Telegram Web Link
Ayni paytda respublika konferensiyasi qizg‘in davom etmoqda

Konferensiyada Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Sh.Shodmonova “Ilmiy-ijodiy yondoshuv asosida pedagogik tadqiqotlarni takomillashtirish” mavzusida ma’ruza qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ch.Mirxoliqova “Ta’lim jarayonida emotsional intellekt va akademik muvaffaqiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusida so‘z yuritdi.

Andijon davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori U.Usmanova “Sun’iy intellekt: aqlli texnologiyalar davri” mavzusi bilan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, ushbu konferensiyaning yuqori darajada tashkil etilgani ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
🔥53👍1
Konferensiya amaliy muloqotlar bilan davom etmoqda

Renessans ta'lim universitetida bo'lib o'tayotgan “Pedagogik taʼlimning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini amaliy muloqotlar bilan davom ettirmoqda.

Ayni paytda quyidagi muhim yo‘nalish bo‘yicha tematik majlislar bo‘lib o‘tmoqda:
Innovatsion taʼlim strategiyalari va raqamli transformatsiya;
Kognitiv rivojlanish va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika;
Pedagogik psixologiya va inklyuziv taʼlim innovatsiyalari;
Taʼlimning globallashuvi va akademik integratsiya.


Muloqot mobaynida ilmiy taqdimotlar va aniq takliflar ham ilgari surilmoqda.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
5👍4🔥3👏1
Renessans ta’lim universitetida tashkil etilgan xitoy tili kurslariga taklif etamiz

Renessans ta’lim universiteti xitoy tili kurslariga qatnashish istagida bo‘lgan universitet talabalari va professor-o‘qituvchilarini ushbu kursga taklif etadi.

📌 Kurslar quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Boshlang‘ich
O‘rta


📚 Darslar bevosita xitoylik mutaxassislar, ya’ni til egalarining o‘zlari tomonidan olib boriladi.

🔔 Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
🔹Talaba almashinuvi dasturlari orqali Xitoyda tahsil olish;
🔹Yozgi ta’til davomida Xitoy shaharlari bo‘ylab 2 haftalik sayohat;
🔹O‘qituvchilar uchun Xitoyda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy forumlarda ishtirok etish;
🔹Xitoyning O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi kompaniyalarida ishlash imkoniyati;
🔹Xalqaro grant dasturlarida qatnashish imkoniyati.


Eng muhimi, kurslar Renessans ta’lim universiteti tomonidan moliyalashtiriladi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mutlaqo 🔤🔤🔤🔤🔤

✍️ Arizalarni qabul qilish muddati:
2025-yil 30-sentabrga qadar

Kursga yozilish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz so‘raladi:
📝Telegram: @Xitoymarkazi
📞Telefon: +998 55 506 70 07

⚡️Shoshiling, joylar soni cheklangan. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6🔥3
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi: dolzarb masalalar va yangi takliflar

Bugun Renessans ta’lim universitetida o‘tkazilgan “Pedagogik ta’limning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi yuksak saviyada o‘z nihoyasiga yetdi.

Mazkur anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridan oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

Konferensiyaning asosiy maqsadi – pedagogik ta’limda dolzarb muammolarni birgalikda muhokama qilish, ilmiy asoslangan yechimlar taklif etish, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish orqali amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.


Ayniqsa, raqamli transformatsiya, sun’iy va emotsional intellekt, kognitiv rivojlanish kabi bugungi kun ta’limining eng dolzarb yo‘nalishlari muhokama markazida bo‘ldi.

Konferensiya davomida 60 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi, yosh olimlarning tadqiqotlari taqdim etildi, ochiq muloqotlar va amaliy muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbir davomida ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, milliy va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirish borasida aniq taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.


Ushbu konferensiya ta’lim sohasidagi yangicha yondashuvlar, izlanishlar va hamkorliklar uchun muhim platformaga aylandi.

Shu tariqa, “Pedagogik ta’limning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirgan holda muvaffaqiyatli yakunlandi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5🔥2👏2
Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start beriladi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida yurtimizda muntazam ravishda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yilning 25-sentabr kuni Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi va sport musobaqalariga start beriladi.


Ochilish marosimi ertaga soat 10:00da Shayxontohur sport maktabida boshlanadi.

Barcha talaba-yoshlar va sport ishqibozlarini ochilish marosimi hamda sport tadbirlarida ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏3🔥21
2025/10/21 21:48:22
Back to Top
HTML Embed Code: