar ishlari agentligining megaloyihalari “Ustoz AI”, “Mutolaa”, “Ibrat farzandlari”, “UzChess” va “Qizlar akademiyasi” kabi loyihalari targ‘ib qilindi.

Tadbirni Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ochib berdi va yaqinlashib kelayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyatimiz yoshlariga tabrik yo‘lladi. So‘ngra, “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi g‘oliblari va o‘z sohalarida eng faol bo‘lgan yetakchi yoshlar tantanali tarzda taqdirlandi.

Konsertda respublikamizdan kelgan “Bojalar” guruhi, Ziyoda, so‘z ustalari va mashhur boshlovchilar ishtirok etdi. “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest” tanlovi g‘oliblari jonli ijroda o‘z iqtidorlarini namoyish etib, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi.

Shahrisabzning tarixiy maydoniga yig‘ilgan 85 mingga yaqin yoshlar gala-konsertni olqishlar bilan qarshi oldi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurot qoldirdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
2025/07/04 07:11:25
Back to Top
HTML Embed Code: