Telegram Web Link
Renessans ta’lim universitetida koreys tili kurslari faoliyati yo'lga qo'yildi

Universitetimizda koreys tili boʻyicha Topic 1-, 2-, 3- va 4-daraja uchun tayyorlov guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Kurslar dushanba kuni soat 13:30, payshanba kuni soat 15:00, juma kuni soat 13:30 hamda shanba kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Mashg‘ulotlarni koreys tili bo‘yicha Topic 5 darajasiga ega tajribali mutaxassis Dilfuza Saribayeva olib boradi.


Ushbu kurslarda universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda boshqaruv xodimlari ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi Telegram manzili orqali murojaat qiling:
Telegram: @dil19912005

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏86🔥2🏆1
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Renessans taʼlim universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi aʼzolari saylandi

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi universitetda talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.


Shuningdek, universitetda talabalarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish kabi qator vazifalarni amalga oshiradi.

Ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍106🔥2
DIQQAT TANLOV

⚡️Renessans ta'lim universitetida “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining universitet bosqichiga start berildi

🔼Talabalarning olgan bilimi va erishgan yutuqlarini xolisona baholash, jamiyatga va davlatga yetuk, yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni intellektual salohiyatini oshirish, ularning o’z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol yil talabasi” tanlovi e’lon qilinadi.

🎯Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 1, 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

“Eng faol yil talabasi” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:
✉️ “Yilning o'z mutaxassisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning fanlarni o’zlashtirishi va o’quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko’rib chiqiladi;

📢 “Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ’ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o’zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko’rib chiqiladi;

🫥  “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g’oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko’rib chiqiladi;

🏆“Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqyosidagi o’tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi;

🎨 “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo’yicha) bunda talabaning joriy yilda mustaqil ravishda yaratgan ijodiy asarlari, erishgan yutuqlari hamda turli tanlov va ko’rgazmalardagi ishtiroki ko’rib chiqiladi;

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning joriy yilda o’z ijodiy badiiy asarlari, maqola, joriy yilda chop etilgan risola, kitob, musiqa, kino va teatr sohasidagi qiziqishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlardagi ishtiroki va erishgan natijalari ko’rib chiqiladi;

📈  “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”, (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko'rib chiqiladi.


Nominatsiyalar bo‘yicha universitet bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar universitet rektori tomonidan taqdirlanadi:

🔽 Eslatib o’tamiz, tanlov uchun ariza va hujjatlar to’plami 31-oktabr sanasiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Ishtirok etish istagida bo’lgan talabalar Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat, axborot-resurs markazi boʻlimi bosh mutaxassisi Ahmadjon Beknazarov (+99897 713-16-66)ga murojaat qilishlari so’raladi.

Tanlov Nizomi bilan batafsil tanishish uchun havola👈

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2
Renessans ta’lim universitetida yangicha formatda ochiq muloqot tashkil etiladi

Muloqotda universitet rektori Shohruh Nuraliyev hamda siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov ishtirok etadi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT, Ozarbayjon va Tojikistonga amalga oshirgan tashriflari yakuni muhokama qilinadi.


Universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.

Muloqot rektor va mehmon o‘rtasidagi suhbat bilan boshlanadi. Shundan so‘ng savol-javoblar sessiyasi o‘tkaziladi.

Sizlarni 2025-yil 15-oktabr kuni, soat 12:00 da Filologiya va tarix fakulteti binosida kutib qolamiz.

📌Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Orzu MFY, Beruniy 2-uy.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3
Renessans ta’lim universitetida “Quvnoqlar va zukkolar”ning  yangi mavsumi uchun saralash o'yinlari davom etmoqda

Mazkur jarayonda barcha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, professor-o'qituvchilar va boshqaruv xodimlari ishtirok etishi mumkin.

“Quvnoqlar va zukkolar” teatr studiyasi har shanba kuni, soat 14:00 da A-bino, 701-xonada bo'lib o'tadi.

Hazil, ijod va ijobiy kayfiyat muhitida o‘z iste’dodingizni namoyon eting.

Ishtirok etish uchun quyidagi Telegram manzili orqali murojaat qiling:
Telegram: @Murod0v_01, @temsai13

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥1👏1
#Respublika_konferensiyasi

Renessans ta’lim universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

2025-yil 24-oktabr kuni “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga barcha OTM olimlari, tadqiqotchilari va talaba-yoshlarni taklif etamiz.

📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar: o‘qitishda zamonaviy usullar va ularning samaradorligi;
Raqamli ta’lim resurslari va platformalar: LMS tizimlari, onlayn kurslar va elektron darsliklar;
Ta’limda sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar: sun’iy intellekt asosida adaptiv o‘qitish tizimlari;
Dizayn va axborot texnologiyalari: grafika va multimedia dizayni orqali ta’lim samaradorligini oshirish.


Konferensiya materiallari 2025-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.

📤Maqola va tezislarni quyidagi manzilga yuboriladi: [email protected]
Telegram: @RTU_konferensiya

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Renessans ta’lim universitetida xitoy tili chuqur o‘rgatilmoqda

Universitetimizda xorijiy tillarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda tilni mukammal bilish yoshlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini ta’minlaydigan muhim omillardan biridir.

Xususan, xitoy tili ham universitetimizda zamonaviy o‘quv dasturlari asosida, tajribali ustozlar tomonidan o‘qitilmoqda.

Renessans ta’lim universitetining Xitoy tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Dinara To‘laganova ham bu borada fikrlarini bildirdi:

“Universitetimiz Xitoyining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan ta'lim asosida hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Shu bois, talabalarimiz har yili Xitoyda amaliyot o‘tab kelmoqda. Bu esa, tilni chuqur o‘rganish, xalqaro tajriba orttirish uchun muhim imkoniyatdir. Tengdoshlarimning xitoy tiliga bo‘lgan qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda”.


Xitoy tili savdo, texnologiya va diplomatiya sohalarida global aloqa vositasi sifatida keng qo‘llanmoqda. Shuning uchun Renessans ta’lim universitetida xitoy tilini o‘qitish jarayoni doimiy takomillashtirilib, talabalar uchun samarali ta’lim muhiti yaratilmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥1👏1
Renessans ta’lim universiteti va Turkiyaning Balıkesir Texnoparki o‘rtasida innovatsion hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Universitetimizga Turkiyaning nufuzli ilmiy markazlaridan biri bo‘lgan Balıkesir Texnokenti bosh direktori Burcu Aydemir tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish hamda universitetda xalqaro darajadagi texnologik muhitni shakllantirishdan iborat.

Uchrashuv davomida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, texnokent faoliyatini rivojlantirish, startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va akademik mobillik dasturlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Muzokaralar chog‘ida Renessans ta’lim universitetida Balıkesir Texnokenti filialini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbus yosh tadqiqotchilar va talabalarga xalqaro miqyosda ilmiy izlanishlar olib borish, o‘z loyihalarini amaliyotga tatbiq etish hamda innovatsion g‘oyalarni startap darajasiga olib chiqish imkonini beradi.

Mazkur tashrif Renessans ta’lim universitetining xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4👏2🔥1
Tyutorlar tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi

Renessans ta’lim universitetida talabalar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirish borasida tyutorlarning faoliyati tobora faollashmoqda. Ushbu yo‘nalishda bir qator tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, Pedagogika fakulteti talabalari tyutor U.Yusubova hamrohligida Ozarbayjon madaniyat markazida o‘tkazilgan shoira Mohira Nag‘iqizining “Yana oy kechadi, yillar o‘tadi...” nomli kitob taqdimotida ishtirok etdilar.


Tadbir davomida talabalar Ozarbayjonlik yozuvchi va shoiralar bilan suhbatlashib, ularning ijodi bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv jarayonida talabalarda Ozarbayjon adabiyotiga, ayniqsa, she’riyat namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi.


Taqdimot so‘ngida shoira Mohira Nag‘iqizi ishtirokchilarga o‘zining dastxati tushirilgan kitoblarini sovg‘a qildi.

Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Filologiya va tarix fakulteti tyutori X.Alisherov hamrohligida Adiblar xiyobonida joylashgan Toshkent muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning adabiyot va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥1
Eslatib o‘tamiz, ertaga universitetimizda yangicha formatda ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Unda Renessans taʼlim universiteti rektori Shohruh Nuraliyev hamda siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov ishtirok etadi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT, Ozarbayjon va Tojikistonga amalga oshirgan tashriflari yakuni muhokama qilinadi.


Suhbat ertaga soat 12:00 da Filologiya va tarix fakulteti binosida boshlanadi.  

Universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarini ushbu ochiq muloqotga taklif etamiz.

📌Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Orzu MFY, Beruniy 2-uy.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥2👏1
2025/10/21 11:35:14
Back to Top
HTML Embed Code: