Telegram Web Link
Qarshilik o‘quvchi qiz 4 ta xalqaro oliygohdan 4 yillik grant yutib oldi

Qarshi shahridagi 9-umumta’lim maktabining iqtidorli bitiruvchisi Tilovmurodova Madina o‘z bilim va tirishqoqligi bilan xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatga erishdi.

U bir vaqtning o‘zida 4 ta nufuzli oliygohdan to‘liq 4 yillik grant yutib oldi:

- Ca’ Foscari universitetiItaliya, Venetsiya shahri (Dunyo reytingida Top 600);
- Tor Vergata universitetiItaliya, Rim (Top 300);
- La Sapienza Rim universitetiItaliya, Rim (Top 150);
- Webster universitetiToshkent shahri.

Men dunyoning eng yaxshi 150 ta universitetidan biri bo‘lgan La Sapienza Rim universitetini tanladim. Bu mening orzuim edi”, — deydi Madina.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Aziz yoshlar! Hurmatli yurtdoshlar!

Qashqadaryoda “Davlat Xavfsizlik Xizmati raisi kubogi” futbol musobaqalarining viloyat bosqichi yakuniga yetdi!

Shu munosabat bilan, ertaga 14-iyul kuni soat 18:30da Qarshi shahridagi “Nasaf” markaziy o‘yingohi ro‘parasida viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda katta shou gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

Konsert mehmonlari Nilufar Usmonova, Shoxrux rep, Jasur Movlonov, Umid Umarov, Ahror Qo’shmatov - Sahara Band guruhi va DJ ELS!


Kirish mutlaqo BEPUL!

📍Location

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Шаҳрисабзда 1000 гектардан ортиқ майдонга картошка экилмоқда

Хабар берганимиздек, бугун Шаҳрисабз туманида такрорий экин сифатида картошка етиштириш бўйича вилоят семинари бўлиб ўтди.

Семинарда вилоят ҳокими Муротжон Азимов, тегишли вилоят ташкилотлари, Шаҳрисабз, Китоб, Чироқчи ва Яккабоғ туманлари ҳокимлари ҳамда фермерлар иштирок этди.

Таъкидланишича, Шаҳрисабз туманида 1000 гектардан ортиқ майдонга такрорий экин сифатида картошка экилади. Китоб, Чироқчи ва Яккабоғ туманларида ҳам ғалладан бўшаган майдонлар такрорий экин экиб олиш учун ижара асосида аҳолига тарқатилиб, уларда ҳам картошка ва бошқа қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштирилади.

Бу каби ташаббуслар аҳолимизни арзон ва сифатли озиқ-овқат маҳсулотлари билан доимий таъминлашга хизмат қилади.

Н.Қулматов, У.Нормуратов.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
2025/07/14 00:47:54
Back to Top
HTML Embed Code: