Telegram Web Link
Murotjon Azimov Fuqarolar xavfsizligi yo‘lida yaratilgan zamonaviy Reabilitatsiya markazi ochilishida ishtirok etdi

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami arafasida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi qoshidagi Reabilitatsiya etish markazi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Markaz faoliyati fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda reabilitatsiya jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan.

Yangi binoda 75 nafar shaxs uchun mo‘ljallangan yotoqxonalar, oshxona, kutubxona, tibbiy va maishiy xonalar, shuningdek, xodimlar uchun zamonaviy ish sharoiti yaratilgan.

Markazning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ular tomonidan mazkur binoning faoliyati insoniylik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Yangi Reabilitatsiya markazining ishga tushirilishi ichki ishlar organlari tizimida inson qadrini ulug‘lash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamiyatda tinchlik hamda osoyishtalikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.


Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

💧 Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, me’yordan ortiq ifloslangan suv uchun sanoat korxonalari kompensatsiya to‘lovi to‘lashi shart! Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2025-yil 1-oktabrdan boshlab kompensatsiya to‘lovlari 20 barobarga oshirildi.

Sanoat rivojlanishi - bu albatta taraqqiyot, lekin, ekologik mas’uliyatsizlik - halokatdir!


Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aloqabank va IT Klaster Qashqadaryoda grand loyihaga start berdi

Aloqabank tashabbusi bilan, IT Klaster hamkorligida Grand e’lon qiladi. Bunda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, ingliz tili va IT ni biladigan yoshlar imtihon asosida testtime.uz platformasi orqali saralab olinib, 3 oy davomida xalqaro IT sertifikatlarga MUTLAQO BEPUL oʻqitiladi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻquvchilarga xalqaro IT sertifikat topshiriladi. Iqtidorli oʻquvchilarga nufuzli IT kompaniyalarga yoʻllanma beriladi.

Buning uchun siz havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz, hamda IT Klasterga tashrif buyurgan holda imtihon topshirishingiz kerak boʻladi. Ushbu loyihaning birinchi bosqichida 50 nafar yoshlar saralab olinadi. Imkoniyatdan foydalaning, kelajagingizni hozirdan quring.


👉Roʻyxatdan oʻtish👈

☎️ | 99-688-11-99
💬 | @IT_klaster_academy

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
25 oktabr - ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

Ichki ishlar organlari xodimlariga xizmat avtomashinalari topshirildi

Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va tinchlikni mustahkamlash yo‘lida ichki ishlar organlari muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda soha xodimlari uchun qulay ish sharoitlari yaratish, zamonaviy texnika bilan ta’minlash va ularning xizmat salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kasb bayrami, ya’ni 25-oktabr arafasida, Ichki ishlar vazirligi tomonidan viloyat ichki ishlar organlariga ajratilgan xizmat avtomashinalarining kalitlari xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, soha faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida viloyat hokimi Murotjon Azimov ichki ishlar tizimida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, xususan, “Tezkor boshqaruv markazi” loyihasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Bu kabi yangilanishlar nafaqat xodimlar uchun qulaylik, balki xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yangi bosqichni boshlab bermoqda.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/25 01:57:23
Back to Top
HTML Embed Code: