Telegram Web Link
Dam olish kunlarida podkastlar yaxshi ketadi. Kontent planda uzoqdan bilgan holda mana shunday dam olish kunlariga moʻljallab YouTube uchun kontentlar qilsa odamlar koʻrishadi.

Sinab koʻrganman, yangi yil bayrami dam olish kunlarida story axvatlari 2x oshib ketgan, sababi hamma uyida, bekor, ijtimoiy tarmoqda oʻtiradi.

@ramzbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Full SMM kursimiz oʻquvchilari bilan birgalikda KIA avtosaloniga keldik.

Mobilografiya boʻlimida oʻquvchilarimiz oʻzlariga biriktirilgan kuratorlar bilan amaliyot qilishmoqda.

@ramzbek
Iyun oyi oxirida amaliyot tugaydi. Oʻzi kursimiz 2 oy va qoʻshimchasiga 1 oy amaliyot, kurs toʻlovi ichida ya’ni bepul.

- Full SMM 2.0 iyul oyida start oladi

- 10 kishi qabul qilinadi kursga

- Kursda hamma ham oʻqiy olmaydi, suhbat orqali qabul qilinadi

- Eng qizigʻi kursga 4 kishi oldindan yozilib qoʻygan, 6 ta joy qolgan.

Havola orqali roʻyxatdan oʻting, oʻzim aloqaga chiqaman, ma’qul kelsangiz kursda koʻrishamiz!

Suhbatga yozilish
Kurs uchun joy toʻldi doʻstlar, 10 kishidan ham oshib ketdi va toʻlovlarini ham qilib boʻlishyapti.

Yana 3-4 kishi yozdi. Endi xudo xohlasa sentabrda yanada koʻproq bilimlar bilan zoʻr guruh tashkil qilamiz 🙂

@ramzbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Full SMM kursimiz bitiruvchilariga sertifikatlar topshirdik. Tadbirchamiz Mastermind koʻrinishida oʻtdi. Bu kursimizni 8 nafar oʻquvchilar tamomlashdi.

@ramzbek
2024-yil tugashiga 6 oy qoldi, maqsadlarningizni qanchasiga erishdingiz?

Har yili o'zimga maqsad qo'yaman va buni post tariqasida hisobot berib boraman.

Bu yilning yarimi ham o'tdi, maqsadlarimni bir tahlil qilib o'zgaritishlar kiritdim, sababi hammasi siz o'ylagandek ketavermaydi va maqsadlar o'zgarib turadi.

Yarim yil ichida:

1. Oila qurdim, yangi hayot boshladim
2. Bilimimga investitsiya kiritdim va kurslarda o'qidim.
3. Qarshida birinchi Full SMM kursini tamomladik va hozir Full SMM 2.0 start oldi.
4. Enter Marketing MCHJ tashkil qildik va jamoamizda hozir 7 nafar xodim bor.

@ramzbek
Murad Nazarovdan olingan insaytlar

1️⃣ Jamiyatga negativ boqma, u ham senga negativ boqadi

Ota-onanga, jufti halolinga va aka-ukalaringa, jamiyatga yaxshilik qil, ular seni duo qilishadi va u duolar ichingdagi qoʻrquvlarni parchalaydi.

Qoʻni-qoʻshnilaringa yaxshilik qil, u bu olib chiqib tur, shunda qoʻshnilaring ham ee bu yaxshi odam ekan deb xursand boʻlib rahmat aytadi va sen ham xursand boʻlasan men yaxshi odam ekanman deb, nimadir yaxshi ish boshlaganingda ham nimaga meni ishim oʻxshamasligi kerak deb ich ichingda ishonch paydo boʻladi.

2️⃣ Kunni yaxshilik qilish bilan boshla

Agar kunni yaxshilik qilish bilan, bir kishini boʻlsada xursand qilishdan boshlasang, xoh u bir ogʻiz shirin soʻz bilan, xoh u sovgʻa bilan boʻlsin oʻsha kuningiz juda boshqacha oʻtadi.

Chunki birovni xursand qilgan odam, oʻzi xursand boʻladi, oʻzi xursand boʻlgan odamda gormonal oʻzgarishlar ham boshqacha boʻlishni boshlaydi, oʻzi xudo yoʻlini ham ochib qoʻyishni boshlaydi.

#insight – ushbu heshteg bilan podkastlardan olingan insaytlarni ulashib boraman

@ramzbek
Telegram messenjeri borgan sari ijtimoiy tarmoqqa o'xshab boryapti.

Masalan endi heshteglar postlarni ommaviylashishida yordam berishi mumkin. Pastdagi skrenshotda buni ko'rishingiz mumkin.

Nafaqat o'sha heshteg bilan joylangan postlar, balki stories ham chiqib keldi.

P.S. Bu oldindan bor edi deyishmoqda…

#marketing, #smm@ramzbek
Shaxsiy yordamchi qidirilmoqda, zo'r imkoniyat

Talablar:

- O'g'il bola bo'lishi;
- 16-20 yosh bo'lishi;
- Qarshi shahrida yashashi;
- SMM bo'yicha tushunchasi bo'lishi;
- Kamida yarim kun bo'sh vaqti bo'lishi;
- Onlaynda ham, oflaynda ham ishlay olishi;
- iPhone'i bo'lishi;
- Kirishimli bo'lishi;
- Kamida 1 yil o'rganishga tayyor bo'lishi kerak.

Imkoniyatlar:

- Katta networking;
- Hozir davom etayotgan va bundan keyingi barcha kurslarda bepul o'qish;
- Jamoamizdagi ish jarayonlarini bemalol kuzatib, o'sish imkoniyati;
- Muhim va katta uchrashuvlarda qatnashish.

Bir yil davomida men bilan yelkama-yelka turib, bor bilimlarimni kuchli o'rganishga va kelajakda yaxshi daromad topishga tayyor bo'lsangiz aloqaga chiqing! – @nurqulov
Ko'pchilik yangi kurs haqida so'rashyapti, aniq biror nima deyolmayman qachon ochilishini. Lekin kursga qabul nazorati kuchaytiriladi bu safar.

Oxirgi patokda 10 ta o'quvchi qabul qilaman degan edim, 27 ta ro'yxatdan o'tdi, 10+ sotuv bo'ldi.

Lekin bir narsani bilaman yuqoridagi rasmda ham ko'rish mumkin, keyingi patok qachon ochilsa ham bu boshqacha kurs bo'ladi. Tizimli SMM kursi bo'ladi, hali bunaqasi bo'lmagan.

@ramzbek
So'rovnoma: Qaysi yo'nalishda faoliyat olib boryapsiz? (Ushbu so'rovnomani to'ldirish orqali siz bilan yaqinroq bo'lishimizda yordam berasiz)
Anonymous Poll
21%
Sohaga endi kirib kelyapman
22%
SMM loyihalar bilan ishlayman
21%
Marketologman
8%
Targeting bo'yicha ishlayman
27%
Boshqa
2025/07/04 15:53:22
Back to Top
HTML Embed Code: