bootg.com »
United States »
QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi - Murotjon, Murodjon Azimov - Qarshi » Telegram Web
❗️Tozalik oyligida faol ishtirok eting!
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, 15-oktabrdan e’tiboran butun respublikada tozalik oyligi boshlanadi. Oylik davomida barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshiriladi.
Tozalik oyligi doirasida bugun Qarshi shahrining Aralovul mahallasi, Xonobod ko‘chasida keng ko‘lamli tozalik va obodonchilik ishlari boshlandi.
Hashar davomida ko‘cha va yo‘llar atrofi, lotoklar, yashil maydonlar tozalandi. Chiqindilar olib chiqildi va noqonuniy, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni belgilangan tartibda bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
Oylik doirasidagi obodonlashtirish ishlari barcha tuman/shaharlarimizda davom etmoqda.
Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Муротжон Азимов куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолатини ўрганишни бошлади
Вилоят ҳокими Қамаши туманидаги Катта Ўра маҳалласида жойлашган 29-мактабда бўлиб, таълим муассасасининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолатини кўздан кечирди.
Мактаб биноларининг иситиш тизими, умумий инфратузилма ҳолати ўрганилди. Шунингдек, таълим жараёнлари билан яқиндан танишди. Шу ернинг ўзида масъулларга вилоят бўйича ижтимоий объектларни яна бир бор куз-қишга тайёргарлигини мониторинг қилиш вазифаси топширилди.
Муротжон Азимов ўқитувчилар ва ўқувчилар билан очиқ мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва муаммоларини тинглади. Ушбу мулоқотлар орқали таълим сифатини ошириш ва ўқувчилар учун янада қулай шарт-шароитлар яратишга қаратилган вазифалар белгиланди.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda paxtachilikda mo‘l hosil yetishtirilmoqda
Viloyatimizning G‘uzor tumanidagi “Tohir va Zuhra” hududida paxta yetishtirishda yangi yondashuvlar o‘z samarasini bermoqda.
Uzoq yillar sho‘rlanib, qarovsiz qolgan yerlarda endilikda yuqori hosil olinmoqda. Ilgari bu hududlarda gektaridan 30 sentner paxta yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda natija 67–70 sentnergacha oshdi.
Bu yutuqqa Shinjon usuli asosida 76 sm oraliqda yakka qator ekish va 1 gektarga 280 ming tup ko‘chat qoldirish orqali erishildi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek:
Zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar orqali hatto eng og‘ir yerlarda ham mo‘l hosil yetishtirish mumkinligi amalda isbotlandi. Fermerlar bu natijani o‘z mehnati va tajribasi bilan ko‘rsatib berdi.

“Yerlarimiz bebaho, yomon deganni o‘zi yomon.”