bootg.com »
United States »
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi » Telegram Web
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Ibodat Nematovaga yangi imkoniyat yaratildi
Dehqonobod tumanida kambag‘allikni kamaytirish va aholi farovonligini oshirish yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda. Shu doirada Nematova Ibodatga shirinliklar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur asbob-uskunalar xaridi uchun ssuda ajratildi.
Ayni paytda u Kasbiy ko‘nikmalar markazida o‘z shirinlik mahsulotlarini ishlab chiqarib, sotuvga chiqarishni boshlagan. Bu orqali nafaqat o‘z oilasining moddiy ahvolini yaxshilamoqda, balki tajribasini yoshlar bilan ulashib, ularning ham mustaqil kasb-hunar egallashlariga ko‘mak bermoqda.
Tuman hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov Ibodat Nematovaning faoliyati bilan yaqindan tanishib, uni rag‘batlantirdilar. Tadbirkor esa yaratilgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Энг фаол китобхон маҳалла фуқаролар йиғини ходими” танлови ғолиблари аниқланди
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш Агентлиги Қашқадарё вилояти филиали ташаббуси билан вилоятдаги маҳалла фуқаролар йиғинларида фаолият юритиб келаётган давлат фуқаролик хизматчилари ўртасида ўтказилган “Энг фаол китобхон МФЙ ходими” икки босқичли китобхонлик танловининг якуний вилоят босқичи ташкил этилди.
Танловнинг "Бадиий асарлар билимдони шарти" ҳамда "Тезкор савол-жавоб шарти" бўйича энг юқори балл тўплаган иштирокчилари ғолиб деб топилиб, ғолибларга диплом ва эсдалик совғалари топширилди.

“Uyg‘on bolam!” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida 28-iyun kuni tomoshabinlarga navbatdagi ta’sirli sahna asari — “Uyg‘on bolam!” (Faqat kulmang komediya emas) spektakli taqdim etildi.
Ushbu spektakl Prezidentimiz tomonidan so‘ngi yillarda olib borilayotgan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini oshirishdagi islohotlarining mazmun mohiyatini o‘zida mujassam etadi.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirilgan, yozuvchi, publitsist, davlat va jamoat arbobi Xayriddin Sulton qalamiga mansub ushbu spektaklda jamiyat og‘rig‘i, millat taraqqiyotiga xalaqit berayotgan boqimanda, loqayd kimsalarning hayoti fonida uyg‘onish, o‘zgarish va mas’uliyat g‘oyalari san’at orqali badiiy ifoda topgan.
Spektakl tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi va yakunda hayajon bilan olqishlar bildirishdi.