Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tili_fani_muhokamasi

🕹Ona tili fani o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari muhokama qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍12👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʼzbek_tili_fani_muhokamasi

🕹O‘zbek tili fani o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari muhokama qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍9👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rus_tili_fani_muhokamasi

🕹Rus tili fani o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari muhokama qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍8👏32👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nemis_tili_fani_muhokamasi
#Fransuz_tili_fani_muhokamasi

🕹Nemis tili va Fransuz tili fanlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlari muhokama qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍102👏1👌1
Forwarded from Hilola Umarova
Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.

Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.

Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

@hilola_umarova
👍23
Forwarded from Oliy Majlis Senati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining “Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Анонс

Yangi loyiha: "Xavfsiz bolalar"

1-qism.

"Bolajon" telekanali dasturlarida kuzatib boring.



🚦O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan ushbu loyiha bolalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish koʻnikmalarini shakllantirish, xavfsizlikni taʼminlash va ularga yoʻllarda oʻzini qanday tutish kerakligini oʻrgatishga qaratilgan.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Анон

"Xavfsiz bolalar"
2-qism.

"Bolajon" telekanali dasturlarida kuzatib boring.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Анон

"Xavfsiz bolalar"
3-qism.

"Bolajon" telekanali dasturlarida kuzatib boring.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍1
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatning 100 ta maktabida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha amalga oshirilmoqda.


Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichi finaliga yo‘llanma olgan eng yaxshi 14 nafar o‘qituvchilarni tabriklaydi.

Final bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tanlov finali quyidagicha bo‘lib o‘tadi:

📆  Sana: 2025-yil 25-aprel
🕐  Boshlanish vaqti: soat 10:00da
📍  Manzil: Toshkent shahri

Final bosqichida har bir ishtirokchiga shaxsiy dars berish tajribasi, uslublari va moliyaviy savodxonlikka oid bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatish bo‘yicha yondashuvlarini namoyish etish imkoniyati beriladi.

Tanlovda faxrli o‘rinlar egallaganlar mukofotlanadi:
  1-o‘rin – noutbuk
  2-o‘rin – smartfon
  3-o‘rin – planshet

Barcha finalchilar diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi va Markaziy bankning ambassadori sifatida tan olinadi.

Mazkur loyiha nafaqat o‘qituvchilar uchun kasbiy sinov, balki yosh avlodning moliyaviy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.

🌐@finlituzb | 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matematika
#5_6_sinflar_uchun

📣Yangi "AHA matematika" darsligi asosida ta’lim jarayoni tashkil etishda MRT-M-moddiy, R-rasmli, T-timsolli yondashuvi qo‘llaniladi.

🕹Bunda muayyan moddiy predmetlar ustida amaliy mashqdan boshlab, rasmda ifodalash, so‘ng timsolli (abstrakt) tushunchalar berib boriladi.

Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
👍11
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO shafeligidagi APCEIU bilan hamkorlikda barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

📍 Ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov, O‘zbekiston GCED o‘quv dasturini takomillashtirish qo‘mitasi (CDC) a’zolari, olimlar, metodistlar va amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar – Melburn universiteti professori Ester Care, PETA tashkiloti o‘qituvchisi Lea Espallardo, NISSEM ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Endi Smart va APCEIU rahbari o‘rinbosari Jeongmin Eom tomonidan mashg‘ulotlar tashkil etildi.


Unda barqaror rivojlanish, ta’limdagi ijtimoiy adolat, hamkorlik va fuqarolik kompetensiyalarini o‘quv dasturlariga qanday samarali joriy etish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar haqida so‘z yuritilmoqda.
Seminar-trening jarayonlari 1-mayga qadar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20
2025/07/12 19:21:16
Back to Top
HTML Embed Code: