🌏 UNESCO xalqaro seminari: Kelajakni ta’lim bilan shakllantiramiz

🗓 Joriy yilning 16–20-iyun kunlari Koreya Respublikasining Seul va Gangvon hududlarida “Kelajakni shakllantirish uchun Global fuqarolik ta'limi bilan pedagoglarni qo'llab quvvatlash” mavzusida 24-Osiyo-Tinch okeani seminar-treningi bo‘lib o‘tmoqda.

📌Mazkur seminar treningda Respublika taʼlim markazi Aniq fanlar bo‘lim boshlig‘i ham ishtirok etmoqda.

🔍 Seminarda GCED (Global Citizenship Education) – Global fuqarolik ta’limi orqali tinch, adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan yondashuvlar ilgari suriladi. Ishtirokchilar GCEDni o‘z mamlakatlari kontekstida amalga oshirish bo‘yicha amaliy reja ishlab chiqadilar.

📄 Seminar doirasida:
▪️ onlayn tayyorgarlik;
▪️ oflayn treninglar;
▪️innovatsion pedagogik uslublar;
▪️ hamkorlikda o‘rganish va mentorlik;
▪️ grant imkoniyatlari taklif etiladi.

🔗 UNESCO 2023 tavsiyasi asosida tashkil etilayotgan mazkur seminar kelajakka faol ta’sir ko‘rsata oladigan ta’lim xodimlarini tayyorlashga qaratilgan.

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Men uchun farzandlarimizning samimiy va beg‘ubor his-tuyg‘ularini hamda chaqnab turgan ko‘zlarini ko‘rishdan ko‘ra kuchliroq ilhomlantiruvchi narsa yo‘q.

Kecha Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida aynan shunday, ilhombaxsh kun bo‘ldi — respublikamizning iqtidorli yoshlariga bag‘ishlagan haqiqiy iste’dod bayrami tashkil etildi.

Har bir lahza o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etdi. “Turon” teatr ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining taqdirlanishi, “Iqtidor” tanlovi finalchilari — maktab ansambllarining yorqin chiqishlari yurtimizda naqadar ijodiy salohiyatli va umidli avlod yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi.

Qobiliyatini, yuqori darajadagi mahoratini namoyon etgan barcha jamoalarni chin yurakdan tabriklayman!

Ushbu tadbir oldidan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.



Для меня нет ничего более вдохновляющего, чем видеть искренние эмоции и горящие глаза наших детей.

Вчера в комплексе «Вечный город» Самарканда был именно такой день — день настоящего праздника таланта, который мы посвятили нашей одарённой молодёжи республики.

Каждый момент был наполнен особым смыслом. Награждение победителей театрального конкурса «Турон» и блестящие выступления школьных ансамблей-финалистов конкурса «Иктидор» показали, какое творческое и яркое поколение у нас подрастает.

От всего сердца поздравляю команды, продемонстрировавшие высочайший уровень мастерства!

Перед началом мероприятия состоялась передача служебных автомобилей руководителям региональных управлений Министерства дошкольного образования.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#darslik_muhokamasi

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani darsligi muhokama qilindi

🛡 Respublika ta’lim markazida bo‘lib o‘tgan muhokamada amaliyotchilar, Mudofaa tizimi vakillari, metodistlar ishtirok etdi.

☁️ Muhokama jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
➡️o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
➡️jismoniy va ruhiy tayyorgarlik;
➡️favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish;
➡️amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi.

🤝 Darslik yaratish jarayoniga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari, Mudofaa, Sog'liqni saqlash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari, ChQBT rahbarlari jalb etilgan.

📌 Endilikda ChQBT — faqat nazariya emas, hayotga tayyorgarlik, fidoyilik va mas’uliyatni shakllantiruvchi amaliy fan sifatida yangi bosqichga chiqmoqda!

Bizni kuzating
🔎 Veb-sayt Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlarda “Raqamli avlod qizlari-2025” g‘oliblari AQShda ta’lim sayohatida boʻlib turibdi.

Yodimda, ushbu tanlovni ilk bor tashkil etganimizda gʻoliblarni qanday ragʻbatlantirish haqida ancha oʻylaganmiz. Oʻqimishli, xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan, innovator qizlarni qanchadir miqdordagi pul, biror buyum bilan ilhomlantirish qiyin. Ularga eng zarur narsa – imkoniyat!

Biz gʻolib qizlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlariga borish, tanishish, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini yaratdik.

Mana bu videoda qizlarning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga sayohatini koʻrishingiz mumkin. Ishonaman, ular orasidan ham ana shunday yetakchi ta’lim dargohlarini zabt etadigan oʻzbek qizlari, albatta, chiqadi.

Ta’lim sayohati davom etadi. Gʻoliblarimiz boshqa OTM, ilmiy markazlar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxonalarda boʻladi.

Jarayonlarni mana bu kanal orqali kuzatib borishingiz mumkin: @digitalgeneration_uz

@hilola_umarova
#uchrashuv

Yosh pedagoglar Respublika ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi

📅30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Kasaba uyushmalari yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori” respublika forumi yosh pedagoglar uchun unutilmas tajriba makoniga aylandi.

✔️ Forum doirasida barcha viloyatlardan tashrif buyurgan faol va tashabbuskor yosh o‘qituvchilar Respublika ta’lim markazi faoliyati bilan tanishishdi.
✔️ Uchrashuvda Markaz rahbariyati, mas‘ullar bilan samimiy va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ustozlar ta’limdagi islohotlar, yangi dasturlar va darsliklar yuzasidan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

🔖 Ilm, tajriba va muloqot uyg‘unligidagi bu tashrif yosh pedagoglar uchun o‘sish va yangicha fikrlashga turtki bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/26 20:33:09
Back to Top
HTML Embed Code: