56,7 ball.pdf
1.5 MB
56,7 ball bilan qayerlarga o‘qishga kirsa bo‘ladi?

📌 Kontraktga o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Abituriyent talabalikka tavsiya etilishi uchun maksimal ballning hech bo‘lmasa, 30 foizini to‘plashi kerak. Bu — 56,7 ball bo‘ladi. Ro'yxatdagi yo‘nalishlar o'tgan yilgi o'tish ballari asosida tayyorlangan, eng minimal ball to‘plab talaba bo‘lish mumkin bo‘lganlari.

❗️E’tiborli bo‘ling: bu yo‘nalishlar faqat kunduzgi ta’lim shaklida emas, balki boshqa ta’lim shakllari ham bor.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
🎓 Kun hikmati

“Ta’lim — bu chiroq. Ustoz — uning yorug‘ligi. O‘quvchi esa yo‘l topuvchi sayyohdir.”

Bugun kimningdir yo‘lini yoritayotganingizni unutmang. Har bir so‘z — kelajak sari bir qadam.

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
📊 QIZIQARLI FAKT

Dunyoda eng motivatsion kasb bu — o‘qituvchilik ekan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 70% inson hayotida unga eng kuchli ta’sir qilgan inson — ustoz bo‘lgan!

Demak, siz nafaqat bilim, balki hayot sabog‘ini ham berayotganingizni unutmang 😉

@raqamli_pedagogik_xizmatlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Prezidentning byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, ya’ni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasidagi hisobotida mazkur hujjat yaqin soatlarda e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Manba 👉

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Forwarded from YURIST MASLAHATI
Ўзбекистон_Республикаси_Президентининг_Фармони.pdf
378.1 KB
Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақаларнинг 10 фоизга оширилиши тўғрисидаги Президент Фармони тўлиқ матни.

👉 @yuristlar_maslahati 👈
⚡️2-mutaxassislikka qabul qachon bo'ladi?

◾️ Amaldagi tartibga ko'ra, 2-mutaxassislikka qabul 10-iyuldan 10-avgust kuniga qadar
onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar onlayn platforma orqali:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
⚡️ #RASMAN

🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marta Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Xudoga shukur shu kunlar keldi 🤲

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihoni uchun nimalarni o'qishi kerak?

◾️Bilimni baholash agentligi kirish imtihonida savollar tuziladigan dasturni e'lon qilgan. Bu — darsliklar emas, lekin darsliklardan batafsilroq ma'lumotlar, abituriyentlar o'qishi kerak bo'lgan mavzularni qamrab olgan.

Testlarga shu dastur asosida tayyorlanish kerak.

Fanlar bo'yicha yuklab oling:
📎 Ona tili;
📎 Matematika;
📎 Tarix;
📎 Huquqshunoslik;
📎 Kimyo;
📎 Biologiya;
📎 Fizika;
📎 Rus va xorij tillari;

📎 Adabiyotdan mustaqil o'qish uchun manbalar;
📎 Huquqdan mustaqil o'qish uchun manbalar.

Xabarni boshqa abituriyentlarga yuborib qo'ying.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
🎓 Bu yil imtihonda abituriyentlarga nechta savol tushadi?

▪️ 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Manba 👉

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Tavsiyanoma olganlar undan qanday qilib OTMga kirishda foydalanadi

Ma'lumki, kecha Xotin-qizlar qo'mitasi tavsiyanoma uchun ariza berishning oxirgi kuni ekani haqida xabar berdi.

Endi-chi?

Arizalar 10-iyungacha ko'rib chiqilib, kimlarga berishi hal qilinadi va ariza bergan talabgorlarga tavsiyanoma olgan yo olmagani haqida xabar yuboriladi. Talabgorlar shu tarzda xabardor bo'ladi.

Qo'mita tavsiyanoma olganlar ro'yxatini BMBga ham beradi. Va abituriyentlar hujjat topshirish jarayonida o'zlarida tavsiyanoma bor bo'lsa, ma'lumotlari hujjat topshirish jarayonida aks etishini ko'rishadi.

Xullas, hozircha faqat kutib turish lozim.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Forwarded from Intizom
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
50 yillik farovonlik uchun 5 yillik ogʻriq yoki 50 yillik ogʻriq uchun 5 yil farovonlik.


#yangiruhiyat #iqtibos #intizom

🌐Instagram 🌐Telegram
▶️ Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fakt

Yaponiyada o‘quvchilar birinchi yilda faqat odob-axloqni o‘rganadilar.

Ular matematikadan ko‘ra, hurmat, tozalik va tartibni avval o‘rganishadi.

🎙 A'zo bo‘ling va bizni kuzatib boring: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#mulohaza

“Haqiqiy oʻqituvchi hech qachon sizga nima qilishni aytmaydi. Ammo u sizga eng yaxshi narsani tanlashingiz mumkin boʻlgan bilimlarni beradi.“
©Kristofer Pike

“Sizning kelajagingizni ertaga emas, balki bugun qiladigan ishingiz yaratadi.“
©Robert Kiyosaki

“Aniq rejalar, aniq rejalar bilan ta'minlanganlik sizga ulkan ishonch va shaxsiy kuch bagʻishlaydi. “
©Brayan Treysi

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Abituriyent milliy sertifikatdan foydalanishni qanday tanlaydi?

◾️ Abituriyent sertifikatdan foydalanishni tanlaganda, ushbu fandan test sinovi topshirmaydi va unga ushbu fandan sertifikatdagi foizga mos ball beriladi.

Lekin foydalanishni rad etsa, sertifikat qo‘llanmaydi va ushbu fandan ham test sinovida ishtirok etadi.

❗️❗️❗️ Lekin ona (o‘zbek, rus va qoraqalpoq) tili va adabiyot, matematika va tarix fanlaridan sertifikatingiz bo‘lsa, undan foydalanishni rad etgan taqdirda ham abituriyentga majburiy fanlar blokidagi ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Bu degani — sertifikat ballingiz pastroq bo'lsa-yu lekin majburiy blok uchun yetarli bo'lsa, sertifikatdan foydalanishni tanlamasangiz ham sizga majburiy blokdan maksimal ball beriladi va test ishlamaysiz. Lekin asosiy blokda shu fandan sizga test beriladi va uni ishlaysiz.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
⚡️ Bu yil 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

◾️ Qabul 2 bosqichda bo'lib o'tadi:

1️⃣-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha – mikrohudud doirasida;

2️⃣-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha – mikrohududdan tashqarisida

1-sinfga qabul jarayoni ayrim tuman va shaharlarda elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshiradi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

❗️Amaldagi tartibga ko'ra, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman tasdiqlandi

🗣Vazirlikning 2025-yil 11-iyundagi 03-32-1540-sonli ko‘rsatmali xatida 2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikat o‘z kuchida bo‘lishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.

🟡 Barcha o'qituvchilari bilan xabarni ulashing.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Qabul 3 kundan keyin tugaydi. Abituriyentlar soni yarim millionga yaqinlashdi

📱 Bugun 10:00 holatiga ko'ra, bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 453 700 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 205 304 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 248 396 nafar

❗️Eslatma: qabul 25-iyun kuni tugaydi.

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
⚡️ Bu yil abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun 187 500 ming so‘m to‘lov qiladi

◼️ O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

❗️Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

To'lovni qachongacha qilish kerak?

To'lovni qilish uchun ham oxirgi muddat — 25-iyun. Lekin o'tgan yili abituriyentlarga yana bir kun to'lov uchun vaqt berilgandi (bu yil aniq emas).

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
#DIQQAT

⚡️1 iyuldan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

Pensiya va nafaqa miqdorlari, shuningdek, bolalar nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga ajratiladigan moddiy yordam 10% ga oshiriladi. Shu bilan birga quyidagilar belgilandi:

• yosh bo‘yicha pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 918 ming so‘m;
• nogironlik bo‘yicha pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 1 million 12 ming so‘m;
• kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi oyiga:
▫️3 yoshgacha bo‘lgan har bir kichik bola uchun – 360 ming so‘m,
▫️3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun – 275 ming so‘m,
▫️ikkinchi bola uchun qo‘shimcha – 165 ming so‘m,
▫️uchinchi va undan keyingi har bir bola uchun – 110 ming so‘m;
• kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam – oyiga 420 ming so‘m;
• pensiya hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 ming so‘m.

Manba 👉

🎙 A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting:https://www.tg-me.com/raqamli_pedagogik_xizmatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/26 03:25:08
Back to Top
HTML Embed Code: