Telegram Web Link
Renessans ta’lim universitetida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yakunlandi

“Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, mamlakat ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarb jihatlari keng muhokama qilindi.

Anjumanda mamlakatimizning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, raqamli texnologiyalar orqali o‘quv jarayonining sifatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.


Muhokamalar davomida sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish kabi masalalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Konferensiya doirasida 70 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi, yosh olimlar tomonidan o‘z ilmiy izlanishlari taqdim etildi. Shuningdek, ochiq muloqotlar va amaliy muhokamalar tashkil etilib, ta’limni raqamlashtirish yo‘nalishida aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbir yakunida ta’kidlanganidek, bunday ilmiy-amaliy anjumanlar ta’lim sohasida innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va yosh tadqiqotchilarning salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Shu tariqa, “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1
Renessans ta’lim universiteti yuksak marralarni ko‘zlagan

Renessans ta’lim universiteti O‘zbekiston basketbol federatsiyasi hamda O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.


Mazkur hujjat sport sohasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy tarbiya madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Tadbirda O‘zbekiston basketbol federatsiyasi bosh kotibi Botir Miradilov, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoiljon Matxalikov hamda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Farhod Alimov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida universitetda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, talabalarni xalqaro sport musobaqalariga tizimli tayyorlash, arqon tortish bo‘yicha xalqaro darajadagi musobaqalarda ishtirok etish, shuningdek, sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish masalalari muhokama qilindi.


Hamkorlik memorandumi doirasida sport infratuzilmasini rivojlantirish, malakali murabbiylarni jalb etish, talabalar o‘rtasida sport musobaqalari va seminarlar tashkil etish borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Mazkur memorandum sport sohasida xalqaro tajriba almashish, yosh sportchilarni tayyorlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish imkonini beradi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
5👍3🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Renessans taʼlim universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi aʼzolari

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi universitetda talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.


Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2😱21👍1👏1
2025/10/26 10:17:07
Back to Top
HTML Embed Code: