Renessans ta’lim universitetida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yakunlandi
“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, mamlakat ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarb jihatlari keng muhokama qilindi.
Anjumanda mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish kabi masalalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Konferensiya doirasida 70 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi, yosh olimlar tomonidan o‘z ilmiy izlanishlari taqdim etildi. Shuningdek, ochiq muloqotlar va amaliy muhokamalar tashkil etilib, ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shu tariqa, “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.
Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)
📝 Telegram|💻 Instagram|📝 Facebook|🟥 Youtube| 🏛 Veb-sayt
“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, mamlakat ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarb jihatlari keng muhokama qilindi.
Anjumanda mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi – ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, raqamli texnologiyalar orqali o‘quv jarayonining sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Muhokamalar davomida sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish kabi masalalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Konferensiya doirasida 70 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi, yosh olimlar tomonidan o‘z ilmiy izlanishlari taqdim etildi. Shuningdek, ochiq muloqotlar va amaliy muhokamalar tashkil etilib, ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadbir yakunida ta’kidlanganidek, bunday ilmiy-amaliy anjumanlar ta’lim sohasida innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va yosh tadqiqotchilarning salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu tariqa, “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.
Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2👍1
