Telegram Web Link
Renessans ta’lim universiteti talabalari qatag‘on qurbonlarini xotirladi

Bir guruh talabalarimiz Toshkent shahridagi Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on yillarida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shuningdek, talabalar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ham sayohat uyushtirib, o‘tmish sahifalarini chuqur anglash, milliy xotirani asrash va tarixdan saboq olish imkoniga ega bo‘ldi.


Ushbu tadbir talabalar qalbida yurtga muhabbat, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Bunday amaliy-ma’naviy tashriflar yoshlarda tarixiy xotiraga hurmat bilan qarash, milliy qadriyatlarni asrash kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ular yosh avlod qalbida tarixiy xotirani asrash, mustaqillikning qadriga yetish va milliy o‘zlikni anglashga xizmat qiladi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏94👍2🔥2😱1🏆1
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning guruhlararo fakultet bosqichi yakunlandi

Renessans ta’lim universitetida joriy yilning 25-sentabr kuni start olgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi guruhlararo fakultet bosqichi nihoyasiga yetdi.

Musobaqalar davomida talabalar mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol kabi sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilib, sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalishda g‘olib deb topilgan jamoalar olimpiadaning navbatdagi – fakultetlararo universitet bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

🔽Ma’lumot o‘rnida, “Besh tashabbus olimpiadasi” 4 bosqichda tashkil etiladi:

✔️Guruhlararo fakultet bosqichi
✔️Fakultetlararo universitet bosqichi
✔️Universitetlararo hududiy bosqich
✔️Respublika final bosqichi


Sportchilarimizga keyingi bosqichda ham muvaffaqiyat tilaymiz.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏64👍2🔥1🏆1
Renessans ta’lim universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlariga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishga universitet rektori Shohruh Nuraliyev raislik qilib, jamoaning fidokorona mehnati va yuksak mas’uliyati tufayli erishilayotgan ijobiy natijalar alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgani munosabati bilan diplomlar topshirildi. Jumladan:

Artikov Zaylobiddin Sobirjonovich – dotsent ilmiy unvoniga,
Odilov Bahromjon Baxtiyorovich – professor ilmiy unvoniga,
Murodov Zufarjon Muzaffarjon o‘g‘li – dotsent ilmiy unvoniga,
Xolmurotova Diyora Ibragimovna esa iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.


Kengash kun tartibidagi asosiy masalalar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
✔️Universitet Kengashi tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
✔️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonining amaldagi holatini tahlil qilish va samaradorligini oshirish;
✔️2025/2026-o‘quv yilida talabalar uchun pedagogik va malakaviy amaliyotlarni tashkil etish;
✔️Shu yil oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarga tayyorgarlik jarayonlarini muvofiqlashtirish.

Shuningdek, ilmiy unvon va lavozimlarga tavsiya etish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Natijada, 8 nafar nomzod dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimiga, 1 nafar nomzod esa professor vazifasini bajaruvchi lavozimiga tavsiya etildi.


Yig‘ilish yakunida har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👏7🔥4👍2🎉1🏆1
EʼLON

Renessans ta’lim universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘limi bosh mutaxassis lavozimiga professional kadrlarni ishga taklif etamiz.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
🔹oliy ma’lumot;
🔹ingliz tili – kamida B2, koreys tili – TOPIK 4–5 daraja;
🔹tashkilotchilik hamda lavozim doirasida zarur bilim va ko‘nikmalar;
🔹yuksak kasbiy etika, muloqot madaniyati va liderlik, tashabbuskorlik, mas’uliyat, jamoada va mustaqil ishlash qobiliyati, tezkorlik;
🔹tegishli lavozimda samarali ish tajribasi.


Shu bilan birga, KPI tizimi asosida xodimlar natijalari baholanadi va ish haqiga 100% gacha ustama berilishi mumkin.

Murojaat uchun tel.: (+998 55) 506-70-07,
E-mail: [email protected]

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Charxnovza MFY, 17-uy, Renessans ta’lim universiteti binosi, 1-qavat, 107-xona.
👏6👍3🔥2💯21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETIDA
2025-YIL SENTABR OYI SARHISOBI


2025-yil sentabr oyida Renessans ta’lim universitetida ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va xalqaro yo‘nalishlarda  qator muhim tadbirlar amalga oshirildi:

1-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tabrik.

2-sentabr
Renessans ta’lim universitetida “AY MUN” (Model United Nations) tashabbus guruhi tomonidan konferensiya tashkil etildi.

3-sentabr
Bolalikdagi niyatim haqiqatga aylandi.

3-sentabr
Renessans ta’lim universitetida yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir.

4-sentabr
“Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

8-sentabr
Renessans ta’lim universiteti va Oʻzbekiston “Jump Rope”  federatsiyasi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

11-sentabr
Renesans ta’lim universitetida casting bo'lib o'tdi.

11-sentabr
Interaktiv texnologiyalar zamonaviy ta’limning ajralmas qismi.

12-sentabr
Renessans ta’lim universitetida hamkorlik pedagogikasiga asoslangan ochiq muloqot platformasi ishga tushdi.

12-sentabr
Ma’naviyat va huquqiy ong – yoshlar tarbiyasining asosi.

13-sentabr
Renessans taʼlim universitetida "Finlandiya taʼlim laboratoriyasi" tashkil etildi.

16-sentabr
Xurshid Choriyev – xalqaro toifadagi sport ustasi, ko‘plab musobaqalar g‘olibi.

17-sentabr
Renessans ta’lim universiteti talabalari uchun sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

18-sentabr
Yangi g‘oyalar, aniq yechimlar: Renessans ta’lim universiteti professori ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.

20-sentabr
Samarali jamoani shakllantirish bo‘yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.

24-sentabr
“Pedagogik taʼlimning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

24-sentabr
Renessans ta’lim universitetida xitoy tili kurslari yo‘lga qo‘yildi.

24-sentabr
Renessans ta’lim universiteti vakillari “ICT Week Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

25-sentabr
Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga start berildi.

26-sentabr
Yoshlar akademiyasi liderligiga munosib nomzodlar saralandi.

27-sentabr
Zakovat – bilim, mantiq va tafakkur maydoni.

30-sentabr
Renessans taʼlim universitetida O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi.

Renessans ta’lim universitetiga yangi rektor tayinlandi.

🏛 Renessans ta’lim universiteti Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👏10👍3🔥3😱2
2025/10/19 14:51:23
Back to Top
HTML Embed Code: