Telegram Web Link
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent shahar hokimligi bilan poytaxtimizdagi umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglari bilan uchrashdik.

Hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi muammolar, yechimini kutayotgan masalalar, oldinda turgan vazifalarni muhokama qildik. Ta’lim sifati, tashkiliy muammolar, yangi baholash tizimi bilan bog‘liq masalalar gaplashildi.

Yig‘ilish avvalida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tegishli tumanlar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshlig‘i lavozimiga tayinlangan yangi rahbarlarni jamoaga tanishtirdik. Aksariyati namunali maktablardan chiqqan, tashabbuskor pedagoglarimizga ishonch bildirildi.

Yig‘ilishda bog‘chalarimiz bilan bog‘liq masalalar, yangiliklar ham muhokama qilindi. Birgina misol keltirsam, endilikda bog‘chalar uchun yangi tizim qilinadi, navbat kutib turgan ota-onalar uchun eng yaqin hududda qaysi bog‘chada bo‘sh joy borligi haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq ma’lumotlar joylab boriladi. Bog‘cha va maktablar faoliyatidagi ko‘p masalalar raqamlashtiriladi, jamoatchilik uchun shaffoflashadi.

Bugun biz yig‘ilishda ko‘proq muammolarga e’tibor qaratdik, aslida fidoyi rahbarlar ham ko‘p, ulardan minnatdormiz. Umid qilamanki, bugungi muloqotimiz tizim xodimlari uchun manfaatli bo‘ldi.

Yaqindan hamkorlik uchun Toshkent shahar hokimligiga ham minnatdorlik bildiraman.

Hududlar bo‘ylab muloqotlarimiz esa davom etadi.

@hilola_umarova
👍12
#Ommalashtirish

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan "Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar-2024" jurnalining navbatdagi sahifasi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍10
#Ommalashtirish

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan "Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar-2024" jurnalining navbatdagi sahifasi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍8
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara toʻlamasligi belgilandi.

Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitish zarurligi taʼkidlandi.

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Ommalashtirish

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan "Respublika miqyosida ommalashtirilgan ishlar-2024" jurnalining navbatdagi sahifasi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍51👌1
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni, buyuk shoir hamda davlat arbobi Mir Alisher Navoiy o‘zining takrorlanmas ijodi bilan o’zbek adabiyoti tarixida katta o‘rin egallaydi.

Navoiy ijtimoiy-siyosiy hayot hamda falsafiy yo‘nalishlarda qalam tebratgan va o‘z davriga oid dolzarb mavzularni ulkan badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

Uning insonlarni ilm olishga, o'z yurtini sevishga targ‘ib qiluvchi, mehr-muhabbat, o'zaro hurmat va ehtiromni tarannum etuvchi asarlari necha asrlardan buyon insonlarni hayratga solishda davom etmoqda. Ular bugungi kunda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Shubhasiz, Alisher Navoiy — tariximizdagi buyuk siymolardan biridir.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#35_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Najmiddin Kubro" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Najmiddin Kubro jasorati aks ettiriladi.

Davomi bor...
👍71
Forwarded from Hilola Umarova
Xushxabar

Maktablardagi oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilarimiz uchun ajoyib yangilik.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

#davlat_tili #ustama

@hilola_umarova
👍16👏71
MATEMATICS WORKBOOK G5 P2 RUS.pdf
16.9 MB
📋Рабочая тетрадь по Математике для 5 классов 2-часть

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍7👏1
#onlayn_seminar

⚙️ Texnologiya fanidan onlayn seminarda ishtirok eting! ▶️

📚 Respublika ta'lim markazi "Transformers Education" va "Robotronix uz " o'quv markazlari bilan hamkorlikda
🗓 2025-yil 13-, 14-, 15-fevral kunlari
17: 00 da 6-7-sinf Texnologiya fani darslik mavzulari asosida onlayn o'quv-seminar o'tkaziladi.

🌐 Qatnashish uchun ⬅️

🖥 O'quv-seminar mavzulari

Robototexnikaga kirish. Arduino va uning imkoniyatlari;
Loyiha ishi: Svetofor maketini yasash va ishlatish;
Arduinoda zummer orqali nota ohanglarini hosil qilish


🎙 Moderator: Nilufar Alovddinova - Respublika ta'lim markazi amaliy fanlar bo'limi boshlig'i
🔊Spiker: Bekmurod Abdusamatov - "Transformers Education" o'quv markazi menejeri,
🔊Qo‘chqorov Ahliddin Mirzohid o‘g‘li "Robotronix uz "o'quv markazi rahbari

✔️ Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram|📹 You Tube| Facebook|🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️“Davlat va huquq asoslari” fani doirasida qanday yangiliklar boʻlmoqda

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 532-sonli qaroriga asosan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

🔹 Umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchilari o'rtasida "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovini o'tkazish.

🔹O‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi.

🔹"Yosh huquqshunos" ko'rik-tanlovi va "Huquqiy zakovat" intellektual o'yinini tashkil etish. Davlat va huquq asoslari fani chuqurlashtirib o'qitiladigan variativ o'quv rejalari asosida zamonaviy ko'rgazmali o'qitish vositalari bilan ta'minlangan "Huquq sinflari"ni tashkil etish.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍133👏1👌1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Energiya sarfi savodxonligi yuzasidan xalqaro hamkorlik loyihalari

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda "Energiya sarfi savodxonligi" mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, mas'ullar hamda ustozlar ishtirok etishdi.

📍 Sherzod Karimov o‘z so‘zida yoshlarga energiyadan oqilona foydalanishni erta davrdan boshlab o‘rgatish, bu boradagi mahalliy va xorijiy tajriba haqida to‘xtalib o‘tdi.

Treningda Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi xalqaro eksperti Yukinori Yanagida ham qatnashdi va energiya sarfi savodxonligi yuzasidan xalqaro hamkorlik loyihalarini alohida ta'kidladi.

🔰Ma'lumot o‘rnida: 2024-yili sinov tariqasida 10 ta maktabda Ene-Kids.uz dasturi joriy etilgan. Unda 380 nafar o‘quvchi va ularning 1626 nafar oila a’zolari loyihada ishtirok etishdi. Natijada, haftasiga 1,86 MWh elektr energiyasi va 113 kub metr suv tejaldi.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur loyiha 5-11-sinf o‘quvchilariga joriy etilganda, bir haftada O‘zbekistondagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasining 20 soatda ishlab chiqargan elektr energiyasi va 1800 ta olimpiada basseynlarini to‘ldirishga yetadigan suv tejab qolinishi mumkin.

Seminar-treninglar Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida 3 kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👌3👏1
U haqda parcha maʼlumot:

"... Adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor bo‘lgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qo‘ygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida bo‘ldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko‘rgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz bo‘lmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi..."

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

✔️ Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram|📹 You Tube| Facebook|🌐Instagram
👍10👌32
2025/07/09 00:22:05
Back to Top
HTML Embed Code: