Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hurmatli tabiiy gaz iste'molchilari!

Tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiring! Bugungi kunda gaz bo‘yicha hisob-kitoblarni mobil ilovalar orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, debitor qarzdorligi mavjud iste'molchilardan qarzdorlikni zudlik bilan bartaraf etishlarini so‘raymiz. Aks holda tarmoqdan uzilishingiz mumkinligi haqida ogohlantiramiz.

Ko‘ngil xotirjamligiga nima yetsin.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QASHQADARYODA “OBOD YURT” PLOGGING AKSIYASI START OLDI!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan tozalik va ozodalik oyligi doirasida mamlakat bo‘ylab “Obod yurt” nomli plogging aksiyasi boshlandi.

Shu bois, Qarshi shahrida eko-faollar ishtirokida start olgan tadbir ezgu maqsad yo‘lida yurtimiz bo‘ylab minglab yoshlarni birlashtirdi.

Aksiya davomida ishtirokchilar chiqindilarni tozalash, tabiatni asrashni targ‘ib qilish hamda yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirishga o‘z hissasini qo‘shdilar.

“Obod yurt” plogging aksiyasi hozirda butun mamlakat bo‘ylab davom etmoqda. Shuningdek, har bir hududda mahallalar, bog‘lar va daryo bo‘ylarida tozalik ishlari tashkil etilmoqda.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Kasbi tumani hokimi hamda xitoylik investor ishtirokida qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev hamda xitoylik investor o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik investitsiyaviy loyihalar, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida tomonlar tumanning mavjud resurslari, logistik imkoniyatlari va investitsiyaviy muhitining barqarorligi haqida fikr almashdilar. Xitoylik investor tumandagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirib, hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Mazkur uchrashuv tumanning iqtisodiy salohiyatini yana-da oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam sifatida qayd etildi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қашқадарё вилоят суди томонидан "Она тили - ўзлик тимсоли" деб номланган тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди

Сайт | Телеграм
Вилоят ҳокими яна бир хорижий компания вакилларини қабул қилди

Сўнги йилларда давлатимиз раҳбари томонидан юртимизга хорижий инвестицияларни кенг жорий этиш борасида олиб бораётган ислоҳотлари туфайли ҳозирга қадар вилоят ҳокими Муротжон Азимов кўплаб инвесторларни қабул қилиб, лойиҳалар босқичма-босқич амалга оширилмоқда.

Бугун ҳам вилоят раҳбари яна бир хорижий компания вакилларини қабул қилгани ҳақида хабар берган эдик.

Мулоқот давомида асосан тиббиёт соҳасининг бир қатор йўналишлари бўйича лойиҳаларни амалга ошириш юзасидан ҳар икки томоннинг таклиф ва мулоҳазалари тингланиб, амалий ҳаракатларни бошлашга келишиб олинди ва бунда вилоят ҳокими Муротжон Азимов барча зарурий қўллаб-қувватловларга тайёр эканлигини таъкидлади.

Gov.uz|
Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
G‘uzor tumanida elektr taʼminoti yaxshilanmoqda

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida G‘uzor tumanida aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida tumandagi 5 ta mahallada yangi elektr tarmoqlari qurilmoqda. Umumiy uzunligi 35,9 kilometr bo‘lgan elektr uzatish liniyasi barpo etilmoqda. Shuningdek, hududlar bo‘ylab 15 ta transformator o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa elektr energiyasi sifatini va uzluksiz taʼminotni yaxshilashga xizmat qiladi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
2025/10/23 03:19:40
Back to Top
HTML Embed Code: