Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE | “Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi” sovrindorlari taqdirlanmoqda

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “TalabaExpo–2025” kasblar ko‘rgazmasi tadbiri viloyat hokimi Murotjon Azimovning samimiy tabrik so‘zi bilan boshlandi.

Ayni paytda Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’sis etilgan “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlanmoqda va “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan bitiruvchi talabalarga moliyaviy vaucherlar topshirilmoqda.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Qashqadaryo korxonalari “Uzbek Import Fair–2025” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida Bojxona qo‘mitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Uzbek Import Fair–2025” I xalqaro ko‘rgazmasida Qashqadaryo viloyatining yetakchi korxonalari o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazmada xorijiy kompaniyalar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va investorlar o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazib, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Viloyatimizdan “S-Smart”, “O‘zbekiston GTL” va “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” kabi yirik korxonalar ham ishtirok etib, xorijiy hamkorlar bilan bir qator muhim memorandumlarni imzolashdi.

Xususan, Qarshi shahridagi “Alp Texno Servis” MChJ (“S-Smart” brendi ostida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradi) Qozog‘istonning “Ishtixar Aliev” YTT, shuningdek, mahalliy “CTI Shipping” va “Ul Tech” kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlariga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazmada 3 mingdan ortiq turdagi import o‘rnini bosuvchi tovarlar namoyish etilmoqda. Bu esa Qashqadaryo sanoat korxonalari uchun yangi eksport, investitsiya va texnologik hamkorlik imkoniyatlarini ochmoqda.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
G‘uzorda 400 tonna sig‘imli yangi muzlatkich barpo etildi

Tumanning “Jarariq” mahallasida yosh tadbirkorlardan biri Aziz Bobomurodov bozorlarga sifatli va arzon go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida 400 tonna sig‘imli zamonaviy muzlatkich barpo etdi. Natijada 10 nafar ishsiz yoshlar bandligi taʼminlandi.

Umumiy qiymati 1,5 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha uchun 1 milliard so‘m bank krediti va 500 million so‘m o‘z mablag‘i yo‘naltirildi.

G‘uzor tumani hokimi B.Suyunov yangidan barpo etilgan mazkur muzlatkich faoliyati bilan tanishib, kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Suhbat davomida yosh tadbirkor kelgusida xorijdan naslli chorva mollarini olib kelib, aholiga yanada arzon va sifatli go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish rejasi borligini bildirdi. Shundan so‘ng tumandagi “Oziq-ovqat dehqon bozori”da arzonlashtirilgan go‘sht savdo markazini tashkil etish rejalashtirildi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
2025/10/22 16:15:02
Back to Top
HTML Embed Code: