Telegram Web Link
#OAVda_biz_haqimizda

O'zbekiston Axborot agentligining rasmiy veb-saytida "Nobel mukofoti sohibi Samarqandda ma’ruza o‘qidi" mavzusidagi xabar e‘lon qilindi.

👉 Batafsil...

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
11👍3👏3
#Seminar

Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, “Springer Nature” va “Clarivate” xalqaro kompaniyalari hamkorligida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda institut professor-o‘qituvchilari uchun reytingli elektron ilmiy resurslardan foydalanish yo‘llari, xalqaro ma’lumotlar bazalariga milliy obuna, ilmiy grantlar va stajirovkalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

“Clarivate” kompaniyasi konsultanti D.Abdumo'minova “Springer” resurslari, “Pivot-RP” platformasi, “Web of Science” ma’lumotlar bazasining ahamiyati va uning milliy jurnallarni indekslashdagi roli haqida batafsil tushuntirdi.

Mazkur seminar institut ilmiy salohiyatini oshirishda, xalqaro hamkorliklarni kengaytirishda, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda hamda malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍32💋1
#OAVda_chiqishlar

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovning "Xalq so'zi" gazetasida "Turkiy davlatlar tashkiloti: Mintaqaviy formatdan – global maydonga" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi

👉 Maqola 4-sahifada

👉 Maqola bilan tanishish

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍114👏1
#Xorij_safari #Xalqaro_hamkorlik

AQSHda xizmat safarida bo‘lib turgan Samarqand davlat chet tillar instituti delegatsiyasi tashrif doirasida Yuta shtatidagi hamkorlar bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli boshladi. Dastlabki uchrashuv Stirling Foundation rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda institut rektori B.Xoliqov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.Nasrullayev ishtirok etishdi. Muzokaralar Stirling Foundation prezidenti va bosh ijrochi direktori (President & CEO) Miles Hansen janoblari boshchiligidagi rahbariyat bilan tashkil etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍1916🔥9👏2🕊1
#Xorij_safari #Xalqaro_hamkorlik

Samarqand davlat chet tillar instituti delegatsiyasining Yuta shtatiga rasmiy tashrifi doirasidagi navbatdagi uchrashuv Utah Valley University rahbariyati bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda Utah Valley University tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va akademik masalalar bo‘yicha vitse-prezident, doktor F. Ueyn Vot hamda turli fakultetlarning dekanlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ullar, Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan esa institut rektori B.Xoliqov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.Nasrullayevlar qatnashishdi.

👉 Batafsil...

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
👍1613🔥1👏1🕊1
2025/10/22 20:46:17
Back to Top
HTML Embed Code: