Telegram Web Link
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Universitetda o'qimaslik full stack dasturchi bo'lib Amerikada ishlashdan to'solmaydi

Hayotning past-u balandiga qaramasdan, o'z shijoat-g'ayrati bilan yuqori marralani zabt eta olgan, yoshlarga chinakam motivatsiya rolini bajarib beradigan insonlarni samimiy suhbat orqali o'zida jam qilgan yangi interaktiv ko'rsatuvOsmondagi bolalar loyihasi bu safar ham sizni befarq qoldirmaydi.

😎 Sababi uning bu galgi mehmoni — Amerikada Mastercard kompaniyasida full stack dasturchi boʻlib faoliyat yuritayotgan oʻzbek mutaxassisi Saidbek Arislonovdir.

Saidbek Arislonov asli toshkentlik. Toshkentdagi tibbiyot kollejini tugatgach, oilasiga grin-karta yutug'i chiqib, Amerikaga ko'chib ketadi. U turli sohalarda ishlab ko'rgach, IT sohasida to'xtaydi.

🚀 Ushbu suhbat orqali nafaqat Amerikadagi o'zbek dasturchisining hayoti va faoliyati haqida, balki dasturlash o'zi nimaligi hamda uni tanlash va o'rganishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi to'grisida ham ma'lumotga ega bo'lasiz.

P/S. Youtube'da yangi funksiyani sinab ko'rishingiz mumkin. Endi premyera'gacha treylerni ko'rasiz. Premyera vaqti kelganda treyler yo'qolib o'rniga video paydo bo'ladi.

P/S/S. Video ko'pchilikka yetib borishi uchun, obuna bo'lish, like bosish va yaqinlaringizga tavsiya qilish esdan chiqmasin. 🙂

📌 Suhbat premyerasi 14-yanvar soat 19:30da bo'lib o'tadi.

Video 👉 https://youtu.be/N2CN7pYcR-I
Forwarded from Foydali LINK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dasturlash #silikonvodiysi

«Shogirdlarim dasturlash orqali soatiga $52 daromad qilishadi»

Amerikada full stack dasturchi boʻlib faoliyat yuritayotgan va 500 dan ortiq insonni IT sohasiga ish joylanishida sababchi bo'lgan o'zbek mutaxassisi Saidbek Arislonov bilan eksklyuziv suhbat.

Aytgancha, videoni to'liq ko'rganlar esa maxsus sovg'a qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi 🎁

Premyera bugun soat 19:30 da bo'lib o'tadi.

LINK 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I
Forwarded from Sariq Dev
Mendan ba'zilar reklama so'rashadi. Men hali reklamaga tayyor emasman. Agar kanal original kontentga boy bo'lsa, o'zim tavsiya qilaveraman.

Bugungi tavsiyalar:

👨‍💻HTML, CSS, JS va umuman web dasturlashga qiziqqanlar uchun Muhammadjavoxir Suratovning kanali: @mayoquz

💻 Yii, MySql darslar uchun, Sardor Dushamov: @sardoroga_blog

🐍 Python, xususan Django frameworkini o'rganmoqchi bo'lganlarga: @botirziyatov (Botir aka bilan tanish emasman, lekin juda tanishishni istar edim).

🇺🇲 Yana bir full stack dasturchi, AQShdagi hamyurtimiz, Saidbek Arislonovning kanali: @saidbekarislonov

🖥️ Mega dasturchi, Akmal Kadirov (tanishtirishga hojat yo'q): @kadirovDev

Yana bir mega dasturchi, Farhod aka, Malayziyadagi yurtdoshimiz: @virtualdars

Bu hozir, ayni daqiqada esimga kelgani.

Men yaxshi kanallarni tavsiya qilishdan charchamayman. Sifatli kontent qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

Izohlarda siz ham maslahat bering.
Silikon vodiysi videosiga yozilgan eng "zo'r" kommentladan biri bo'ldi 🙄

Xabarim bor, video ovozi va sifati uncha ham o'xshamagan edi.....
Forwarded from Otabek Hoshimov | Blog
Yuqori malakali *Aytishniklarni yetishtirib chiqarayotgan Inha Universitetiga tashrif

https://youtu.be/3JXi6A0n4Ec

Men ham ushbu universitetga 2019-yil topshirib kirolmaganman, lekin barchasi yaxshilikka, hozir Webster da o'qiyotganim sababli Sizlarga navbatdagi ajoyib videoni taqdim etamiz.

Kamchiliklariga rozi bo'lasizlar, ushbu videoda biz Sizlarga Inha Universitetining ichki sharoitlarini, o'quvchilar fikrlarini, darslar jarayonini va Muzaffar aka Jalolov, Inha universiteti rektorini talaba ko'zi bilan ko'rsatib berishga harakat qilamiz.

Universitetga bo'lgan tashrifimiz Sizga yoqqan bo'lsa, do'stlaringiz bilan ulashing va izohda o'z fikrlaringizni qoldiring, hursand bo'lamiz.

Shu bilan birgalikda Inha universiteti rektori Muzaffar aka Jalolovdan Robert Kiosakining bir kitobini yutib oling, uning uchun shunchaki izohda bir qiziq savol qoldiring Inha talabalari va jamoasiga.

Hammaga omad tilab qolamiz.
Hurmat va ehtirom ila,
Abituriyent Kundaligi jamoasi.

#Inha #IUT #StudentLife
Youtube da mukammalroq HTML/CSS, Javascript, NodeJS, ReactJS ga oid boshlang'ich va murakkabroq videolar to'plami. Video larni o'zim ham ko'rdim, juda sifatli content.

YouTube: https://youtube.com/channel/UC9Nvv7-5jjzlKRtX8Kfpx4A

Telegram: @samarbadriddinov
Tiktok da ham qisqa qisqa foydali videolarni joylashni boshladik. Obuna bo'lib qo'llab yuborasizlar 😊

https://vm.tiktok.com/ZSJS8yag3/
Assalamu alaykum wa rahmatulloh. Barchaga Hayit Ayyom muborak bo'lsin!

Guruhimizda chet elda ta'lim olayotgan, va chet elda shu IT sohasida ishga kirish harakatida yurganlar bormi?

Agar bo'lsa, shu xabarga "reply" qilsangiz, tahminan umumiy qancha ekanligingizni bilmoqchi edim. Sababi 1 darslik boshlash arafasidaman inshaAlloh, aynan shu chet eldagilarga ishga kirishi haqida.

Xudo xohlasa O'zbekistondagilarga ham bo'ladi!
Bozorimizda bir odam bo’lar edi.

Nima menda yaxshi sotilsa, o’shani olib kelardi. Uniki yaxshi ketmas edi. Chunki odamlar un man ancha tanilgan edim. Menda 1-2 so’m qimmat bo’lsaham mendan olishardi.

Biz o’sha odamga o’xshaymiz. IT deb allambalolar qilyapmiz.

Bilib qo’ying. O’rgansam qancha topaman degan yoshlardan hech qachon Dasturchi chiqmaydi. Chiqsa ham, ular uzoqga bora olmaydi.

Mana India qildiku deysizlar. Yaxshilar, India ning IT tarixi 70-yillarga taqaladi. 50 yilda shu darajaga chiqishdi.
Biz birovlar yaratgan kurslarni qaroqchilik qilib pullab yuripmiz.

Bizda imkoniyat yo’qmi?

Og’ir savol. IT vatanimiz iqtisodiyotining bir bo’lagchasi bo’lishi uchun kamida 10 yil kk, agar..

Agari ham bor.

Avvalambor mindset o’zgarishi kk. 1 yilda soqqa qivolaman degan fikrdan, Ertaga maning ilmim Vatanga, Ummatga quvvat bo’ladi degan buyukroq maqsadga o’tishimiz kk.

Hafa bo’lmang.

IT haqida dong urayotganlarning ko’plarida vazn yo’q, gapining vazni yo’q. Sabab ular dasturchi bo’lib 1-2 ta kiyimni yirtmagan. Ular shunchaki sharoit taqozosi bilan shunday gaplarni etishga majbur. Aslida ular eskilik tarafdori.

Hafa bo’lmang.

Bizda muammolar jiddiy va anchagina.

Avvalambor bizda uzoq muddatlik reja yo’q. Biz haliham paypoq va ro’mol bilan ovvoramiz.

Hayrulla Hamidov ning bir gapi bor edi. Qovoq ari eshshak peshobiga qo’nib, men cheksiz Ummon daman degan ekan.

Bizdagi bu muammolar hamma musulmon ellarida mavjud. Sanoqlilarini tilga olmaganda.

India har kuni bir startupni sotadi. Israel ham.

So’ngi bor 2017 yil ediyov. Turkiyaning bir startup ni Atlassian sotib olgandi.

Mamlakatning intellektini frilanserlik qilib topadigan pullardan emas, balki kimlar bizning startaplarimizga qiziqyapti, nechi million $ to’lab beryapti, shular aniqlaydi.

India qashshoq deymiz. Lekin Ta’lim sohasidagi juda ko’p Unicornlar ulardan chiqmoqda.

Shu yer sharida o’zimizning o’rnimiz bo’lsa desak, ertaga arzimagan 2-3 millard dollar uchun Xitoydan tilimiz qisiq bo’lmasin desak, unda ularni, boshqa davlatlarni o’z ilmimimizga tobe qilib qo’yishimiz kk.

Rus tilini o’rganmanglar. Uni bizga keragi yo’q. Rossiyani bozori IT sohasida chivin.

© Ali Ramazon
Full stack dasturchilar...
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha juda ko'pchilik Microsoft va GitHub birgalikda yaratgan Copilot AI haqida so'rabdi. "Bu dastur kodni o'zi yozar ekan, endi dasturchilar ishsiz qoladimi" degan savollar bo'ldi.

Avvalo dastur nomiga e'tibor bering, co-pilot, ya'ni "yordamchi pilot". Copilot kodni osmondan olib yozmaydi. Dasturchi sifatida siz yoki kodni boshlab berishingiz kerak yoki qanday funksiya (klass) yaratish kerakligini izoh/docstring ko'rinishida aniq ta'riflashingiz kerak. Copliot esa sizning ta'rifingizga ko'ra funksiya yaratib beradi.

Demak dasturning mantiqiy qismi, ya'ni qanday funksiyalar va klasslar kerakligi, ular o'zaro qanday bog'lanishi va munosabatda bo'lishini baribir dasturchi belgilaydi.

Shuning uchun, agar siz muammolarga yechim berishni, mantiqiy va muhimi kreativ fikrlashni biladigan dasturchi bo'lsangiz, xavotirga o'rin yo'q. Lekin, faqat birovlar chaynab, o'gzingizga solib qo'ygan tayyor yechimga kod yozib beradigan koder bo'lsangiz, bu AI sizni ishsiz qoldirishi aniq.

@sariqdev
Shu yerdamiz!!!
​​42 Maktab haqida eshitganmisiz?

42 - bu frantsuz milliarderi Xaver Niel, Nikolas Sadirac, Kwame Yamgnane va Florian Bucher kabi bir nechta sheriklar tomonidan tashkil etilgan va moliyalashtiriladigan xususiy, notijorat va tekin kompyuter dasturlash maktabi. Maktab Parijda birinchi marta 2013 yilda ochilgan.

42 dunyoning turli joylarida bepul ta'lim texnologiyalari bo'yicha ta'lim dasturlarini taklif etadi. 42-da o'qituvchilar yoki an'anaviy darslar yo'q. Buning o'rniga, ular texnologik ish joyiga tayyor bo'lgan qat'iy jamoatchilikni tarbiyalash uchun loyihalarga asoslangan va muammoli ta'limdan foydalanib, tengdoshlarning kodlarini ko'rib chiqishdan foydalanadilar. Talabalar kerakli ko'nikmalar, ijodkorlik, muammolarni hal qilish, hamkorlik, muloqot va jamoada ishlash usullarini o'rganadilar. 42 o'quv dasturi to'liq veb-saytlarni ishlab chiqish, kiberxavfsizlik, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Istiqbolli talabalar 42 ga kirish uchun ilmiy daraja yoki aniq texnik ma'lumotlarga ega bo'lishlari shart emas. Qabul qilish bir qator mantiqiy testlar orqali raqobatdoshlar havzasini ("Piskin") faqat eng malakali nomzodlarga tushirish uchun belgilanadi. Abituriyentlar kunlik kodlash mashqlari va qiyinchiliklari bilan intensiv 28 kunlik asosiy mashg'ulotlarda qatnashishlari shart.

42-ning turli xil davlatlarda filiallari mavjud, shu jumladan AQSh, Germaniya, Frantsiya, Abu-Dabi va boshqalar.

Men 2-3 oy oldin 42 Abu-Dabiga topshirgandim. Ikkita testdan o'tdim, ya'ni xotira va mantiqiy testlar, chunki bular 42ga o'qishga kirish uchun talablardir. Xususan, men 28 kun davom etadigan Iyun Pitsiniga boraman.

Biz viza masalasida qiynalmadik, chunki 42ning o'zi biz uchun 30 kunlik Visit Visa taqdim etishdi. Men 19 iyun kuni Dubayga uchaman. Bizga Dubaydan airport pickup va Abu-Dabiga transport xizmatlari ko'rsatiladi. Eng muhimi, ta'lim bepul, bepul turar joy va yarim pansion bilan ta'minlanamiz.

Maslahatim hotirangizni rivojlantiring va dasturlash asoslarini puxta o'rganing. Masalan, shartli bayon (conditional statement) if/elif/else, sikl (loop), funksiya (function). Shu kabi dasturlashning eng fundamental tushunchalarini o'rganib oling, asosiy tushunchalarga ega bo'lsangiz va bularni qanday ishlashini tushunsangiz 42ga topshirsangiz bo'ladi.

Hozircha shu, davomini kuzatib boring...

@bunyodabdusaidovuz
Forwarded from .
🧐 Dasturlashni Youtube'da o'rgansa bo'lmaydi(mi)?

— Deyarli har kuni YouTube ijtimoiy tarmog'ida dasturlash bo'yicha har xil kurslar chiqmoqda. Ularning aksariyati esa havaskor dasturchilar.

— Yoki ayrim tajribali dasturchilarning ham darslari qiziqmas va hammaning stili bir xil. Uxlab qolasan kishi ko'raverib.

🤩 Azizbek Khabibullaev — Frontend development (amaliyot) va Javascript bo'yicha eng sara va kreativ video-darslarni taqdim etadi!

• Bu yerdagi video-darslar orqali JavaScript'ni 0 dan professional darajagacha noodatiy usulda o'rganishingiz mumkin! Ustozimizni qo'llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz!

— LINK 👉 https://www.youtube.com/azizbekkhabibullaev?sub_confirmation=1

👉 @akh_blog
2025/10/18 14:39:30
Back to Top
HTML Embed Code: