Telegram Web Link
Nuroniylar Mirishkor dalalarida paxta terimini kuzatib, ilg’orlarni rag’batlantirdi

Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Yanvar Inoyatov boshchiligida Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari Kengashi raisi Baxtiyor Djurayev, Ekologiya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Ozod Parmonovlar Mirishkor tumanida “Muzaffarova Xidoyat” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lishdi. U yerda zamonaviy paxta terish texnikasi ish jarayonini kuzatib, mexanizatorlar bilan suhbatlashdilar hamda ularga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tadbir davomida ularga Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov hamrohlik qilib, paxta terim jarayonlari, terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, hokim nuroniy mehmonlarni dalada olib borilayotgan ishlarga bevosita guvoh qildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Jeynov hududidagi “Ozodbek Akmalovich” fermer xo‘jaligi dalasiga ham yo‘l olishdi. U yerda qo‘shimcha daromad topish maqsadida paxta terayotgan terimchilar bilan samimiy suhbat qurilib, ularning mehnati qadrlanib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

😎😎😎😎😎😎😎😎

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘uzorga xorijdan zamonaviy paxta terim kombaynlari yetib keldi

G‘uzorda Xitoyning Shinjon provinsiyasi tajribasi asosida 1800 gektar maydonga ekilgan paxta hosilini terib olish maqsadida 3 dona maxsus terim kombaynlari olib kelindi. Mazkur texnikalar kuniga 100-120 tonnagacha paxta terish imkoniyatiga ega.

Yangi texnologiyalar joriy etilishi paxta yig‘im-terimini samarali, qisqa muddatda va mehnat tejamkor tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
"Российская газета" нашрида "Моя душевная боль…" мақоласи чоп этилди

"Бугун Ўзбекистон қандай йўлга кирганини ва бу ерда нималар бўлаётганини зукко таҳлилчилар, маърифатли инсонлар кўриб, ҳис қилиб турганига ишонаман. Аммо бир нозик жиҳат борки, буни ҳаммаям илғаб олаётганига шубҳам бор. Мен илгариги бир неча мақолаларимда билдирган фикримда собитман – узоқ йиллар кўп балоларни бошидан кечиришга мажбур бўлган бу юрт ва унинг халқи эндиликда нафақат мамлакат суверенитетини мустаҳкамлаш, балки унуттирилган ва бағридан юлиб олинган улуғ ўтмиш хотираси, маданияти ва аждодлари меросини тиклаш ҳамда бу шарафли ҳаракат ўлароқ ўз кимлигини топишга, маънавий янгиланишга бел боғлади, десам, тўғри бўлади." - сиёсатшунос Қудратилла Рафиқовнинг "Российская газета" нашридаги мақоласидан.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida o'qish istagini bildirgan, hozirgi kunda umumta'lim maktablarining 9-sinfida tahsil olayotgan o'quvchilar 2025-yil 5-sentyabrdan 15-oktyabrgacha www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududdiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.

www.tg-me.com/xavfsizlik_uz

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
#Muhokama

MUHIM VAZIFALAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi topshirig‘iga muvofiq, Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.Fayzibayev tomonidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi shaxsiy tarkib hamda hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari qatnashdilar.

Yig‘ilishda 9 oylik, jumladan 3-chorak faoliyat yakunlari jumladan budjet tushumlari va soliq qarzdorligi tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda xodimlarga faoliyatlari davomida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, zimmalaridagi vazifalariga halollik bilan yondashishlari kerakligi ta'kidlandi. Yig‘ilish so‘nggida sobiq soliq xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar aks etgan maxsus videolavha namoyish etildi.


Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
2025/10/22 16:35:47
Back to Top
HTML Embed Code: