Telegram Web Link
Tanishing, bular Qashqadaryoni rivojlantiradigan boʻlajak SMM mutaxassislari va Content maker'lar ⚡️

Hali darslarimiz boshlanganiga koʻp boʻlgani yoʻq, ammo oʻquvchilarimizning ushbu sohaga qiziqishlari juda kuchli, buni kursga qabul vaqtidagi, suhbat jarayonida ham sezganman 🧨

Darsdan keyin esa oʻquvchilarimiz bilan fotosessiya tashkil qildik 📸

@ramzbek
👍16🔥6👏3🎉2
Bu xatolarni qilmang!

Bu post SMM mutaxassislari uchun foydali boʻladi, tajribamni aytmoqchiman.

Yangi loyiha olishda e’tiborli boʻlishlaringiz uchun maslahatlarimni, oʻzimga dars boʻlgan narsalar haqida aytib beraman.

Loyiha olishda rasmiy shartnoma qilishni maslahat beraman. Sababi shartnoma tuzib ishlansa, ikkala tomonda ham ma’suliyat boʻladi.

Shartnomaga qoʻshimcha tariqasida qilib bermoqchi boʻlgan barcha ishlaringizni kiriting, maslahatim. Qoʻshimcha tariqasidan koʻnglingizdan chiqarib qilib beradigan narsalaringizni kiritib, yozavering.

@ramzbek
7👍5🔥4🕊1
Instagram'da story qo'yishga va Telegram kanalga post yozishga motiv bo'lmayapti, nimagadir.

Nimalar haqida post yozishimni xohlaysiz? Yoki story'da gapirishimni.

@ramzbek
5👍3🔥3
Kanalga post yozaman deganimda Telegram ham ishlamay qoladi😂
😁13👏3🤩21🤓1
Bir sirni ochaman

SMM'da 3 yildan oshiq ishladim, koʻp eksperimentlar oʻtkazdim.

👆🏻Keling bugun sizga yuqoridagi story'lar orqali bir sirni ochaman.

@ramzbek
👏16🔥4🤩4👍32👎1
Soʻngi kunlarda ikkita narsaga fokusimni qaratganman 🛸

1. Team leaderlik. Media jamoa shakllantiryapmiz. Hozir jamoamiz 6 kishidan iborat. Jamoani toʻgʻri boshqarish, toʻgʻri tasklar berish va vazifalarni talab qilish - muhim narsalar.

2. Mentorlik. “SMM & Content Making” kursini tashkil qilganmiz. Ayni vaqtda kurs boshlanganiga 1 oydan oshdi. Kursga 20 ta bola qabul qilganmiz, hozir yana guruhga qoʻshilmoqchiman deb yurganlar kelyapti, afsus kursga qoʻshilish endi yopiq.

Kurs producti ustida yana ishlayapman, keyingi patoklarda yana ham kuchliroq boʻladi.

@ramzbek
👍10🔥4👏4
Koʻproq yangi narsalar oʻrganishni yaxshi koʻraman

SMM, Marketing sohasidaligimga 3 yildan oshdi, ammo hozirgi kungacha qaysidir kursda oʻqishni, yoki internetdan yangi narsalar qidirib oʻrganishni yaxshi koʻraman.

Yangi kurslar sotib olish - bu xarajat emas, bu investitsiya.

Shaxsan oʻzim yangi narsalar oʻrganib maza qilaman. Bu sohaga endi kirib kelayotgan boʻlsangiz sizda qoʻrquv, olib keta olarmikanman bu sohani degan savollar boʻlishi mumkin, lekin ichiga kirib borgan sari yanada qiziqib boraverasiz.

Sababi bu sohada kechagi bilimlar ishlamaydi, har kuni yangi instrument, yangi algoritmlar va yangi funksiyalar. Shu sabab oʻzingizga savol bering - bugun nima yangi narsa oʻrgandim, bugun yangi hech narsa oʻrganmadingizmi, siz ortda qolyapsiz, hozircha shunaqa gaplar🙂

@ramzbek
👍8🔥4👏4
Global Education YouTube sahifasida yangi loyihani yoʻlga qoʻymoqdamiz!

Ya’ni, muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilarimizning ota-onalari bilan suhbatlar.

Oʻzimiz uchun va koʻpchilik ota-onalar uchun manfaatli loyiha boʻladi degan umiddamiz 🙂

@ramzbek
🔥10👍7👏2👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥10😎3👏2👍1
Kecha “SMM & Content Making” kursimiz oʻquvchilariga oraliq imtihoni boʻlib oʻtdi 💣

@ramzbek
🔥9👏8👍41
Telegram kanalda ham Stories qoʻyish funksiyasi qoʻshildi.

Birinchi storyni qoʻydik uje :)

Mana u
: https://www.tg-me.com/ramzbek/s/1

Premium obunachilar bizni qoʻllashini soʻrab qolamiz 🙂

https://www.tg-me.com/ramzbek/boost
🎉5🤝4👍1
Hozir bizni kanalimizda kuniga bitta story qoʻyish imkoni mavjud.

Kunlik koʻproq story'lar qoʻyishingiz uchun sizni koʻproq obunachilar boost qilishi kerak 🙂

UPD: bitta premium profil 24 soat ichida faqat bitta ovoz bera oladi.

@ramzbek
👏6🤝4👌3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzim uchun yangilik qilishni yaxshi koʻraman, nimadir yangi narsa oʻrganish, risk qilish yoki boʻlmasa umuman boshqa ishlarda oʻzimni sinab koʻrish.

Shu yil men oʻzimda Mentorlikni kashf qildim. Bunchalik qiziq boʻladi deb oʻylamagan edim ham. Borgan sari hammasi qiziq boʻlyapti, bir xillik yoʻq, har kuni har xil yangi narsalar.

2023-yil oldimga qoʻygan maqsadlarimning koʻpiga erishdim:

- Yangi mashina olish;
- Qarshi shahrida “SMM & Content Making” kursini tashkil qilish;
- Media jamoa yigʻish.

Siz maqsadlaringizni qaysilariga erishishga ulgurdingiz?

@ramzbek
🔥14👍7💯43
Endi Telegram kanalda story qoʻyish osonroq

Hozirgina Telegram'dagi Boost funksiyasi yangilandi. Oldin kanal obunachilarining (Telegram premium obunachilar) 0,4 %i ovoz bersa, bugundan endi bu qisqardi - ya’ni endi 0,1 % boʻldi.

Endi oldingiga nisbatan kam ovoz yigʻib story qoʻyish mumkin.

- 10k (10.000) obunachingiz boʻlsa oldin 40 kishi (0,4 %) ovoz bersa ochilardi

- Endi 10 kishi (0,1%) ovoz bersa level 1 boʻladi.

@ramzbek
👍8🔥5👏2🤩1
2025/07/09 15:43:04
Back to Top
HTML Embed Code: