Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Hurmatli hamkasblar va aziz doʻstlar!

📚Respublika taʼlim markazi jamoasi nomidan sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz!

📎2024-yil yutuqlarga, yangiliklarga va koʻplab ezgu ishlarimizga boy boʻldi. Siz bilan birgalikda qoʻlga kiritgan natijalarimiz va erishgan yutuqlarimiz biz uchun katta iftixor manbai boʻlib, bu bizni kelgusida ham yanada yuksak marralarni zabt etishga undaydi.

🎉Yangi yilda sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt va omad yor boʻlishini tilab qolamiz. Taʼlim sohasidagi faoliyatimiz yangi marralar sari olib borishi va yosh avlodning porloq kelajagini taʼminlashda qoʻshayotgan hissamiz yanada boy boʻlishiga ishonamiz.

🎄Kelayotgan yil har bir xonadonga quvonch, farovonlik va baxt keltirsin!


Yangi yil muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Respublika taʼlim markazi jamoasi
👍30👏3👌32
#Ommalashtirish

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan "Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar-2024" jurnalining navbatdagi sahifasi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍15👏31👌1
#ислоҳотлар_янги_йилда
#eslatma

Kirib kelgan yangi — 2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir qator tartib va yangiliklar amaliyotga joriy etiladi. Quyida qonunchilik hujjatlaridagi muhim oʻzgarishlarni sizga eslatib oʻtamiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan:

2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi;

2025-yil 1-yanvardan — qamrov darajasi past boʻlgan maktablar boʻsh turgan yer uchastkalarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi;

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan:

2025-yil 1-yanvardan — kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

2025-yil 1-yanvardan — nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya berish tartibi joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi;

2025-yil 1-yanvardan — umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi va daromad solig‘idan ozod etiladi;

2025-yildan — 5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yildan — asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍232👌2👏1
#Ommalashtirish

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan "Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar-2024" jurnalining navbatdagi sahifasi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍10👏32👌2
#Эълон

Hurmatli ustozlar!


📣2024-2025 o‘quv yili uchun taqvim-mavzu rejalar hamda darsliklarni Respublika ta'lim markazining rasmiy telegram sahifasi orqali yuklab olishingiz mumkin.

📲Barcha oʻquv metodik majmualarning elektron variantlari (oʻzbek, rus va qardosh tillarida) joylanib borilmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍135👏1👌1
2025/07/12 15:39:21
Back to Top
HTML Embed Code: