Telegram Web Link
Rahimov School pinned an audio file
💰 Sarf-xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash

Farzandlarimizga xarid qilishni o‘rgatish ham tarbiyaning bir bo‘lagi hisoblanadi. Bu borada ularga nimani xarid qilishidan qat’i nazar, oldi-berdi, muomala, pulni qanday sarflash, isrof qilmaslik, shuningdek, oila sarf-xarajatlarini to‘g‘ri taqsimlash kabi iqtisodiy masalalar o‘rgatib boriladi.

Onalardan biri aytadi: “Masalan, kiyim-kechak sotib olishni olaylik. Buni qanday amalga oshirish mumkin? O‘g‘limning kichik yoshidan unga kiyim sotib olishdan avval, men unga: “O‘g‘lim, sen katta bola bo‘lding, aql-u hushing joyida, shuning uchun ham endi menga yordam berasan. Kiyim sotib olishda sen rangini va uslubini tanlaysan, men esa matosi, sifati va narxiga e’tibor qarataman”, deb tushuntirdim. Shunday qilib, bu ishni ikki qismga bo‘ldik. Men bu tajribani farzandim o‘n ikki yoshga kirguncha tatbiq qildim.

Farzandim ulg‘aya borgach, o‘z-o‘zidan uning fikr doirasi kengaya bordi. Endi u o‘ziga munosib kiyim-kechaklarni nafaqat rangi, uslubi, xuddi men kabi sifati, matosi, narxi haqida fikrlay boshladi. Hatto pulni tejabroq sarflashga e’tibor beradigan boʻldi. Xuddi shu kabi farzandlarimizga roʻzgʻor qilishni ham o‘smir yoshiga yetgunga qadar o‘rgatib, shakllantirib borish lozim. Shunda farzandlarimiz katta hayotga dadil qadam qo‘yadilar.

📚 “Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism

• Avvalgi hikoya: 🧑‍🧑‍🧒‍🧒 Farzandlaringiz orasida kelishmovchilikni qanaday hal qilasiz?

@RahimovSchool
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Hozirgi kunning eng dolzarb mavzusi!

Xususiy maktablar va repetitorlik tizimi haqida Aziz Rahimovdan yangi podkast. Farzandingiz uchun qaysi yo‘l ma’qul, bilasizmi?

📹 Toʻliq podkastni ertaga 20:00 da YouTube sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin!

@RahimovSchool
🟢 Toʻgʻri tanlov qanday boʻlishi kerak?

📌 Ushbu videoda maktabimiz asoschisi Aziz Rahimov ota-onalar orasida eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan birini tahlil qildilar. Video davomida xususiy maktab va repetitorlik o‘rtasidagi farq hamda afzalliklarni bilib olasiz.

Toʻliq videoni koʻrish uchun quyidagi havolaga bosing👇

https://youtu.be/NAu8nJA_7ys?si=r1TKpxeMioVdQRHl

@RahimovSchool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Yutugʻingiz bizning faxrimiz!

Rahimov School o‘quvchilari turli imtihon va olimpiadalarda yuqori natijalar olganliklari sababli taqdirlandilar. Bu yutuqlarning ortida albatta ularning mehnati, ustoz va ota-onalarining qo‘llab-quvvatlashi turibdi.

Endi navbat sizning farzandingizga!

📌 Ibn Sino filialimizga qabul ochiq! Roʻyxatdan oʻting👇

[Havola]

@RahimovSchool
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
“Agar bola yaxshi o’qimayatgan bo’lsa birinchi navbatda ko’rishini tekshir!” - Kevin Kelly

Bola kelajagi uchun uning o’qish qobiliyati rivojlanishi eng muhim omil. 

Bola o’qish ko’nikmasi rivojlanishi uchun uning ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lishi zarur. 

Bola ko’rishi yaxshi emasligini ayta olmaydi. Chunki u har doim shunday ko’rgan. 

Bir yilcha avval Aziz Rahimov bilan reja qilgan loyiha yakuniga yetdi bugun. 

Loyiha Rahimov School o’quvchilari korish qobiliyatini tekshirish edi.

Shu yil Aprel oyi boshida bir norveg yordamchim, Germaniyada ishlaydigan bir shifokor ukamiz, Toshkentda ishlaydigan bir oftalmolog do’stimiz, Farg’onada tibbiyot sohasida ishlayotgan do’stlarimiz, bir tashkilotchi yaqin do’stimiz va mendan iborat guruh Rahimov Schoolning 650 nafar o’quvchisining ko’rish qobiliyatini tekshirdik (skrining o’tkazdik).

Ko’rishda muammosi bor o’quvchilarni aniqlab, ular ota-onasiga yozma va video tarzda murojaat yetkazdik. Mutaxassis sifatida o’z tavsiyalarimizni berdik.

Bunday tekshiruvlar ko’payishi tarafdorimiz.

Domino effektidan umidvormiz. 

Tekshiruvni tashkil etganlarga va Rahimov School jamoasiga rahmat aytamiz. 

O’quvchi bola salohiyati yuqori bo’lsayu, ammo doskani ko’rmasa befoyda.

Biz ana shu o’quvchini topdik va doskani ko’rishiga yordam bera oldik degan umiddamiz.

Balki foydasi tegar…

Bek Olimjon
27.05.25
Norvegiya
Farzandlaringizni saxovatli bo‘lishga o‘rgating

Bir ona aytadi: “Men farzandlarim bilan bir odatni yo‘lga qo‘ydim. Farzandlarimga yangi kiyim xarid qilgach, ortiqcha, biroz kichkina kelib qolgan kiyimlarini tortiq qilib yuboradigan, ya’ni ehtiyojmandlarga tarqatadigan bo‘ldik.

Bu bilan farzandlarimga kiyim javonlarini tartibga keltirishni, shuningdek, qaysidir ma’noda qo‘li ochiq, saxovatli bo‘lishga o‘rgatdim. Vaqt o‘tib ular imkoniyatlariga yarasha atrofdagilarga yordam berishga, nimadir berib bo‘lsa ham ko‘ngillarini olishga, xursand qilishga oshiqadilar”.

📚 “Farzand tarbiyasida 700 saboq” 2-qism

• Avvalgi hikoya: Sarf-xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash

@RahimovSchool
🧑‍🔬 Kimyo – tajribalar bilan yanada qiziq!

🧪 Qiziquvchan o‘quvchilarimiz turli xil amaliy tajribalarni bajarib, kimyoning sirli va hayratlanarli jihatlarini o‘rganmoqda! Shunchaki dars emas, turli tajribalarga asoslanagn mashg‘ulotlar ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.

(Havola)
@RahimovSchool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farzandimning qobiliyati nimada?

Bu savol sizni ham o‘ylantirayotgan bo‘lishi mumkin. Chunki turli tadqiqotlarga ko‘ra, ota-onalarning katta qismi farzandining qaysi sohaga moyilligini aniqlashda qiynaladi.

📌 Ushbu podkastda maktabimiz asoschisi Aziz Rahimov ota-onalarning muhim savollariga javob berdilar.

Agar siz ham farzandingizning qobiliyatini aniqlab, uni toʻgʻri yo‘naltirmoqchi bo‘lsangiz bu video aynan siz uchun!

🎥 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

@RahimovSchool
Zerikarli dars degan tushuncha yoʻq!

Farzandingiz “Reels” koʻrib vaqt oʻtkazyaptimi? Amaliyotga yoʻnaltirilgan darslar va doʻstona muhit darslarimizni yanada qiziqarli qiladi va oʻquvchilarimizni shunchalik jalb qiladiki, vaqt qanday oʻtganini ham bilmay qolishadi.

Videoni tomosha qiling👈
💕Onalar farzandlariga yaxshilikni ravo ko‘radilar

Farzandlarimga biror yumush buyursam, ular bajarishni kechiktirsa yoki biri ikkinchisiga sansalorlik qilsa: “Rahmat sizlarga, bolajonlarim”, deya ularga aytgan ishimni o‘zim bajarishga kirishib ketaman. Shunda ular o‘zlarini noqulay sezishadi va meni xafa qilib qo‘yganliklarini tushunib, uzrxohlik bilan qo‘limdan ishimni olishadi.

Ba'zan ma'lum vaqt gaplashmay, ulardan xafa bo‘lganimni bildirib, arazlaganday bo‘laman. Bunday holatda ular doim o‘rtani isloh qilishga, ko‘nglimni ko‘tarishga, bunday ishlarni qayta qilmaslikka harakat qilishadi. Ba'zan men xohlagan ishni oldindan bajarib ham qo‘yishadi. Men ma'qullamagan ishlarni umuman oldiga yo‘lamaydilar. Onalar har doim farzandlariga to‘g‘ri yo‘lni, yaxshilikni ravo ko‘radilar. Shunday emasmi, azizlar?!

📚 “Farzand tarbiyasida 700 saboq” kitobi, 2-qism

• Avvalgi hikoya: Farzandlaringizni saxovatli bo‘lishga o‘rgating

@RahimovSchool
🟢Qadriyatlarimiz asosidagi maktab! | Rahimov School

Farzandini xususiy maktabga bergan yoki bermoqchi boʻlgan ota-onalar uchun xushxabar bor:

Aziz Rahimov asos solgan “Rahimov School”da yangi o‘quv yili uchun qabul ochiq 😇

Har bir o‘quvchimiz uchun barchamiz birdek qayg‘uramiz. Chunki natijalar biz uchun muhim. Farzandingizni ishonchli jamoa va tajribali ustozlarga topshirmoqchi bo‘lsangiz, maktabimizda sizni kutamiz!

@RahimovSchool
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from RS Ibn Sino
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from RS Ibn Sino
Rahimov School
Video message
Bugun maktabimizning Ibn Sino filialida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazyapmiz 🎉

Tashrif buyurgan ota-onalar bilan birma-bir suhbatlashib, maktabimiz haqida ma’lumot bermoqdamiz

📞 Qabulga yozilish uchun:

78-113-0005 ga bog’laning

@rs_ibnsino
2025/06/27 17:35:13
Back to Top
HTML Embed Code: