Telegram Web Link
Konferensiya doirasida ta’lim sohasida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sarvar Mo‘minov “Maktab ta’limida axborot texnologiyalari va raqamlashtirish istiqbollari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Unda maktab ta’limida raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish, ta’lim sifatini oshirishda AKTning o‘rni hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkentdagi filiali professori, pedagogika fanlari doktori Vinera Karimova “Generativ sun'iy intellekt oliy ta'limni raqamli transformatsiya qilish vositasi sifatida” mavzusida ma’ruza qildi. Unda generativ sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonlarini optimallashtirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritildi.

Ularning ma’ruzalari raqamli ta’limning yangi bosqichga ko‘tarilishida zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llash, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni innovatsion shakllarda tashkil etish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1👏1
Konferensiyada ta’lim sohasida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda o‘quv jarayonlarini innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.

Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchisi Choy “Ta’limda sun’iy intellekt” mavzusida ma’ruza qilib, zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish va ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari doktori Jamoljon Djumаnov “Oliy ta’limda “Geoaxborot tizimlari” fanini intellektual va ilg‘or raqamli texnologiyalar asosida adaptiv o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatlari yoritib berildi.

Shuningdek, Italiya Xalqaro madaniyat uyushmasi “Progetto Angeli” tashkiloti prezidenti Aida Abdullayeva “Bugungi kunda dizayn sohasida innovatsion yondashuvlar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida dizayn yo‘nalishida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, kreativ tafakkurni rivojlantirish va zamonaviy ta’limda ijodiy yondashuvlarning o‘rniga to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, konferensiya jarayonlarini ZOOM platformasi orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏52🔥2👍1
“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida yo‘nalish majlislari o‘tkazilmoqda

Mazkur konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ularning samaradorligini oshirish hamda sohada raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarishdan iboratdir.

📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo'lib o'tmoqda:

🔹 Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar: o‘qitishda zamonaviy usullar va ularning samaradorligi;
🔹Raqamli ta’lim resurslari va platformalar: LMS tizimlari, onlayn kurslar va elektron darsliklar;
🔹 Ta’limda sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar: sun’iy intellekt asosida adaptiv o‘qitish tizimlari;
🔹 Dizayn va axborot texnologiyalari: grafika va multimedia dizayni orqali ta’lim samaradorligini oshirish.


Konferensiya majlislarida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, nufuzli ilmiy markazlar olimlari va malakali mutaxassislar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etilmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2
2025/10/25 06:14:18
Back to Top
HTML Embed Code: