Telegram Web Link
E’LON

Hurmatli Renessans ta’lim universiteti talabalari!

Sizlarni 2025-yil 21-oktabr kuni Filologiya va tarix fakultetida “О‘zbek tilim - о‘zligim tilim” mavzusida bo‘lib o‘tadigan davra suhbatiga taklif etamiz.

Tadbirda “Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Mo’minova ishtirok etadi.

Tadbir joyi: Renessans ta’lim universiteti, Filologiya va tarix fakulteti, 8-qavat.

Davra suhbati 2025-yil 21-oktabr kuni, soat 15:00 da boshlanadi.


Barchangizni mazmunli suhbatda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Orzu MFY, Beruniy 2-uy.

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥43💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Renessans ta’lim universiteti talabalari xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi

Xalqaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ygan Renessans ta’lim universiteti bugun o‘z safida yuksak natijalarga erishayotgan, tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni jamlagan yetakchi oliygohlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Universitetimiz talabalari xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ham o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda. Shu bilan birga, ular qo‘shma dasturlar asosida xalqaro miqyosdagi nufuzli universitetlarda ta’lim olmoqdalar.

Shular qatorida, universitetimizning 1-bosqich talabasi Shahriyor Qarshiboyev ham Xitoyning Shinjiang universitetida ta’lim olish uchun 100 foizlik grantni qo‘lga kiritdi.

“Bu natijaga erishishimda ustozlarimning qo‘llab-quvvatlashi va universitetdagi imkoniyatlar muhim rol o‘ynadi. O‘qish jarayonida biz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Men bu grantni o‘z ustozlarim va universitetim ishonchining natijasi deb bilaman”, – deydi Shahriyor.


Shuningdek, universitetimiz bitiruvchisi Muhammad Yasin ham bakalavr bosqichini a’lo baholar bilan tamomlab, Turkiyaning Istanbul Kent universiteti magistratura bosqichida o‘qish uchun 100 foizlik grant sohibiga aylandi.

Renessans ta’lim universitetida
o‘qish men uchun hayotimdagi eng muhim voqealardan biri bo‘ldi. Universitetimizda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik dasturlari va ustozlarimning qo‘llab-quvvatlashi menga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Endi Istanbul Kent universitetida zamonaviy bilimlarni chuqur o‘rganib, kelajakda yurtimiz rivojiga hissa qo‘shmoqchiman”, – deydi Muhammad Yasin.


Renessans ta’lim universitetining
bunday yutuqlari ta’lim jarayonida yaratilgan keng imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik aloqalari va professor-o'qituvchilarimiz fidoyiligining amaliy natijasidir.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥43🤩2🏆2
Renessans ta’lim universiteti jamoasi barchangizni 21-oktabrО‘zbek tili bayrami hamda о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Ko‘p millatli xalqimizni yagona Vatan, tinchlik va farovonlik yo‘lida birlashtirib kelayotgan ona tilimizmilliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsolidir.

Ona tilimizning qadri va nufuzi hamisha yuksak bo‘lsin!

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥7👏5💯1
Renessans ta’lim universitetida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Renessans taʼlim universiteti boshlang‘ich tashkiloti a’zolar, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yoshlar Kengashining yangi tarkibi tanishtirildi. Yig‘ilish davomida kengash a’zolarining asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Rektor Sh.Nuraliyev Yoshlar Kengashining universitet hayotidagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidlab, ular talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ko‘prik bo‘lishini qayd etdi.


Shuningdek, uchrashuvda talabalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish, tashabbuskorlik va mas’uliyat hissini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

“Bugungi talaba – ertangi mutaxassis, ertangi jamiyat poydevori”,
degan g‘oyadan kelib chiqib, yoshlarga o‘z ustida tinimsiz ishlash, yangiliklarga ochiq bo‘lish, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish zarurligi alohida ta’kidlandi.


Tadbir so‘ngida Yoshlar Kengashi a’zolariga muvaffaqiyat tilandi, ularning tashabbus va g‘oyalari universitet ma’muriyati tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2😱1
#Respublika_konferensiyasi

Renessans ta’lim universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

2025-yil 31-oktabr kuni “Barqaror rivojlanishni taʼminlashda yashil iqtisodiyotning o'rni va ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga barcha oliy ta'lim muassasalari olimlari, tadqiqotchilari va talaba-yoshlarni taklif etamiz.

📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish nazariy asoslari;
Energiya tejamkorlik va qayta tiklanuvchi manbalar: iqtisodiy samaradorlik tahlili;
Raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali bank va moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari;
Yashil iqtisodiyotni shakllantirishda moliyaviy institutlarning o‘rni.


Konferensiya materiallari 2025-yil 30-oktabrga qadar qabul qilinadi.

📤Maqola va tezislarni quyidagi manzilga yuboriladi: [email protected]
Telegram: @RTU_konferensiya

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Renessans ta’lim universitetida o‘tkazilgan “Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakuni bo‘yicha maxsus videorolik

Xalqaro konferensiya о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2😱1🤩1
E’LON

Hurmatli talabalar!

Sizlarni 2025-yil 22-oktabr kuni Renessans ta'lim universitetida bo'lib o'tadigan “O'zbek tilim – o'zligim tilim” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz.

Unda О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Dо‘stlik” ordeni sohibi, jurnalist, shoir Shodmonqul SALOM hamda О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti“ jurnali bosh muharrir о‘rinbosari, shoir Bahodir OBID ishtirok etadi.

Tadbir joyi: Renessans ta’lim universiteti, A bino, 7-qavat, Faollar zali.

Uchrashuv 2025-yil 22-oktabr kuni, soat 11:00 da boshlanadi.


Barchangizni mazmunli suhbatda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥2👍1
Til – xalqning g‘ururi, millatning ruhi

U har bir millatning ma’naviy dunyosi va madaniyatini o‘zida aks ettiradi. 21-oktabro‘zbek tili bayrami kuni mamlakatimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

An’anaga muvofiq, ushbu sana munosabati bilan Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatori Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etdi.


Davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor, deb bilishimiz zarur. Bu qutlug‘ bayram – tilimizni ulug‘lash, uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish burchimizni yana bir bor yodga soladi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2😱2🏆1
2025/10/23 16:28:01
Back to Top
HTML Embed Code: