Telegram Web Link
⚡️Устама олишда “Ал-Хоразмий номидаги аниқ ва табиий фанлар олимпиадаси” ҳамда “Ихтирочиликка қадам” кўрик танловлари ҳам 30 балл берадиган рўйхатга қўшилди

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сонли қарори билан тасдиқланган Низомнинг 1-иловасидаги 2- ва 3-позицияларини амалиётда қўллашда, яъни 2025-2026-ўқув йили учун умумтаълим муассасаларидаги ўқитувчиларнинг базавий тариф ставкаларига ҳар ойлик устамалар белгиланишида баҳолаш учун фан олимпиадалари, кўрик танловлар, мусобақалар, тадбирлар рўйхати вазирликнинг 2025 йил 13 январдаги 03-14-75-сонли кузатув хати орқали ҳудудий бошқарув органларига юборилган эди.

Ушбу хатга қўшимча тарзда 2025 йил 13 март санасида 03-14-769-сонли юқоридаги фотодаги кўрсатма хати юборилди.


Унга кўра:

Қўшимча тарзда “Ал-Хоразмий номидаги аниқ ва табиий фанлар олимпиадаси” ҳамда “Ихтирочиликка қадам” кўрик танловлари ҳам умумтаълим муассасаларидаги ўқитувчиларнинг базавий тариф ставкаларига ҳар ойлик устамалар белгиланишида инобатга олиниши кўзда тутилмоқда.

👉 @yangi_oylikbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.

Ўқитувчи | Мактаб таълими каналига обуна бўлинг 👇👇👇

https://www.tg-me.com/+fIFNV3-cyDcyYjEy
https://www.tg-me.com/+fIFNV3-cyDcyYjEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124🎉2🏆21😱1
🗓 30 март – Рамазон ҳайити куни деб эълон қилинди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги Қарори

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Келажакда адвокатлар ишсиз қолиши мумкин

Қозоғистонда ChatGPT судда “адвокатлик” қилди

Бизнинг расмий сахифаларимизга аъзо бўлинг🔽

⚡️ Telegram ⚡️ Instagram ⚡️ TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11😁42👏1
Forwarded from GENERALISSIMUS
Agar insoniyat rivojiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, eng yaxshi yo‘l — o‘qituvchi bo‘lish» Den Shextman, Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori

@generalissimo_marshal
👍29🎉4🏆2
#Эслатма
⚡️Ниҳоят, эртага, 28 март мактабларда оҳирги чорак дарслари бошланади

Эртага, 28 март — жума кунидан IV (оҳирги) чорак дарслари бошланади.

ВМнинг 140-сонли қарори билан таcдиқланган Низомга кўра таътилларнинг (каникул) муддатлари қуйидагича белгиланган:

➡️ кузги таътил — 4 ноябрдан бошлаб 6 календарь кун

➡️ қишки таътил — 28 декабрдан бошлаб 14 календарь кун;

➡️ баҳорги таътил — 21 мартдан бошлаб 7 календарь кун;

➡️ ёзги таътил — охирги босқичли назорат синови ўтказилган кундан (босқичли назорат ўтказилмайдиган синфлар учун ўқув йили тугаган кундан кейинги кундан) бошлаб 1 сентябргача.

❗️Байрам кунига тўғри келиб, қолдирилган мавзулар ихчамлаштирилган (тиғизлаштирилган) ҳолда ўтилади ва журналга ёзилади.

👉 @yangi_oylikbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.

Ўқитувчи | Мактаб таълими каналига обуна бўлинг 👇👇👇

https://www.tg-me.com/+fIFNV3-cyDcyYjEy
https://www.tg-me.com/+fIFNV3-cyDcyYjEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤‍🔥3👌1
O‘zbekistonlik olimlar Amerika Qo’shma Shtatlaridagi xalqaro konferensiyada birinchi o’ringa loyiq deb topildi

“University of Business and Science” Kuzatuv kengashi raisi, texnika fanlari doktori, Professor Elyorjon Jumayevning ilmiy ishi 2025-yil 24–27-mart kunlari Las-Vegas (AQSh)da boʻlib oʻtgan Minerallar, metallar va materiallar jamiyati (TMS)ning 2025-yilgi yillik konferensiyasi doirasida tashkil etilgan tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Qayd etish lozim, UBS Oʻzbekistondan ushbu tanlovda ishtirok etgan yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlib, taqdim etilgan ilmiy ishda yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining taʼsiri chuqur tahlil qilingan.


Tadqiqot zamonaviy materialshunoslik yoʻnalishidagi dolzarb muammolarga yechim taklif qilgani uchun xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi.

TMS 2025 anjumani — minerallar, metallar va materiallar sohasidagi dunyo boʻylab 4 000 dan ortiq muhandis, olim va biznes yetakchilarini bir joyga toʻplaydigan nufuzli tadbir hisoblanadi. Bu yilgi anjumanda 112 ta simpozium doirasida 4 600 dan ziyod maʼruzalar taqdim etildi.


Batafsil:
👉 https://talimxabarlari.uz/25175/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi.pdf
799.1 KB
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nechanchi kurslarga taalluqli?

JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.

Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.

Magistrlarga taalluqlimi?

JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.

Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:

1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;

2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;

3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.

Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?

JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.

Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?

JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.

Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?

JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.

Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.
👍14🔥21👌1
Grafik Dizaynerlar uchun 1 daqiqa sukut saqlaylik 👤

Yaqinda Open AI - ChatGPT dagi rasm generatsiya qilish imkoniyatini yangilashdi va u oldingi rasm generatsiya qiluvchi AI lardan anchagina yaxshi tarzda taqdim etishi bilan katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. 💥

O'zim ham qiziqib ko'rib, o'z rasmlarimni unga jo'natib har xil stilda o'zgartirib berishini so'radim. Natijalarini esa ko'rishingiz mumkin. 👀

Nima deb o'ylaysiz, grafik dizaynerlarning ishligi xavf ostidami yoki bu ham oldingi generatsiya qiluvchilar kabi bitta hype bo'lib unutilib ketarmikan? 💭

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
👍112🏆2
Taqdimot shablonlari.zip
293.6 MB
Ajoyib taqdimotlar tayyorlash uchun shablonlar
#gift / #powerpoint

ℹ️ Yaxshi taqdimot tayyorlash uchun yaxshi shablonlar jamlanmasi. O'zingiz, yaqinlaringiz va tanishlaringiz bilan bemalol ulashavering. Ilm o'rganishda aslo to'xtamang.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101🏆1
Blooket haqida.docx
851.6 KB
#Blooket #InteraktivDars

📢 Blooket – Darslarni Qiziqarli Qiling!

🎮 Blooket – bu o‘qituvchilarga mavzular bo‘yicha interaktiv viktorinalar yaratish imkonini beruvchi platforma. O‘quvchilar esa "Blooket Play" orqali kirib, o‘qituvchi bergan ID raqamini kiritib, o‘yinga qo‘shilishadi.

Google akkaunt orqali ro‘yxatdan o‘tish
O‘yin orqali bilimni mustahkamlash
Darslarni qiziqarli va samarali o‘tkazish

📺 O'yin haqida YouTube videorolik

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👌1
#MaktabHayoti #Motivatsiya #Tatil

📚 Bahorgi ta’tildan so‘ng maktabdagi birinchi kun qanday o‘tishi kerak?

28-martdan boshlab o‘quvchilar darslarga qaytadi! 🎒📖 Ta’til taassurotlari hali ham saqlanib turgan paytda, darslarni iliq va qiziqarli muhitda boshlash muhim.

⤵️ Qanday qilib?
Ijobiy atmosfera – Sinfni ozgina bezating, motivatsion iqtiboslar ilib qo‘ying.
Tanishuv & muloqot – “Ta’til qanday o‘tdi?” savoli bilan suhbatni boshlang.
Ko‘tarinki kayfiyat – Qiziqarli musiqa yoki motivatsion video qo‘shing.
Yutuqlarni eslash – O‘tgan chorakdagi muvaffaqiyatlarni eslatib, ilhom bering.

Bunday yondashuv o‘quvchilarni darsga tezroq moslashtirishga yordam beradi! 📚

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182👌2🏆21
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:

1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!

2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha).

3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).

4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga).

5. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).

6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.

8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.

9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.

10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.

11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.

12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).

14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).

15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).

@raqamli_pedagogik_xizmatlat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍191
Forwarded from TRM Metodik yordam
Bola darsdan zavqlansa, oson oʼzlashtiradi

Bolalar hayotga ijobiy qaraganlarida, atrofga xursandchilik ulashganlarida va zavqlanganlarida fanlarni oson oʼrgana oladi.

Ustoz sifatida oʼqish va mehnat qilish bilan birga maqsadli eʼtiborni xursandchilik hissiga ham qaratishimiz zarur.

Bolalar dars payti nimadan zavqlanadil?


Yutuq va muvaffaqiyatlarga erishganda:

Masalan, murakkab masalani yechganda yoki yangi bilimni tushunib olganda ular quvonadi.


Interaktiv va qiziqarli uslubda o‘qitilganda:

O‘yinlar, tajribalar yoki guruh ishlari orqali o‘rganish jarayoni bolalar uchun maroqli va qiziqarli bo‘ladi.


O‘zining fikri yoki javobi qadrlanganda:

O‘qituvchi ularning javoblarini maqtab, rag‘batlantirganda bolalar o‘ziga ishonch hosil qiladi va quvonadi.


Do‘stlari bilan hamkorlikda:


Jamoaviy mashg‘ulotlar va guruh ishlarida do‘stona muhit quvonch bag‘ishlaydi.


Tashabbus va ijodkorlikka imkon berilganda:


O‘z g‘oyalarini amalga oshirish yoki o‘zi yechim topish imkoniyati bolalarda zavq uyg‘otadi.


Muallim bilan iliq va samimiy munosabat bo‘lsa:


O‘qituvchining mehribonligi va e’tibori bolalarda ishtiyoq uyg‘otib, darsni zavqli qiladi.


Yaxshi tashkil etilgan dars bolalar uchun nafaqat bilim olish, balki zavqli tajribaga ham aylanadi.

✍️ Muallif: Gulnoz Xodjayeva

Kanalga ulanish:👇
https://www.tg-me.com/trm_metodika
👍162
RAMAZON HAYITI MUBORAK BOʻLSIN!

Tutgan ro'zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz, ehson va sadoqotlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin!

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍143
⚡️Супер янгилик: Халқаро фан олимпиадаси ғолибларига энди салкам 1 млрд сўм пул мукофоти берилади

Президент фармонига кўра, 2025 йил 1 июндан нуфузли халқаро фан олимпиадалари ғолиб ва совриндорларига тўланадиган бир марталик пул мукофотининг амалдаги миқдорлари 5 бараварга оширилади.

Масалан, энди энг нуфузли 5 та олимпиадада (IMO — математика, IBO — биология, IChO — кимё, IPhO — физика, IOI — информатика) ғолиб ва совриндор бўлган ўқувчиларга қуйидагича мукофот пуллари берилади:

➡️ 1-ўрин: 937 млн 500 минг сўм (2 500 баравар);
➡️ 2-ўрин: 562 млн 500 минг сўм (1 500 баравар);
➡️ 3-ўрин: 375 млн сўм (1 000 баравар)

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28😁61🔥1👌1
2025/07/14 18:31:51
Back to Top
HTML Embed Code: