Telegram Web Link
#Vazir_soati

Maktabgacha taʼlim boshqaruvida ham “Direktorlar kengashi” ish tajribasi joriy etiladi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida umumtaʼlim maktablarida musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fanlarini oʻqitishni rivojlantirish, oktabr-noyabr oylarida oʻtkazilgan navbatdagi malaka sinovlari yakunlari hamda “Jadidlar izidan” tanlovining hududiy bosqich jarayonlariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

❗️Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda imzolangan musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fanlarini oʻqitishni rivojlantirishga bagʻishlangan qator qarorlar ijrosiga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.


Qayd etilganidek, musiqa va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ham malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy etilib, u ikki bosqichda (nazariy, amaliy) amalga oshiriladi. CHQBT va Jismoniy tarbiya fani oʻquv dasturlari toʻliq qayta koʻrib chiqilib, takomillashtiriladi.

Joriy yilning oktabr-noyabr oylarida oʻtkazilgan navbatdagi attestatsiya jarayonlarida 144 928 nafar (98,1 foiz) pedagog ishtirok etdi. 18,3 ming nafar pedagog navbatdagi majburiy, 136,1 ming nafar pedagog navbatdan tashqari, 19,3 ming nafar pedagog toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sinovlarida qatnashish uchun hujjat topshirgan.


Vazir Hilola Umarova yigʻilish davomida maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va xodimlari malakasi hamda tizim samaradorligini yanada oshirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Umumtaʼlim maktablarini boshqarish amaliyotida keng qoʻllab kelinayotgan “Direktorlar kengashi” ish tajribasini maktabgacha taʼlim tizimida ham joriy etish va bu orqali bogʻcha direktorlarini tayinlash tizimini yanada takomillashtirish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1841

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
#Yaponiya_bilan_Hamkorlik

🕹 Joriy yilning 22-noyabr kuni Respublika ta’lim markaziga Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Ta’lim bo’yicha ekspert (Tatsuya Nagumo, Naoki Takahashi va Vanessa Ozawa)lari tashrif buyurib, markaz faoliyati, O‘zbekistondagi ta'limi tizimi, Davlat ta’lim standarti, Milliy o'quv dasturlari va yangi nashrdagi darsliklar bilan tanishdi.

🖥(JICA) Ta’lim bo’yicha ekspertlar bilan kelgusidagi Yaponiya va O‘zbekiston ta'lim dasturlari yuzasidan istiqboldagi rejalar xususida kelishib olindi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍15
#Xalqaro_hamkorlik

🕹Joriy yilning 20-23-noyabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Janubiy Koreya ishtirokidagi Koreyashunoslik  akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Taʼlim sohasida Markaziy Osiyo va Janubiy Koreya mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida Respublika taʼlim markazi Ijtimoiy fanlar boʻlim boshligʻi N. Hakimov oʻz taqdimoti bilan ishtirok etdi.

📋Ushbu konferensiyani oʻtkazishdan asosiy maqsad barcha davlatlar taʼlim sohasida oʻzaro samarali tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍10
Президент Шавкат Мирзиёев Янгиҳаёт туманидаги Хушнуд маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги ўзгаришлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Хушнуд Янгихаётского района и ознакомился с произошедшими здесь изменениями.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#24_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi aks ettiriladi.

Davomi bor...
👍9
#Konferensiya

🕹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi Tabiiy fanlar bo‘limi tomonidan 2024-yil 15-noyabr kuni  “Tabiiy fanlar: amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning zamonaviy usullari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilganidan xabaringiz bor. 

📲Ushbu to‘plam ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, bakalavr bosqichidagi talabalar hamda kimyo, biologiya, fizika, geografiya, iqtisod sohalariga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍7👏1
2025/07/13 22:08:04
Back to Top
HTML Embed Code: