Xalqaro konferensiya doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olim va mutaxassislar o‘zining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Jumladan:

🔹Webster universiteti professori Emilda Josephine (Hindiston) “Ingliz tili darslarida fonetik artikulyatsiya modellarini tarjima qilish” mavzusida ma’ruza qildi. Unda u fonetika o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar va ularni talabalarning nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirish masalalarini yoritdi.

🔹 Misrning Al-Azhar universiteti professori Ali Abdelzahir Abu Amra Hassan “Til va adabiyotni o‘qitishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi chiqishida o‘qitish metodikasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishning samarali usullari haqida so‘z yuritdi.


🔹 Qozog‘istonning Qo‘rqit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti professori Janbershiyeva Uljan Naxat “Qorqit kuylarining sakral (muqaddas) mohiyati va badiiy xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qilib, xalq og‘zaki ijodining madaniy va ma’naviy ildizlarini tahlil qildi.

🔹 Qirg‘iziston xalqaro universiteti prorektori Jildiz Omurzakova “Qirg‘izistonning zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida bilingval va polilingval ta’lim jarayonida til madaniyatini shakllantirish masalasi” mavzusida so‘z yuritib, ko‘p tillilik sharoitida ta’lim sifatini oshirish tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.


🔹 Turkiyaning Anqara universiteti professori Aynur O‘z O‘zjon “Turkiyada o‘zbek tili taraqqiyoti va o‘qitish jarayoni” mavzusidagi ma’ruzasida o‘zbek tilining turkiy tillar o‘rtasidagi o‘rni hamda uni o‘qitishdagi zamonaviy uslublar haqida ma’lumot berdi.

🔹 Qirg‘izistonning K.Karasayeva nomidagi Bishkek davlat universiteti professori Mira Murataliyeva esa “Sun’iy intellekt davrida pedagogning raqamli savodxonligi va nutq madaniyati” mavzusida so‘z yuritib, raqamli texnologiyalar ta’sirida ta’lim jarayonida pedagoglar kompetensiyasini oshirish yo‘llarini tahlil qildi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning dastlabki kuni yakunlandi

Renessans ta’lim universitetida “Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning dastlabki kuni yakuniga yetdi.

Tadbir davomida tilshunoslik, adabiyotshunoslik va ta’lim sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan filologiya fanining zamonaviy yo‘nalishlari, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.


Mazkur konferensiya sohada ilmiy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, xorijiy va mahalliy olimlar o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim platformaga aylandi.

Nufuzli tadbirda AQSh, Germaniya, Rossiya, Finlandiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Tojikiston, Ozarbayjon kabi 15 dan ortiq davlatlarning 50 dan ziyod yetakchi olim va mutaxassislari, shuningdek, mahalliy vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.


Xalqaro anjuman ertaga o‘z ishini davom ettiradi. Shuningdek, mehmonlar Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖 Kitob – bilim, tafakkur va ma’naviyat manbai

Kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiladi. Bugungi axborot asrida kitob o‘qish bilim olish, mustaqil fikrlash, tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish madaniyatini shakllantirishning eng samarali yo‘lidir.

Shu maqsadda Renessans ta’lim universitetida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, muntazam ravishda kitob ko‘rgazmalari tashkil etib kelinadi. Unda turli sohalarga oid zamonaviy adabiyotlar, ilmiy-nazariy manbalar va milliy merosimizni aks ettiruvchi an’anaviy asarlar talabalarga namoyish etiladi.


Universitetimizda “Har kuni bitta kitob”, “Sevimli muallifim”, “Kitob taqdimoti” kabi loyihalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular yoshlarimizning kitobga bo'lgan mehrini oshirishga xizmat qilmoqda.

Navbatdagi kitoblar ko‘rgazmasi ham talaba-yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilar yangi nashrlar bilan tanishish va foydali tavsiyalar olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Renessans ta’lim universiteti jamoasi muntazam kitob mutolaasini targ‘ib qilish, o‘qish madaniyatini talabalar hayotining ajralmas qismiga aylantirishga intilmoqda. Zero, kitob o‘qish hayotga to‘g‘ri qarash, ma’naviyat va tafakkur mezonidir.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3👍2
“Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari” xalqaro konferensiyasi doirasida yo‘nalish majlislari o‘tkazildi

Konferensiyasida ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalar almashish hamda soha taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yangi tashabbuslarni ilgari surish maqsad qilingan.

Konferensiya dasturidan o‘rin olgan tematik majlislarda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari, nufuzli ilmiy markazlar olimlari va malakali mutaxassislar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.


Filologiya sohasiga oid muhim ilmiy muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar bidirildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yosh tadqiqotchilar faoliyatini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur konferensiya ishtirokchilarga ilmiy salohiyatini namoyon etish, o‘zaro fikr almashish va xalqaro miqyosdagi ilmiy muloqot muhitida o‘z qarashlarini ifoda etish imkonini berdi.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1🎉1💯1🏆1
Xalqaro konferensiya tafsilotlari Renessans ta’lim universiteti axborot maydonida keng yoritilmoqda

“Filologik tadqiqotlar taraqqiyoti va ta’lim muammolari”
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yo‘nalish majlislari, ilmiy taqdimotlar va xorijiy hamkorlar ishtirokidagi ma’ruzalar Renessans ta’lim universitetining rasmiy sahifalarida batafsil yoritib borilmoqda.

Konferensiya jarayonlari aks etgan foto va videomateriallar, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari hamda asosiy voqealar muntazam ravishda e’lon qilinmoqda.


Shuningdek, universitetimiz faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, xalqaro aloqalar, ta’lim sifati va ilmiy tadqiqotlarga doir ma’lumotlar tezkor tarzda yoritilmoqda.

Renessans ta’lim universitetining rasmiy sahifalarini kuzatishda davom eting. Eng so‘nggi yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling.

Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2🎉1
2025/10/19 01:41:27
Back to Top
HTML Embed Code: