Telegram Web Link
“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Bugun, 21-oktabr kuni mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami va o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining 36 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat boshqarmasi, Qarshi davlat universiteti va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamkorligida “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, buyuk adib xotirasini yod etdilar. So‘ng ular Abdulla Oripov muzeyida shoir hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar.

Bayram tantanalari Qarshi davlat universitetida davom etdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Ziyoda Aminova viloyat hokimi Murotjon Azimovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbir davomida ona tilimiz nufuzini yuksaltirish, uning sofligi va boyligini asrash yo‘lida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh ziyolilar va faollarga viloyat hokimligining “Faxriy yorliq”lari, “Tashakkurnoma”lari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tantanalar “Globallashuv davrida til va ta’lim: nazariya va amaliyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimiga ulandi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪 Germaniyadan tashrif!


Kasbiy ko‘nikmalar markaziga Germaniyadan mehmonlar tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar markaz faoliyati, o‘quv jarayonlari va kasbiy ta’lim yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishishdi.

🎥 Batafsil videoda!

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирлари ўтказилади
2025/10/23 17:40:43
Back to Top
HTML Embed Code: