Telegram Web Link
Forwarded from Hilola Umarova
Xushxabar

Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilarimiz uchun ajoyib yangilik.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

#davlat_tili #ustama

@hilola_umarova
👍16👏71
MATEMATICS WORKBOOK G5 P2 RUS.pdf
16.9 MB
📋Рабочая тетрадь по Математике для 5 классов 2-часть

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍7👏1
#onlayn_seminar

⚙️ Texnologiya fanidan onlayn seminarda ishtirok eting! ▶️

📚 Respublika ta'lim markazi "Transformers Education" va "Robotronix uz " o'quv markazlari bilan hamkorlikda
🗓 2025-yil 13-, 14-, 15-fevral kunlari
17: 00 da 6-7-sinf Texnologiya fani darslik mavzulari asosida onlayn o'quv-seminar o'tkaziladi.

🌐 Qatnashish uchun ⬅️

🖥 O'quv-seminar mavzulari

Robototexnikaga kirish. Arduino va uning imkoniyatlari;
Loyiha ishi: Svetofor maketini yasash va ishlatish;
Arduinoda zummer orqali nota ohanglarini hosil qilish


🎙 Moderator: Nilufar Alovddinova - Respublika ta'lim markazi amaliy fanlar bo'limi boshlig'i
🔊Spiker: Bekmurod Abdusamatov - "Transformers Education" o'quv markazi menejeri,
🔊Qo‘chqorov Ahliddin Mirzohid o‘g‘li "Robotronix uz "o'quv markazi rahbari

✔️ Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram|📹 You Tube| Facebook|🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️“Davlat va huquq asoslari” fani doirasida qanday yangiliklar boʻlmoqda

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 532-sonli qaroriga asosan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

🔹 Umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchilari o'rtasida "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovini o'tkazish.

🔹O‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi.

🔹"Yosh huquqshunos" ko'rik-tanlovi va "Huquqiy zakovat" intellektual o'yinini tashkil etish. Davlat va huquq asoslari fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan "Huquq sinflari"ni tashkil etish.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍133👏1👌1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Energiya sarfi savodxonligi yuzasidan xalqaro hamkorlik loyihalari

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda "Energiya sarfi savodxonligi" mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, mas'ullar hamda ustozlar ishtirok etishdi.

📍 Sherzod Karimov o‘z so‘zida yoshlarga energiyadan oqilona foydalanishni erta davrdan boshlab o‘rgatish, bu boradagi mahalliy va xorijiy tajriba haqida to‘xtalib o‘tdi.

Treningda Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi xalqaro eksperti Yukinori Yanagida ham qatnashdi va energiya sarfi savodxonligi yuzasidan xalqaro hamkorlik loyihalarini alohida ta'kidladi.

🔰Ma'lumot o‘rnida: 2024-yili sinov tariqasida 10 ta maktabda Ene-Kids.uz dasturi joriy etilgan. Unda 380 nafar o‘quvchi va ularning 1626 nafar oila a’zolari loyihada ishtirok etishdi. Natijada, haftasiga 1,86 MWh elektr energiyasi va 113 kub metr suv tejaldi.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur loyiha 5-11-sinf o‘quvchilariga joriy etilganda, bir haftada O‘zbekistondagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasining 20 soatda ishlab chiqargan elektr energiyasi va 1800 ta olimpiada basseynlarini to‘ldirishga yetadigan suv tejab qolinishi mumkin.

Seminar-treninglar Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida 3 kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👌3👏1
U haqda parcha maʼlumot:

"... Adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor bo‘lgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qo‘ygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida bo‘ldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko‘rgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz bo‘lmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi..."

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

✔️ Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram|📹 You Tube| Facebook|🌐Instagram
👍10👌32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ANONS:
Endi Respublika Taʼlim Markazining faoliyati bilan xabarlar, dayjestlar, stend va videomaʼlumotlar orqali tanishib borasiz.
5👍5👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari


Respublika taʼlim markazi axborot xizmati
3👍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#36_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Chigʻatoy ulusining tashkil topishi va tariximizdagi oʻrni" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Chigʻatoy ulusining tashkil topishi va tariximizdagi oʻrni aks ettiriladi.

Davomi bor...
👍114👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 O‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari
(kun davomida)

©️ Respublika taʼlim markazi axborot xizmati

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👌6👏54
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari
(Hafta davomida)

Respublika taʼlim markazi axborot xizmati

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍21👏32👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4 DAQIQA (No comment)

O‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari



Respublika taʼlim markazi axborot xizmati
👍22👏3👌21
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajagingiz aynan shu yerda boshlanadi!

Aziz yoshlar, orzulari osmon qadar yuksak bo‘lgan yoshlar!

Ta’lim – inson va butun bir millat taqdirini belgilaydigan eng qudratli vositadir. Bugun O‘zbekistonda siz uchun eng yaxshi sharoitlar yaratilmoqda.

Bularning bari siz — kelajakning buyuk ilm ahllari va yetakchilari uchun!


📍 “Yangi O‘zbekiston” universiteti – bu faqat ta’lim emas, balki kelajak sari ishonchli qadam demakdir.

Bu yerda darslar zamonaviy global ta’lim muhiti asosida olib boriladi. Sizga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya hamda Xitoydan yetakchi professor-o‘qituvchilar saboq beradi.

Bu – sizning imkoniyatingiz! Uni qo‘ldan boy bermang. Yuksak darajadagi ta’lim endi sizning yoningizda.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#39_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Amir Temurning siyosat maydoniga chiqishi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Amir Temurning siyosat maydoniga chiqishi aks ettiriladi.

Davomi bor...
👍15
2025/07/11 21:49:31
Back to Top
HTML Embed Code: