This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biznes razborga keldik Toshkentga

@ramzbek
Hayotdagi muvozanat — Ish, Doʻstlar va Oila

Bugungi kun oilaviy kun boʻldi. Doʻstlar bilan vaqt oʻtkazamiz, ishda boʻlamiz va oila bilan vaqt oʻtkazamiz.

Lekin shu joyda muvazanat degan narsa paydo boʻlishi kerak.

Har bir insonning vaqti va energiyasi cheklangan, shu sababli ularni to‘g‘ri taqsimlash muhim:

1. Ish

Ish bizga moliyaviy xavfsizlik, karyera qilish va o‘zini anglab olish hissini berib turadi. Biroq, ish hayotni to‘liq egallab olsa, inson ichki charchoq va yaqinlaridan uzoqlashishni boshdan kechiradi.

2. Doʻstlar

Do‘stlar ruhiy salomatlikni saqlashga, fikr almashishga va dam olishga imkon beradi. Ular bilan aloqani saqlab turish ichki balansni mustahkamlaydi.

3. Oila

Oila bu hayotimizning tayanch nuqtasi. Ular bilan sifatli vaqt o‘tkazish ruhiy jihatdan bizni to‘ldiradi va hayotga mazmun bag‘ishlaydi.

Muvozanatning kaliti bu — Ongli tanlov qilish va chegaralar qoʻya olish.

Bu uch jihat (ish, do‘stlar, oila) bir-biriga qarshi emas — ular to‘g‘ri muvozanatda bir-birini boyitadi. Asosiysi — ongli ravishda qaysi vaqtda nimaga ustuvorlik berish kerakligini anglash.

@ramzbek
SMM menejeri kerak komandamizga! Qarshi shahrida yashashi va oʻgʻil bola boʻlishi kerak.

Oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni @nurqulov ga yuboring.
Xullas oxirgi vaqtlar maza qilyapman, sababi bor buni — koʻp pul topayotganlarni ham koʻryapsiz maza qilmayapti, halovati yoʻq. Hammasini ham emas, ayrimlarini.

Aytmoqchimanki pul maza qildirmaydi ishoning.

– yoʻq, aniqrogʻi faqatgina pulni oʻzi yetarli emas deya qolay.

Maza qildiradigan narsa bu siz karyera qilayotganingiz, hozir men boshqaruvdaman, men oʻrganishim kerak boʻlgan narsalar koʻp, shularni jarayonda oʻrganib kelyapman.

Bu oʻrganganlarimdan miyam maza qilyapti.

1 yil orqaga qaytib koʻring, qanaqa edingiz? — hozirni koʻring, qandaysiz? Oʻsish bormi, yoʻq?!

Oʻzimga doim shu savolni berib yuraman. 5 yil orqaga qarang, birinchi postimni koʻring, qanday fikrlaganman, dunyoqarashim qanday boʻlgan.

Insonga karyera qilish bilan hayot qiziq, oʻsish bilan, nimadir vazifani bajargani bilan.

Xullas shunaqa gaplar, sizda qanday fikrlar bor, izoh ochiq, yozavering!

@ramzbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“SMM zoʻr soha ekan, yaxshi pul topsa bo‘larkan” deyishdi, shundaymi?

🥳 "Enter Marketing Agency" rahbari Ramzbek Nurkulov SMM ga qiziqadiganlar uchun maxsus BEPUL seminar tashkil qilmoqda!

Ushbu jamoa ayni vaqtda 10 dan ortiq SMM loyihalar bilan ishlab kelmoqda.

🔥 Katta tajribalar, katta imkoniyatlar, savol-javob qilish imkoniyati – qo'ldan boy bermang!

Kun: 04.06.2025
Vaqt: 10:00
Manzil: Qarshi shahri, malaka oshirish yonida, Global Education o'quv markazi coworking markazi

Joylar soni cheklangan, havola orqali ro'yxatdan o'ting!

👉 Seminarga ro'yxatdan o'tish

@ramzbek
Yangi boshlovchilar uchun seminar qilyapmiz xudo xohlasa. Maza qilib suhbatlashamiz! 🫡
SMM pro kursga start beryapmiz

Kunlari: Dushanba, chorshanba, juma
Vaqti: 16:00-18:00
Ochilish sanasi: 13-iyun

Kursni oʻzim olib boraman, katta tajribani 2 oydan pulga sotib olish imkoniyati bor.

– Kursga atiga 10 kishi qabul qilinadi;
– Oʻquvchilar suhbat asosida qabul qilinadi;
– Kurs umumiy 24-26 ta darsdan iborat, 2 oy davom etadi.
– Kurs 2 ta bo'limdan iborat, ya'ni SMM va mobilografiya.

💰 Kurs narxi: 3.600.000 soʻm (2 oy uchun)

🔗 SMM Pro kursi uchun ro'yxatdan o'tish

@ramzbek
Toshkentda ishlab yurgan asli Qarshilik katta tajribaga ega grafik dizayner kerak.

Mana shunday grafik dizaynerlarni tavsiya qilsangiz va u ishga olinsa 100$ pul mukofoti beriladi sizga.

Quyida manzilga yozing: @nurqulov
Oʻtgan yakshanba jamoa bilan toqqa bordik. Gʻelon qishlogʻiga, togʻni uchida joylashgan, harorat ancha past ekan.

Dam olib keldik, yuqoridagi rasmdagi bu Enter Marketing jamoasining bir qismi.

Dam olish zoʻr oʻtdi, har bir davraning oʻziga xosligi boʻladi. Bizni sohamizda ijodkor boʻlish kerak, yaxshi ijod kelishi uchun esa mana shunday joylarda dam olib, havo almashtirib ham turish kerak ekan.

Bu jamoamiz bilan birinchisi boʻldi. Xudo xohlasa endi davomiyga yoʻlga qoʻyib turamiz🙂

Telegram kanalga yozish yodimdan chiqqan ekan, kechroq ulashyapman:)

@ramzbek
2025/06/30 21:46:01
Back to Top
HTML Embed Code: