Telegram Web Link
Xalqaro konferensiya tafsilotlari Renessans ta’lim universiteti axborot maydonida keng yoritilmoqda

“Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari”
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yo‘nalish majlislari, ilmiy taqdimotlar va xorijiy hamkorlar ishtirokidagi ma’ruzalar Renessans ta’lim universitetining rasmiy sahifalarida batafsil yoritib borilmoqda.

Konferensiya jarayonlari aks etgan foto va videomateriallar, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari hamda asosiy voqealar muntazam ravishda e’lon qilinmoqda.


Shuningdek, universitetimiz faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, xalqaro aloqalar, ta’lim sifati va ilmiy tadqiqotlarga doir ma’lumotlar tezkor tarzda yoritilmoqda.

Renessans ta’lim universitetining rasmiy sahifalarini kuzatishda davom eting. Eng so‘nggi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2🎉1
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya: filologik izlanishlar va ta’lim muammolariga innovatsion yechimlar

Til, adabiyot va ta’lim masalalari bugungi kunda ilm-fan taraqqiyotining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, joriy yilning 17–18-oktabr kunlari Renessans ta’lim universitetida “Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur anjuman yuqori saviyada tashkil etilib, samarali natijalar bilan yakunlandi.

Unda mamlakatimizdagi mahalliy vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan birgalikda, dunyoning Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Rossiya, Finlandiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Tojikiston, Ozarbayjon kabi 15 dan ortiq davlatlarning 50 dan ziyod nufuzli yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, taniqli olimlar, ekspertlar, xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – filologik tadqiqotlarning bugungi rivojlanish bosqichini tahlil qilish, ta’lim tizimida uchrayotgan muammolarni ilmiy asosda hal etish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish orqali ta’lim sifatini oshirishdan iborat.


Anjuman davomida filologik ta’limning dolzarb yo‘nalishlari, til va adabiyot o‘qitish metodikasidagi yangi yondashuvlar, raqamli ta’lim muhitida pedagogik innovatsiyalar kabi masalalar muhokama etildi. 100 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglanib, yosh olimlarning izlanishlari taqdim etildi. Ochiq muloqotlar davomida sohani rivojlantirishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur konferensiya filologiya sohasida ilmiy g‘oyalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.


Shu tariqa, “Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni to‘liq amalga oshirgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍7🔥2💯1
2025/10/20 09:01:22
Back to Top
HTML Embed Code: