Telegram Web Link
Bolalar ombudsmanining viloyatdagi mintaqaviy vakili monitoring tashrifi bilan Qarshi shahridagi "Imkon" realibitatsiya markazi va 2-sonli davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli MTTda bo‘lib, faoliyat hamda shart-sharoitlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida muassasalarda bolaning asosiy huquqlari ta’minlanishi darajasi, minimal standartlarga rioya etilishi holati, ya’ni bolalar uchun ovqatlanish, yotoqxona hamda tibbiy muolaja va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq maxsus shart-sharoitlar yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mazkur muassasalarda nutqida, eshitishida, ko‘rishida, psixik rivojlanishda kechikayotgan, aqli zaif, tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya jarayonlari o‘rganildi.

Monitoring davomida bolalar va ularning ota-onalari bilan muloqot qilinib, muassasalarda xizmat sifatini yanada oshirish va yaxshilash bo‘yicha fikrlar tinglandi, mutasaddi vakillarga bu borada tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://uza.uz/posts/739036

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Temir bilan tenglashgan ayol

Qarshi shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tahsil olayotgan Ulmas Xidirova texnika olamida o‘z o‘rnini topayotgan iqtidorli ayollardan biridir.

“Usta bo‘lish — faqat erkaklarga xos” degan qarashni rad etgan Ulmas opa bugun motor, moy, kalit va texnik hujjatlar orasida o‘zini erkin va ishonchli his qiladi.

U nazariya va amaliyotni birgalikda o‘zlashtirib, kelajakda o‘zining avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish markazini ochishni maqsad qilgan.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qashqadaryoda bitiruvchi yoshlar bandligi ta'minlanmoqda

Prezidentimizning topshiriqlariga ko'ra, mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, g‘alladan bo‘shagan serunum va suvli yer maydonlari takroriy ekinlar ekish uchun yoshlarimizga ajratib berilmoqda.

Xususan, Mirishkor, Nishon, Shahrisabz tumanlarida, shuningdek, Kasbi tumani Pandiron va Koson tumani Quybog’ mahallalarida yoshlarga agrotexnik ishlanmalar berilgan ekin maydonlari tayyor holatda berilib, urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlanmoqda.

Yoshlar bu yerlarda sabzi, kartoshka, mosh va makkajo‘xori yetishtirishni rejalashtirgan.


Telegram|
YouTube|Facebook|Instagram|X
Murotjon Azimovning navbatdagi sayyor qabuli Qarshi tumanida o‘tkazildi

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi tumanida sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar murojaatlariga quloq tutdi.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan uy-joy, ijtimoiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.

Viloyat hokimi murojaatlarni hal qilish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berdi. Ayrim masalalarni o‘sha zahotiyoq hal qilish choralari ko‘rildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qarshilik o‘quvchi qiz 4 ta xalqaro oliygohdan 4 yillik grant yutib oldi

Qarshi shahridagi 9-umumta’lim maktabining iqtidorli bitiruvchisi Tilovmurodova Madina o‘z bilim va tirishqoqligi bilan xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatga erishdi.

U bir vaqtning o‘zida 4 ta nufuzli oliygohdan to‘liq 4 yillik grant yutib oldi:

- Ca’ Foscari universitetiItaliya, Venetsiya shahri (Dunyo reytingida Top 600);
- Tor Vergata universitetiItaliya, Rim (Top 300);
- La Sapienza Rim universitetiItaliya, Rim (Top 150);
- Webster universitetiToshkent shahri.

Men dunyoning eng yaxshi 150 ta universitetidan biri bo‘lgan La Sapienza Rim universitetini tanladim. Bu mening orzuim edi”, — deydi Madina.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
2025/07/12 20:03:09
Back to Top
HTML Embed Code: