Telegram Web Link
Talabalarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalari oshirildi

Renessans ta’lim universiteti talabalari “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani doirasida Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Unda Zilzilalar tarixi muzeyida o‘tgan davrlarda sodir bo‘lgan zilzilalarning og‘ir oqibatlari bilan tanishildi.

Mashg‘ulotlar davomida tutunli xona sharoitida harakatlanish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ekologik muammolarni baholash, yong‘in xavfi paytida xavfsiz chiqish yo‘llarini aniqlash, shuningdek, zilzila trenajyorlarida to‘g‘ri harakat qilish qoidalari amalda sinovdan o‘tkazildi.


Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari talabalarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, xavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda kelgusida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu kabi amaliy tadbirlarning muntazam tashkil etilishi yoshlarda mas’uliyat hissini oshirish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍7👏2🔥1
E’LON

Ham o‘rganing, ham sayohat qiling!

Renessans ta’lim universiteti talabalari uchun akademik mobillik dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasida o‘quv kurslarida ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.

👥 Kimlar uchun? Universitetimiz talabalari uchun.
🧭 Kurs qanday yo’nalishlarni qamrab oladi? Elektron tijorat, logistika, sun’iy intellekt, robototexnika kabi yo’nalishlar
.

🔢 Qamrov: 40 nafar talaba, shuningdek, universitetimiz tomonidan 2 nafar o’qituvchi ularga hamrohlik qiladi.
Qachon: 2025-yil 5–20-dekabr kunlari (rejalashtirilmoqda)

🔽Dastur nimalarni o‘z ichiga oladi?
✔️dunyoga mashhur Alibaba, Zhejiang Telecom, Shaoxing China Telecom kabi kompaniyalarga ekskursiyalar;
✔️zamonaviy texnologiyalar yaratiladigan zavodlar, ma’lumotlar qayta ishlanadigan “Data Centre”larga tashrif;
✔️qiziqishga qarab seminar va maʼruzalarda ishtirok etish, taniqli shaxslar bilan muloqot qilish, xitoy tilini o‘rganish, master-klasslar imkoniyati;
✔️madaniy dastur ham mavjud bo’lib, diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtiriladi.


Ishtirokchilar uchun Xitoy tomoni hisobidan o‘quv kurslari, turar joy (standart, ikki kishilik xonalar), bepul halol ovqatlanish, ichki transport, bepul SIM kartalar ta’minlanadi.

Talabalar tomonidan borish-kelish xarajatlari, tashkilotchilar – Xitoy tomoni uchun u yerga borganda bir martalik 150 AQSh dollari miqdorida to‘lov qilish kerak bo’ladi (kutib olish, kuzatib qo’yish xarajatlari).
O‘quv dasturida ishtirok etgan talabalarga o‘tilgan kurslar va ularning soatlari ko‘rsatilgan maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

Talablar:
amaldagi xorijga chiqish pasporti;
universitetda tahsil olayotgan bo‘lishi.

❗️Arizalar ko‘rib chiqiladi, zaruratga ko‘ra esa, suhbat yoki qo‘shimcha savollar bo‘lishi mumkin.

Hujjat topshirish muddati:
30-oktabr 2025, soat 17:00

🗣 Qanday murojaat qilinadi?
Talabgorlar Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga (asosiy bino, 7-qavat) murojaat qiladilar.

📞 Aloqa uchun telefonlar:
+998 55-506-70-07 (ichki: 1020);
+998 90-974-74-59

Shoshiling, joylar soni chegaralangan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍3🤩2🏆1
O‘zbek tilim – o‘zligim tilim

Renessans ta’lim universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O‘zbek tilim – o‘zligim tilim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli jurnalist va shoir Shodmonqul Salom, shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Nuroniy” gazetasi hamda “Keksalik gashti” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, shoir Bahodir Obid ishtirok etdi.

Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, shuningdek, til va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni ifoda etishdagi o‘rni, ma’naviy boyligi hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatini keng yoritishdan iborat bo‘ldi.


Ishtirokchilar tomonidan o‘zbek tilining tarixiy shakllanish bosqichlari, davlat tili maqomini olganidan keyingi rivojlanish jarayonlari, shuningdek, so‘nggi yillarda ona tilimizni asrab-avaylash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Shoir Shodmonqul Salom o‘z nutqida ona tilining inson ma’naviyatidagi o‘rni, millat g‘ururi va o‘zligining ifodasi sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shoir Bahodir Obid esa o‘zbek tilining so‘z boyligi, ohangdorligi va ifoda imkoniyatlari haqida fikr bildirib, yoshlarni ona tilini chuqur o‘rganishga va uni e’zozlashga chaqirdi.


Yakunda mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ishtirokchilarda ona tiliga mehr, so‘zga ehtirom va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆4👍3🔥2
Renessans ta’lim universitetida har juma – “Milliy liboslar kuni”

Xabaringiz bor, milliylikni keng targ‘ib qilish maqsadida yangi tashabbus yo‘lga qo‘yilgan. Endilikda har juma kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari milliy libosda ishga kelishi urfga aylanmoqda.

Bu an’ana milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, xalqona an’analarimizni asrab-avaylashga qaratilgan. Universitet jamoasi ushbu tashabbus orqali yosh avlodda milliy iftixor tuyg‘usini oshirish, madaniy merosimizni asrash va uni keng ommaga yetkazishni maqsad qilgan.


Milliy liboslar o‘ziga xos uslub va nafislik, o‘zbek xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiradi. Shu bois, har juma kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan kiyilgan qadimiy do‘ppilar, atlas va adras kiyimlar hamda zardo‘zi liboslar muhitga yanada joziba bag‘ishlaydi.

Renessans ta’lim universiteti milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini saqlagan holda, ta’lim maskanining o‘ziga xos an’anasini yaratmoqda.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21
#Respublika_konferensiyasi

Renessans ta’lim universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkaziladi

Eslatib o'tamiz, ertaga
, 24-oktabr kuni Renessans ta'lim universitetida “Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish: raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi.

📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

🔹 Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar: o‘qitishda zamonaviy usullar va ularning samaradorligi;
🔹Raqamli ta’lim resurslari va platformalar: LMS tizimlari, onlayn kurslar va elektron darsliklar;
🔹 Ta’limda sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalar: sun’iy intellekt asosida adaptiv o‘qitish tizimlari;
🔹 Dizayn va axborot texnologiyalari: grafika va multimedia dizayni orqali ta’lim samaradorligini oshirish.

📌Manzil: Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

Barcha oliy talim muassasalari olimlari, tadqiqotchilari va talaba-yoshlarni ushbu konferensiyaga taklif etamiz.


Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1
Renessans ta’lim universitetida “Zakovat ligasi”ning 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi

Intellektual bahslarning 2-tur o‘yinlari yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, jamoaviy hamjihatlik hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdi.

Musobaqaning navbatdagi 3-tur o‘yinlari ertaga, 24-oktabr kuni, soat 14:00 da boshlanadi. Unda universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar hamda boshqaruv xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.


Intellektual o‘yin Renessans taʼlim universiteti Filologiya va tarix fakulteti binosida bo'lib o'tadi.

📌Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Orzu MFY, Beruniy 2-uy.

Ishtirok etish uchun quyidagi Telegram manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @temsai13

O‘yin natijalari va yangiliklari ushbu Telegram kanalida doimiy berib boriladi:👇
@Zakovat_RTU

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2
2025/10/24 02:25:28
Back to Top
HTML Embed Code: