Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zakovat – bilim, mantiq va tafakkur maydoni

Renessans ta’lim universitetida “Zakovat ligasi”ning 1-tur bellashuvlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur intellektual o‘yinda barcha ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdi. Bellashuv qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Har bir jamoa bilim, mantiq va jamoaviy fikrlash borasidagi salohiyatini namoyon etdi.

Zakovat o‘yinlarining amaliy ahamiyati shundaki, u talabalar tafakkurini charxlaydi, tezkor fikrlash, muammoni yechish, savolga to‘g‘ri javob qaytarish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, bilimga chanqoqlik, sog‘lom raqobat va jamoaviylik ruhini oshiradi.


Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning o‘z ustida ishlashiga turtki bo‘lib, ularni yanada bilimli, faol va tashabbuskor shaxs bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5👏3🔥2
Talabalar turar joyi maʼnaviy tarbiya maskanidir!

Renessans ta’lim universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

Xususan, sport musobaqalari, badiiy va havaskorlik to‘garaklari va adabiyotga oid mashg‘ulotlar talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shuningdek, universitet kafedralari tomonidan “Kafedra kunlari” loyihasi doirasida har kuni turli mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida taniqli ijodkorlar, soha mutaxassislari bilan bo‘layotgan muloqotlar talabalar uchun muhim tajriba bo‘lmoqda.


Yaqinda talabalar turar joyida xalqimizning sevimli shoiri Bobur Bobomurod bilan tashkil etilgan samimiy davra suhbati talabalarda katta taassurot qoldirdi. Shoir tomonidan o‘qilgan diltortar she’rlar va samimiy suhbatlar ishtirokchilarga zavq ulashdi.

Mazkur tadbir talabalarda badiiy tafakkurni, erkin fikrlashni, muloqot madaniyatini rivojlantirishi, ularning ma’naviy dunyosini boyitishi bilan ham ahamiyatlidir.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍7🔥5👏4😱1
Ayni paytda Renessans ta’lim universitetida Xitoyning yetakchi tashkilotlari bilan qo‘shma talim dasturlarini amalga oshirish, talabalarning o‘zaro tajriba almashishlari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda Xitoyning Hangzhou Wolin Axborot Texnologiyalari Kompaniyasi direktori Zhu Jinhua hamda Zhejiang Yuexiu Xorijiy tillar instituti Axborot Fakulteti dekani Wu Yueqi ishtirok etmoqda.

Tashrif davomida Zhejiang Pochta va Telekommunikatsiya Kasb-Hunar Kolleji va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik yuzasidan muzokara olib borilmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍9👏9💯2🏆2🔥1
E’LON

Renessans ta’lim universiteti magistratura bosqichiga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul qilingan talabalar diqqatiga!

2025-yil 6-oktabr kuni, soat 13:20 dan boshlab magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Barcha talabalardan dars mashg‘ulotlarida belgilangan vaqtda ishtirok etishlari so‘raladi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍8🔥1👏1
Renessans ta’lim universitetida Xitoyning yetakchi tashkilotlari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Renessans ta’lim universitetida Xitoyning Xanchjou Volin Axborot Texnologiyalari Kompaniyasi direktori Zhu Jinhua hamda Zhejiang Yuexiu Xorijiy tillar instituti Axborot Fakulteti dekani Wu Yueqi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tashrif davomida Zhejiang Pochta va telekommunikatsiya kasb-hunar kolleji va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida hamkorlik yuzasidan muzokara olib borildi.


Mehmonlar universitetda olib borilayotgan o‘quv jarayoni, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy infratuzilma bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Xitoyning ilg‘or kompaniyalarida 40 nafar talabani 15 kunlik amaliyot dasturiga yuborish borasida kelishuvga erishildi.


Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar uchun qisqa muddatli o‘quv va amaliyot loyihalarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdilar.

Rejalashtirilayotgan loyiha 2025-yil dekabr oyidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍8🏆4🔥2👏2
2025/10/23 08:23:02
Back to Top
HTML Embed Code: