Telegram Web Link
📊 QIZIQARLI FAKT

Dunyoda eng motivatsion kasb bu — o‘qituvchilik ekan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 70% inson hayotida unga eng kuchli ta’sir qilgan inson — ustoz bo‘lgan!

Demak, siz nafaqat bilim, balki hayot sabog‘ini ham berayotganingizni unutmang 😉

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
IBRATLI DUNYO

14 yoshli maktab o‘quvchisi yurak kasalliklarini atigi 7 soniyada aniqlaydigan dastur yaratib, dunyoni hayratda qoldirdi.

Hindistonlik Siddhart Nandyala sun’iy intellekt (SI) ishlab chiqish bo‘yicha rasmiy sertifikatga ega eng yosh mutaxassis hisoblanadi. Uning dasturi 15 000 kishida sinovdan o‘tkazilib, 96% holatda aniq natija bergan.

Endi esa, 14 yoshga to‘lganingizda o‘zingiz nimalar qilganingizni eslab ko‘ring 😊

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
BILASIZMI?

Dunyo bo‘yicha har yili eng yaxshi o‘qituvchi mukofoti beriladi.
Yaqinda Hindistonda bir maktab o‘qituvchisi 1 mln dollar mukofot oldi.

Ehtimol, keyingi mukofot siznikidir? 😉
O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang!

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Вақт – инсоннинг энг катта сармояси.

Муваффақият сири ана шу сармоядан унумли фойдаланишда.

Сўзимиз исботи учун улуғлар ҳаётига, қилган ишларига назар ташласак, кифоя.
Улар вақт исрофидан сақланишган, қандай иш бўлмасин, жиддийлик билан ёндошишган, доим изланишда, интилишда бўлишган.

Биз кўпинча вақт етишмаётганидан нолиймиз.
Ҳолбуки, улуғлар яшаган давр билан ҳозирги пайтнинг вақт ўлчовлари фарқ қилмайди.

Демак, фарқ – ўзимизда.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
ZAMONAVIY O‘QITUVCHI 5 KO‘NIKMASI

📌 Yangi texnologiyalarni bilish
📌 Raqamli dars resurslarini yaratish
📌 Psixologik yondashuvni qo‘llash
📌 Har bir o‘quvchi uchun individual uslub topish
📌 Motivatsion va ilhomlantiruvchi bo‘lish

Agar shu 5 ta ko‘nikmaga ega bo‘lsangiz, siz zamonaviy o‘qituvchisiz!

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Kitoblar - bizni yangi dunyolarga olib boruvchi sehrli eshiklar. Har bir sahifa yangilik va ilhom bilan to'la. Bugun bir kitob o'qing va o'z dunyoqarashingizni kengaytiring! 📚

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
ONLINE RESURSLAR

Pedagoglarga bepul va foydali onlayn platformalar:

📚 Khan Academy — matematika, fizika va boshqalar
📚 Coursera — pedagogika va ta’lim kurslari
📚 Ziyonet.uz — O‘zbekistondagi ta’lim resurslari
📚 Quizizz — test va viktorinalar tuzish

Ularni sinab ko‘ring, zamonaviy darslar uchun ajoyib imkoniyat!

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
DARS QIZIQARLI BO‘LISHI UCHUN

Har darsni kichik savol-javob bilan boshlang
O‘quvchilar fikrini erkin bildirishiga ruxsat bering
O‘yinga asoslangan topshiriqlar kiriting
Dars oxirida 1 daqiqa “hayot sabog‘i” bering

Shunda dars ham qiziqarli o'tadi, o'quvchilarda ham yaxshi taassurot qoldirasiz!

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
🎨 DARSINGIZNI ZAMONAVIY QILMOQCHIMISIZ?

Mana sizga 4 ta zo‘r yordamchi!

📌 Canva — afisha va slayd tayyorlang, hammaga havas bo‘lsin!
📌 Kahoot — darsda qiziqarli testlar o‘tkazing!
📌 Quizizz — o‘yin shaklidagi viktorinalar tuzing!
📌 Ziyonet.uz — bepul dars ishlanmalar va kitoblar oladigan joy!

Endi bahona yo‘q — darslaringiz har doim a’lo darajada bo‘lishi mumkin

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
🌱 "O'qituvchi — urug' sochuvchi"

Bir qariya shunday degan ekan:
"Biz o‘tgan yillarda ekkan urug‘larimiz bugun daraxt bo‘lib, boshqalarni soya qilmoqda."

Pedagog ham shunday:
Har aytilgan so‘zingiz, bergan maslahatlaringiz — urug‘.
Ba'zi urug‘lar tez unadi, ba'zilari yillar o‘tib gullaydi.
Lekin bir narsa aniq: har bir o'qituvchi o'zi bilmagan holda kelajakni yaratadi.

Bugun qaysi urug‘ni sochyapsiz? 🌟

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PedagoglarUchun #Ilhomlanamiz

📚 Bugungi maslahat: "O‘quvchining qiziqishini uyg‘oting!"

Pedagog sifatida bilim berishdan ko‘ra, o‘quvchining o‘rganishga qiziqishini uyg‘otish — eng katta mahorat.

🔹 Darsni boshlashda kichik qiziqarli savol bering.
🔹 Real hayotdagi misollar keltiring.
🔹 O‘quvchining fikrini tinglang, unga muhim ekanini his qildiring.

O‘quvchi qiziqsa — bilim avtomatik singadi! 🌟
Siz bugun qaysi usulni sinab ko‘rasiz?

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
📌 Padlet.com — virtual devor yaratish uchun ajoyib platforma!

👉 Har bir o‘quvchi o‘z fikrini yozadi.
👉 Hammasi bitta sahifada ko‘rinadi.
👉 Rasmlar, matnlar, videolar qo‘shish mumkin.
👉 Darsni interaktiv va jonli qiladi.

🎯 Padlet bilan darsni zamonaviy qiling:
— Brainstorming
— Testlar
— Guruhli ishlanmalar
— Fikr almashish

🔗 1 daqiqada devor yarating — o‘quvchilarni faollashtiring! 🚀

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
2025/06/30 23:26:16
Back to Top
HTML Embed Code: