Telegram Web Link
Renessans ta’lim universiteti va Oʻzbekiston “Jump Rope” federatsiyasi o'zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda “Jump Rope” federatsiyasi tashkil etildi. Renessans ta’lim universiteti birinchilardan bo‘lib federatsiyasi bilan hamkorlik kelishuviga erishdi.

Hujjatni Renessans ta’lim universiteti rektori vazifasini bajaruvchi A.Eshmurodov hamda federatsiyasi vitse-prezidenti X.Xayrullayev imzoladi.


Uchrashuv davomida sportni yoshlar orasida ommalashtirish va talabalar salomatligini mustahkamlash borasida qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, “jump rope”, ya’ni arqon bilan sakrash sport turi 2021-yildan beri xalqaro maydonda rivojlanayotgan yangi sport turi hisoblanadi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
15👍8🔥4👏3💯1
O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib, CAFA Nations Cup g‘olibi bo‘ldi

8-sentabr. CAFA Nations Cup-2025. Final. Toshkent. “Olimpik” stadioni. Hammasi mana shu yerda hal bo‘ldi. O‘zbekiston uchun Eron har doimgiday «noqulay raqib». Ammo bu safar unday bo‘lmadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi finalda Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi Millatlar kubogi (CAFA Nations Cup) g‘olibiga aylandi. 119-daqiqada Hojiakbar Alijonov tomonidan kiritilgan gol O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.


Terma jamoamiz turnir davomida o‘z kuchini amalda isbotlab, Turkmaniston (2:1) va Qirg‘iziston (4:0) ustidan ishonchli g‘alaba qozondi, Ummon bilan durang o‘ynadi (1:1).

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup 2025 g‘olibiga aylandi.

G‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!


☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
18👍13🏆7👏4🤩3💯3🔥2
Renessans ta’lim universitetida qoʻshma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi

Hurmatli abituriyentlar, 2025/2026-o‘quv yili uchun Renessans ta’lim universiteti va Turkiyaning Balikesir universitetining Turizm menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro qo‘shma ta’lim dasturiga hujjat topshirish jarayoni boshlandi.

Dasturga ko'ra, Renessans ta'lim universitetida 2 yil, Turkiyaning Balikesir universitetida 2 yil tahsil olinadi.

Siz birdaniga ikki davlat diplomiga ega bo‘lasiz.

Kerakli hujjatlar:
🔹Pasport nusxasi (4 dona);
🔹 O'rta maktab attestati yoki o'rta maxsus bilim yurti diplomi (asl nusxasi va ilovasi bilan);

Qabul muddati: 30-sentabrgacha.

Xalqaro darajada ta’lim olmoqchimisiz? Unda hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

Ariza topshirish uchun:
https://renessans-edu.uz/uz/cv/qoshma-dastur

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
👍139👏4🔥2🎉1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar global muammolarni muhokama qildi

Renessans ta’lim universitetida “AY MUN” (Model United Nations) tashabbus guruhi tomonidan tashkil etilgan konferensiya taassurotlari aks etgan maxsus videorolik.

Anjumanda BMT qo‘mitalari faoliyatini modellashtirish orqali global muammolar muhokama qilingan va ularning yechimlariga doir rezolyutsiyalar ishlab chiqilgan.


☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥4👏2🤩2🏆1
🎬 RENESANS TA’LIM UNIVERSITETIDA CASTING

📸 Syomka va foto-modellikka qiziqasizmi?
💡 Kreativ g‘oyalaringiz bormi?
🎥 Media olamida o‘z o‘rningizni topishni istaysizmi?

Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun.

Renessans ta’lim universiteti 18–25 yoshdagi iqtidorli va tashabbuskor talabalarni CASTINGGA taklif etadi.

🗓 Joriy yilning 13-sentabr kuni Renessans ta’lim universiteti faollar zalida casting boʼlib oʼtadi. Siz 9:00 dan 18:00 ga qadar castingda ishtirok etishingiz mumkin.

‼️ Shuni inobatga oling, casting faqat bir kun davom etadi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍5👏2🔥1
Interaktiv texnologiyalar – zamonaviy ta’limning ajralmas qismi

Renessans ta’lim universitetida o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlari izchil davom etmoqda. Bugungi kunda barcha o‘quv auditoriyalari kompyuterlar, videoproyektorlar, tarmoq uskunalari hamda interaktiv doskalar bilan to‘liq jihozlangan.


Shu imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida, Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Interaktiv ta’lim vositalaridan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


Seminar davomida interaktiv doskalarning yangi funksiyalari, raqamli ta’lim vositalarini mashg‘ulotlarga integratsiyalash, texnik jihozlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Trening doirasida o‘qituvchilar innovatsion texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha yangi yondashuvlarni o‘zlashtirdi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👏3👍1🔥1
Renessans ta’lim universitetida hamkorlik pedagogikasiga asoslangan ochiq muloqot platformasi ishga tushdi

Hurmatli talabalar, ota-onalar va ustozlar!

Endi Renessans ta’lim universiteti bilan muloqot qilish yanada oson, qulay va tezkor.

Istalgan savolingizni bevosita yetkazish, takliflaringizni bildirish yoki yordam so‘rash uchun quyidagi platformalar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📌 Rasmiy veb-sayt: www.renessans-edu.uz
📨 Telegram: @rturektoriga
📞 Call-markaz va ishonch telefoni: +998 55 506 70 07
____________________________________
Ochiq muloqot quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

Ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy muhit va talabalar turar joyi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
O'quv jarayoni bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar, axborot axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
Moliya-iqtisod, xo‘jalik, shartnoma to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha


Hamkorligimiz ta’lim-tarbiya sifatini oshirib, zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga imkoniyat yaratadi.

Hamkorligingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍6👏2
PLATFORMA.pdf
10.3 MB
Renessans ta’lim universitetida hamkorlik pedagogikasiga asoslangan ochiq muloqot platformasi
👍7👏42🔥2
Ma’naviyat va huquqiy ong – yoshlar tarbiyasining asosi

Renessans ta’lim universitetida 1-bosqich talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan!”, shuningdek, “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda Shayxontohur tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish bо‘limi boshlig‘i, polkovnik O.Jamolov, tuman soliq bо‘limi boshlig‘i H.Mullajonov, О‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti R.Isakjonov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Asosiy e'tibor yoshlar ongida ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va ma’naviy immunitetni mustahkamlashga qaratildi.


Uchrashuv davomida talabalar jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari va jamiyatda qonun ustuvorligining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot oldilar.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3🔥2
2025/10/24 10:50:06
Back to Top
HTML Embed Code: