Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Seminarning ikkinchi kuni: bilim, tajriba, ilhom

🔴Bugun 28-aprel kuni start olgan GCED CDI loyihasi doirasidagi xalqaro seminarning ikkinchi kuni yakunladi. Bu seminar O‘zbekiston ta’lim tizimini barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG 4.7) mos ravishda yangilashga xizmat qiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda YuNESKO huzuridagi APCEIU hamkorligida tashkil etilgan seminarda GCED O‘quv dasturini takomillashtirish qo‘mitasi, o‘qituvchilar, trenerlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Kun davomida ishtirokchilar barqarorlik, tinchlik, global fuqarolik, ijtimoiy adolat kabi mavzularni o‘quv dasturlariga qanday integratsiya qilish mumkinligini muhokama qildilar. Xalqaro ekspertlar tomonidan ilg‘or yondashuvlar va metodlar taqdim qilindi.

📌Eslatib o‘tamiz, seminar-trening 1-mayga qadar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiz bolaning vazifasi oʻqish emas, faqat roʻzgʻor, deya fikr yuritadiganlar, sizlarni “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan tanishtirishni xohlardim.

Loyiha atrofida birlashgan qizlar jamiyatimizdagi koʻplab ijtimoiy muammolarga befarq emas. Ular tabiatimiz, iqlimimiz, taʼlim va ijtimoiy hayotimizni yanada yaxshilash uchun qimmatli gʻoyalarini taklif etmoqda.

Gʻurur bilan aytamiz, 2021-yildan buyon anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Raqamli avlod” maʼrifiy loyihasi shu kungacha 7000 dan ziyod qizlarni kashf etdi. Loyiha ichida yaratilgan qanchadan-qancha gʻoya, startaplar yirik loyihalarga aylandi. Joriy yildagi qizlarimiz ham juda faol ishtirok etdi. Ularning ayrimlarini sizlarga tanishtirish uchun mana shu videorolikni ulashyapman. Havas qilishingizga ishonaman.

Aqlli qizlarim, sevimli singillarim, yildan yilga safingiz kengayaversin, sizlarni yaxshi koʻraman. Barcha loyihalarimiz zamirida sizlarning bilim-salohiyatingizni yuzaga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash maqsadi yotibdi!

@hilola_umarova
Президент Шавкат Мирзиёев Ал-Хоразмий университетини ташкил этиш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о создании Университета Аль-Хорезми.

#Mirziyoyev #taqdimot #universitet #AlXorazmiy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi;

Universitet faoliyatini strategik rivojlantirish maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri raisligida Kuzatuv kengash tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Kuzatuv kengashi tarkibi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

Universitetda taʼlim jarayoni 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi, talabalarni oʻqitish davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;

Universitetda taʼlim jarayoni Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boriladi;

V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali faoliyati Universitet binosida yoʻlga qoʻyiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti joriy qilinadi;

Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

Universitet huzurida Sanoat kengashi va salohiyatli talabalar uchun Sanoat hamkori stipendiyasi tashkil etiladi.

👉 Shuningdek, mazkur qaror bilan:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali tashkil etiladi va bu yerda oʻquv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha olib boriladi;

oʻquvchilar tanlovi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari boʻyicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;

ixtisoslashtirilgan maktabning muhandislik taʼlim dasturlari Al-Xorazmiy universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;

muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini Al-Xorazmiy universitetining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 2-bosqichdan davom ettirish imkoni yaratiladi.

@hilola_umarova
110-maktabga amaliy tashrif

Toshkent shahridagi 110-maktabda GCED CDI loyihasi doirasida amaliy tashrif bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida bir sinf darsi kuzatildi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Bunda nafaqat dars jarayoni, balki bolalarning fikrlashi, savollar berish uslubi, o‘qituvchining yondashuvi ham tahlil qilindi.

O‘quvchilarda ochiq fikrlash, tolerantlik, muloqot madaniyati va ma'suliyat hissini shakllantirish bo'yicha mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.
2025/07/07 13:18:56
Back to Top
HTML Embed Code: