Telegram Web Link
Forwarded from Hilola Umarova
Buyuk Britaniya safari: yangi kelishuv va hamkorliklar

Vazirlik delegatsiyasi bilan Buyuk Britaniyaga safar qilib, Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.

Dunyodagi 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari qatnashgan ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida qator uchrashuvlar ham o‘tkazdik. Safar va undagi uchrashuv, natijalar haqida qisqacha ma’lumot bersam.

ICESCO tashkiloti bosh direktori Salim al Malik bilan uchrashib istiqboldagi hamkorlik, birgalikda ta’lim yo‘nalishiga doir xalqaro konferensiya o‘tkazishni muhokama qildik.

Cambridge University Press & Assessment tashkiloti bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini transformatsiya qilish va mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga oid kelishuv imzolandi.

Vazirlik va VSO (Volunteers Services Overseas) tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, yurtimizdagi umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilar jalb qilinadi.

Buyuk Britaniya Parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari — Erta yoshdagi bolalar ta’limi vaziri Stiven Jeyms Morgan bilan bolalarni sog‘lom ovqatlantirish yo‘nalishidagi ishlar, istiqboldagi rejalar haqida ham fikr almashdik.

Safarimizning unutilmas uchrashuvlaridan biri O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi sovrindorlari bilan muloqotimiz bo‘ldi. Harakatchan, ilmga chanqoq qorako‘zlarimiz bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari yaqinda imzolagan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirishga oid farmon, unda yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida gaplashdik.

Bundan tashqari Kembrij shahrida “Maktab liderligini rivojlantirish” dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan maktabgacha va maktab ta’limi tizimi vakillari bilan ham uchrashishga ulgurdik.

@hilola_umarova
👍10
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli oʻquvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!

Bugun barchangizning qalbingizda oʻzgacha his-tuygʻular kechayotganini, katta hayot ostonasida turib oʻz kelajagingiz uchun turli rejalar tuzayotganingizni yurakdan his qilib turibman.

Maktab — oila kabi har biringizning hayotingizda katta oʻrin egallagan. Sinfdoshlaringiz oʻrtasidagi mehr-oqibat va samimiy doʻstlik tuygʻulari kelgusida ham bardavom boʻlishiga ishonaman.

Joriy oʻquv yili yakunida respublikamizdagi oʻn mingdan ziyod maktablarning 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar yigit va qizlar tugatishmoqda. Aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanishadi.

Albatta, bu yutuqlar sizlarning hayotingizda dastlabki muvaffaqiyatdir. Kasbingiz ortidan erishadigan mukofotlaringiz va hayotdagi boshqa zafarlaringiz hali oldinda. Bu yoʻlda barchangizga katta omadlar tilab qolaman.

Bugun chalinadigan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari bir umrga yuragingizdan joy olishiga ishonaman. Uning jarangdor sadolari hamisha begʻubor yoshlik va oʻquvchilik davringizni yodga solib turishi shubhasiz.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman, aziz bitiruvchi yoshlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


@hilola_umarova
👍6👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga tabrigi
#23may

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍5👏1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokamasi

Tasviriy san'at va chizmachilik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturi takomillashtirilmoqda

🗓 Tasviriy san‘at va chizmachilik fanlaridan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

🔖Muhokamalarda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

o‘quv maqsadlarining zamonaviy talablarga mosligi;
ijodiy fikrlash va estetik didni shakllantirish;
bolalarning amaliy san’atga qiziqishini oshirish.

👩‍🎨Ushbu takomillashtirilayotgan dastur orqali o‘quvchilar san’atni nafaqat chizish, balki tushunish va his qilishni o‘rganishadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏2👌21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokamasi

⚖️Davlat va huquq asoslari: huquqiy bilimlarga zamonaviy yondashuv

🗓 Respublika ta’lim markazida Davlat va huquq asoslari fanidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, metodistlar, amaliyotchi o‘qituvchilar va sohaga oid ekspertlar ishtirok etshdi.

🔖 Muhokamada o‘quvchilarda huquqiy savodxonlikni shakllantirishga  xizmat qiladigan, hayotiy misollar va amaliy topshiriqlarga asoslangan o‘quv dastur loyihasi muhokama qilindi.

🎯Maqsad — o‘quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantiruvchi ta’lim mazmunini yaratishdir.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍41
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

◀️Bugun, 27-may kuni yurtimizning barcha umumtaʼlim maktablarida 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyoti fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Eslatib o‘tamiz, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;

Davlat tili fani (taʼlim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;

Matematika fanidan — yozma va og‘zaki;

O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;

Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.


😎Bitiruv imtihonlari (jismoniy tarbiya fanidan tashqari) 2025-yil 27-maydan 10-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

❤️ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_muhokamasi

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv dasturi takomillashtirilmoqda


🖥 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan Respublika ta’lim markazida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari — fan mutaxassislari, amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar hamda sohaga oid ekspertlar ishtirok etishdi.

💬Muhokamada informatika va axborot texnologiyalari fanining zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqamli texnologiyalardan maqsadli va xavfsiz foydalanish, algoritm va dasturlash asosida mantiqiy fikrlash, ma'lumotlarni boshqarish mexanizmlarini o'rganish orqali tahlil qilish, asosli qarorlar qabul qilish hamda robototexnika va sun'iy intellekt elementlari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mazmunan boy, qiziqarli va amaliyotga yo‘naltirilgan dastur asosida o‘qitilishini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏21👌1
Markaz telegram kanalini yanada manfaatli qilish maqsadida bizni qaysi soha vakillari koʻproq kuzatayotganligini aniqlamoqchimiz. So'rovnomadagi ishtirokingiz har ikki tomon rivoji uchun muhim!

Faol bo'ling! Siz qaysi yo'nalishda faoliyat yuritasiz?
Anonymous Poll
77%
O‘qituvchiman
2%
Tarbiyachiman
8%
Rahbar xodimman
7%
O‘quvchiman
1%
OAV vakiliman
5%
Boshqa soha
📣 Sizni qiziqtirayotgan savollar bormi? Biz eshitamiz!

📚 Respublika ta’lim markazida ta’lim mazmunini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

🤔Sizda shu jarayonlarga oid savollar, takliflar yoki fikrlar bormi?

📥Ularni bizga @RTM_savol yo‘llang.

🔈Siz tomoningizdan bildirilgan fikr va takliflar mutaxassislar e’tiborida bo‘ladi.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

♻️Ekologik madaniyat – ta’limdan boshlanadi

📍 Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Respublika ta’lim markazi Tabiiy fanlar bo‘limi boshlig‘i Eldor Ochilov ishtirok etdi.

Bilasizmi:
🔹 umumta’lim maktablarida ekologiya va ekologik madaniyatga oid 380 soatdan ortiq dars mavjud;
🔹 “Ilk qadam” dasturi orqali esa bog‘cha yoshidagi bolalarda eko-odatlar shakllantirilmoqda.

📹Batafsil videoda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102👏1👌1
📰📰📰📰📰📰📰
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali bilan hamkorlikda boshlangʻich sinflarda nemis tilidan dars beradigan oʻqituvchilar uchun metodik oʻquv seminari tashkil etildi.


Tadbir Gyote instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan “Hans Hase” oʻquv-metodik materiallari bilan tanishtirish va ular asosida nemis tilini kichik yoshdagi oʻquvchilarga oʻrgatishda ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha mahorat darsi formatida boʻlib oʻtdi.


📊 Unda Respublikamiz bo'ylab 24 nafar nemis tili oʻqituvchilari qamrab olindi. Treninglar soʻnggida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 22:03:08
Back to Top
HTML Embed Code: